Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar


 – CHAPTER. ORGANIZATIONAL TECHNICAL TOOLS



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

14 – CHAPTER. ORGANIZATIONAL TECHNICAL TOOLS
 .......................................... 386 
1. Modern organization technic tools. ..................................................................................... 387 
2. Classification of organizational technical tools ................................................................... 387 
3. Copy-duplicate tools. ........................................................................................................... 390 
4. Analize of scanner documents. ............................................................................................ 393 
5. Describing infromation tools. .............................................................................................. 394 
6. Video projectors. ................................................................................................................. 394 
Key words and phrases ............................................................................................................ 398 
Control questions ..................................................................................................................... 398 
Test questions .......................................................................................................................... 399 
References ............................................................................................................................... 400 


18 
KIRISH 
Turizm sohasida axborot texnologiyalari bevosita biznesni rivojlantirishga 
va zamonaviy ish o‘rinlarini yaratishga asos solmoqda. Turizm sohasini 
boshqaruvida esa axborot texnologiyalari – bu apparatli va dasturiy vositalar 
yordamida turistik biznesda optimal natijalarga erishish maqsadida har xil 
shakllardagi boshlang‘ich ma’lumotlarni qayta ishlash orqali ishonchli axborotga 
ega bo‘lish va ular asosida qaror qabul qilish majmuasidir. Bu yerda turistik biznes 
ko‘p tarmoqlarni qamrab oladi, masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va hattoki 
insonlarning psixologik jihatlarini.
Turizmda mahsulotlarni va xizmatlarni taqdim etish shakli keskin o‘zgarishi 
bevosita axborot texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lib, unda mijozlar to‘g‘ridan-
to‘g‘ri turistik xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan ulangan bo‘ladi. Natijada 
global tarmoq kanallari orqali amalga oshiriladigan biznesda ilgari mavjud bo‘lgan
o‘rta bo‘g‘in siqib chiqarilmoqda.
Internet orqali turizm sohasidagi kompaniyalar o‘z xizmatlarini taqdim qilish 
hajmi kundan-kunga oshib bormoqda, bunda mehmonxonalar, aviakompaniyalar, 
turoperatorlar bu borada juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar. Bundan 
tashqari ushbu kompaniyalarda hujjat yuritish tizimi ham tubdan o‘zgarmoqda. 
Mobil texnologiyalarining rivojlanishi esa ushbu sohada geoaxborot tizimlarini 
kirib kelishini jadallashtirib yubordi.
Taqdim 
etilayotgan 
o‘quv 
qo‘llanma 
mehmonxona 
faoliyatida 
qo‘llaniladigan texnik vositalar, undagi axborot ta’minoti va axborotlashtirish bilan 
bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan. Bunda quyidagi asosiy masalalar ko‘rib 
chiqilgan: 
- kompyuter tarmoqlari; 
- dasturiy ta’minot; 
- geoaxborot texnologiyasi; 
- axborotiy mahsulotlarni yaratish texnologiyasi; 
- internet tizimida mavjud texnologiyalar;


19 
- bronlash tizimlari va boshqalar. 
O‘quv qo‘llanma 14 bobdan iborat bo‘lib
,
har bir bob nazorat savollari va 
test topshiriqlarini o‘z ichiga oladi. Asosiy tushunchalar glossariy shaklida 
keltirilgan va tayanch so‘zlar lug‘ati keltirilgan. Keltirilgan materiallar mualliflar 
tomonidan yillar davomida informatika, axborot texnologiyalari, axborot tizimlari 
kabi fanlardan to‘plangan tajriba asosida shakllantirilgan.
O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda boblar mualliflar orasida quyidagicha 
taqsimlangan:

iqtisod fanlari doktori, TDIU “Turizm va servis” kafedrasi professori 
Abduvaxidov Abdumalik Maxkamovich – 1, 2- boblar, umumiy tahrir; 

fizika-matematika fanlari nomzodi, SamISI “Axborot texnologiyalari” 
kafedrasi dotsenti Zaynalov Nodir Rasulovich – 3, 4- boblar, chizmalarni 
shakllantirish va glossariy; 

iqtisod fanlari nomzodi, SamISI “Xalqaro turizm va turizm servisi” 
kafedrasi katta o‘qituvchisi Amriddinova Rayxona Sadriddinovna – 5, 6- 
boblar, kirish va xulosa qismi; 

fizika-matematika fanlari nomzodi, BuxDU “Axborot texnologiyalari” 
kafedrasi dotsenti Jalolov Ozodjon Isomidinovich – 7, 8- boblar; 

texnika fanlari nomzodi, SamISI “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta 
o‘qituvchisi Jomonqulova Fazilat Esirgapovna – 9, 10- boblar, tayanch 
so‘zlarni bo‘yicha taqsimoti; 

QarDU “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Norov Abdusaid Murodovich – 11, 12- boblar; 

SamISI “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sirliboyev 
Voxid Xayrullayevich – 13, 14- boblar, test savollari;
O‘quv qo‘llanma turizm, menejment, marketing, xizmatlar sohasi ta’lim 
yo‘nalishlari bo‘yicha bilim oladigan talabalar uchun ham mustaqil ta’lim 
olishlariga imkon beradi.


20 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə