Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar


- rasm .  Tashkillashtirilgan turizm bozorining tarkibi



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

1.2- rasm
.
 Tashkillashtirilgan turizm bozorining tarkibi 
Barcha turizm industriyasi ishtirokchilari bir-birlari bilan bevosita va 
bilvosita bog‘liq bo‘ladilar. Shu bois ushbu sohadagi bo‘g‘inlar bir-biri bilan 
chambarchas bog‘langan, demak, ularning o‘zaro aloqasini ta’minlashda va 
boshqarishda axborot texnologiyalarini qo‘llash o‘z-o‘zidan ayon bo‘lib turibdi.
Yuqorida
keltirilgan 1-rasmda ushbu bog‘lash vazifasini axborot bajarayotganligi 
yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Ya’ni moddiy mahsulotlar emas, balki xizmatlar 
haqidagi axborotlarni
bevosita uzatish orqali amalga oshiriladi. Shu bois turizm 
Transport 
xizmatlari
Joylashtirish 
xizmatlari 
Qo

shimcha 
xizmatlar
Ovqatlantirish 
xizmatlari
Turoperator –
(xizmatlar paketini tayyorlash) 
To

g

ridan – 
to

g

ri sotish
Turagent orqali 
sotish 
Iste’molchi (turist) 


28 
sohasidagi zamonaviy biznes aloqa kanallari va vositalariga, axborotlarni uzatish 
va qabul qilishdagi sifat ko‘rsatkichlariga jiddiy qaraydi. Bu borada axborotni 
uzatish tezligi va uning xavfsizligi hozirgi kunda muhim omillardan hisoblanadi. 
Shu bois kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanilgan holda biznes 
natijalari samarali bo‘ladi, ya’ni bundagi yutuqlar axborot texnologiyalarining 
imkoniyatlaridan foydalanish darajasini belgilab qo‘yiladi.
Axborot 
xizmati 
turizm 
infratuzilmasida 
turistlarga 
ham, 
uning 
tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda 
sayohat vaqtida o‘zi boradigan joy haqida o‘sha mamlakat yoki boradigan 
hududning qonun-qoidalari, odatlari, mehmondo‘stligi haqidagi qo‘shimcha 
ma’lumotlarga, shuningdek, o‘sha joyning xaritasiga, transport magistrallari 
sxemasiga muhtoj bo‘ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi 
ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‘rinishida chop etiladi va bu holat 
turistlarni samarali sayohat qilishga chorlaydi.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish 
qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning muhim
bir jihatidir. Hozirgi zamon turistining Internet, faks va boshqa zamonaviy texnika 
vositalaridan foydalanishiga talab turizm infratuzilmasining qay darajada 
ekanligidan yana bir nishonadir. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, 
turistik xizmatlar, turistik markazlar haqidagi ma’lumotlar joylashgan millionlab 
saytlarga ega bo‘lgan Internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistik agentliklarni 
tanlash, hattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‘lovlarni ham 
oldindan tayinlab qo‘yishi mumkin.


29 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə