Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar


-BOB. "MEHMONXONALARDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

1-BOB. "MEHMONXONALARDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION 
TIZIMLAR" FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI 
Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash 
texnologiyalaridir. Uning rivojlanishi bevosita kompyuter texnologiyalari bilan 
bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda keng qo‘llanib kelayotgan tushunchalardan biri 
hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotlarni kompyuter va 
uning tarmoqlari orqali yig‘ish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi 
amallar ustida ishlar olib boriladi.
Mazkur bobda jamiyatni axborotlashtirish zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning qonunlaridan biri ekanligi va uning negizida turizm industriyasining 
rivojlanishi kabi masalalar ko‘rilgan bo‘lib, unda quyidagi bo‘limlar yoritilgan: 
 
 
 
 
 
 
1-bob

“Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” 
fanining maqsadi va vazifalari 

Turizmda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan 
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari 

Turizm va mehmonxona biznesi taraqqiyotida axborot 
texnologiyalarining o‘rni va ta’siri 

Qonun hujjatlarining ushbu fanni o‘qitishdagi roli va 
ahamiyati 

Tayanch so‘z va iboralar 

Nazorat savollari 

Test savollari 

Foydalanilgan adabiyotlar 


21 
1.1. “Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” fanining 
maqsadi va vazifalari 
 
Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi 
sohalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish 
bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Yurtimizga tashrif buyurgan turist eng 
avvalo uning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat resurslari bilan Internet 
orqali tanishib oladi. Internet o‘zining ko‘p qirraligi, axborot resurslari manbailigi, 
daromadliligi va boshqa jihatlari bilan turistlarning mamlakat haqidagi bilimlarini
shakllanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. 
“Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” fani turizm sohasida 
ta‘lim olayotgan talabalar uchun juda ham ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar 
turizm sohasida Internet xizmatlarini sifatli tashkil etish va samarali foydalanish
haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 
“Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” fanini o‘qitishdan 
maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy merosi bilan tanishish
mijozlarga Internet orqali 
xizmatlar taklif qilish, xizmatlarni
shakllantirish va 
ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir.
“Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” fanini o‘qitish 
jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni o‘zlashtirgan holda 
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yechiladigan masalalarga ularni tadbiq qilish ko‘nikmasini 
hosil qilishi kerak.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi asosiy 
vazifalar belgilab qo‘yilgan: 

Axborot tizimlari va texnoligiyalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish; 

Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni o‘rgatish; 

Zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalana olish; 

Turizmda axborot tizimlarini tasniflashni o‘rgatish; 

Turizmda axborot tizimlari va texnologiyalariga qo‘yilgan talablarni o‘rgatish; 


22 

Mehmonxona ishini tashkil etish hamda boshqarishda axborot tizimlari va 
texnologiyalaridan oqilona foydalanishni o‘rgatish; 

Turistik xizmatlarni tayyorlashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni 
o‘rgatish; 

Maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 

Mehmonxonalarni Internet yordamida qidirish usullarini o‘rgatish; 

Mehmonxona biznesini avtomatlashtirish jarayonini ishlab chiqishni va joriy 
etishni o‘rgatish; 

O‘zbekistonning tarixiy-me’moriy yodgorliklariga virtual ekskursiya
xizmatini 
tashkil qilish asoslarini o‘rgatish va boshqalar. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə