Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

 
 
1.2. Turizmda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari 
 
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida yuqori natijalarga erishishi

jahon iqtisodiy tizimida to‘laqonli sheriklik o‘rnini egallay borishi

inson 
faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori 
darajada foydalanish ko‘lamlari qanday bo‘lishiga hamda bu texnologiyalar 
ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‘ynashiga bog‘liq
. “
Jahon 
sivilizatsiyasiga daxldor bo‘lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib

mamlakat taraqqiyotini ta’minlash qiyin
”,- 
degan edi O‘zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti I
.
A

Karimov
.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoiti jamiyat ijtimoiy
-
iqtisodiy 
hayotining barcha jabhalariga axborotlashtirish sohasida erishilgan eng so‘nggi 
yutuqlarni tatbiq etish sur’atlarini g‘oyatda tezlashtirib yuboradi
.
Axborotlashtirish kishilik jamiyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.
Yaqin yillarda iqtisodchining ish joyini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin bo‘ladi 
va bu universal texnikaning imkoniyatlaridan mutaxassislar to‘liq darajada 
foydalanishlari kerak

Kompyuterda ishlashni bilish hozirdanoq iqtisodchilarni 


23 
ishga qabul qilishdagi talablardan biri ekanligi tasodifiy hol emas

To‘g‘ri, 
hozircha faqat juda oddiy 

elektron ofis

ning dasturiy ta’minlanishini bilish talab 
qilinadi

ammo talablar borgan sari ortmoqda

chunki kompyuter istalgan sohadagi 
mutaxassislarning asosiy qurolidir

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari 
bevosita turizm sohasidagi mutaxassisga mavjud barcha jarayonlarni boshqarishda 
samarali foydalanish imkonini beradi

Zamonaviy axborot texnologiyalari tezkor 
va muvofiq ravishda boshqarish axborot kommunikatsiyalarini o‘rnatishga imkon 
beradi
.
Insonning axborot ishlab chiqishi bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi 
zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish 
– 
axborotlashtirish sanoatini jadal 
rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik iqtisodiy vazifadir

Bunda yangi

ham ilmiy adabiyotlarda mustahkam joylashib ulgurmagan tushunchalar 
– 

axborotlashgan iqtisodiyot
”, “
axborotlashgan resurslar
”, “
axborotlar tizimini 
boshqarish
” 
va hokazo yuzaga keldi
.
Jamiyatni axborotlashtirish zamonaviy ijtimoiy taraqqiyotning qonunlaridan 
biridir

Bu atama yaqin vaqtlargacha keng foydalaniladigan 

jamiyatni 
kompyuterlashtirish
” 
atamasini borgan sari qattiq turib siqib chiqarmoqda

Sirtdan 
o‘xshash ko‘ringan bu tushunchalar katta farqqa egadir
.
Jamiyatni kompyuterlashtirishda asosiy e’tibor, axborotlarni qayta ishlash 
natijalarini operativ olish va uning jamlanishini ta’minlovchi kompyuterlarning 
texnik 
bazasini 
rivojlantirish 
va 
tatbiq 
etishga 
qaratiladi

Jamiyatni 
axborotlashtirishda asosiy e’tibor inson foaliyatining barcha jabhalarida ishonchli

mukammal va o‘z vaqtidagi bilimlardan to‘liq foydalanishni ta’minlashga 
yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasiga qaratiladi
.
Iqtisodiyotning hozirgi zamon rivojlanishi boshqaruv sohasiga hisoblash 
texnikasi vositalarini keng tatbiq etish bilan ta’riflanadi

Bu jarayon shaxsiy 
kompyuterlarni paydo bo‘lishi munosabati bilan shiddatli o‘tmoqda

Zamonaviy 
shaxsiy kompyuterlar inson faoliyatining turli
-
tuman sohalaridagi kasbiy bilimlarni 
tartibga solish va shakllantirish uchun borgan sari keng qo‘llanilmoqda

Texnik
-


24 
foydalanish ta’riflari

ya’ni operativ va tashqi xotiraning hajmi

tez harakatlanishi

operativ tizimlarning imkoniyatlari bo‘yicha shaxsiy kompyuterlarni oldingi katta
kompyuterlar bilan taqqoslash mumkin

shuning bilan bir vaqtda iste’mol qiladigan 
elektr quvvatining qiymati va o‘lchamlari bo‘yicha shaxsiy kompyuterlar katta 
afzalliklarga ega

Jahon tamaddunlariga guvoh, me’moriy obidalari, qadamjolari, betakror 
tabiati, buyuk qadriyatlar va an’analari bilan sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb qilib 
kelgan yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqa. Mazkur jarayonda yuksak madaniyatimiz, go‘zal va obod 
go‘shalarimiz, yurtimiz nomini dunyoga tanitishda zamonaviy axborot 
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilayotgani ahamiyatlidir. 
Bugun har bir sayyoh o‘zi yo‘l olgan mamlakatga borishdan avval internet 
orqali u diyorning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida qiziqib ko‘radi, ya’ni u mamlakatga 
avvalo “on-layn sayohat” uyushtiradi. Multimedia texnologiyalaridan foydalangan 
holda, “UZ” Milliy hududida tashkil etilgan veb-saytlar yurtimizni buguni va 
o‘tmishi, qadimiy obidalari hamda an’analari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan birga, 
rang-barang suratlar, 3D tasvirlar orqali yorqin tasavvurga ega bo‘lishlariga 
yordam beradi. Saytlarda tarixiy obidalarning 3D shaklidagi panoramalari, muzey, 
restoran hamda mehmonxonalar to‘g‘risida ma’lumotlar, diqqatga sazovor 
joylarning suratlari, xarita va yo‘nalishlari, sayohatni tashkil qilish to‘g‘risida 
ma’lumot va foydali manbalarning elektron manzillari o‘rin olgan. 
Sayyohlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining 
muhim bo‘g‘ini hisoblangan internet tizimidan samarali foydalanish imkonini 
yaratish maqsadida “Uzbektelekom” kompaniyasi tomonidan xalqaro 
aeroportlarida, temiryo‘l vokzallarida, hududlardagi tarixiy majmualarda Wi-Fi 
hududlarini tashkil qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə