Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar


turizm bozorini faol subyekti hisoblanadi



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

turizm bozorini faol subyekti hisoblanadi.
Turoperator o‘z faoliyati davomida 
vakolat imtiyoziga ega xaridor agentlari nomidan turistik xizmatlarni bir necha 
muddat ilgari xarid etish, bronlashtirish, o‘zlashtirish, turpaketlar hozirlash 
jarayonlarini ham amalga oshiradi.
 
Turoperator – turistik paket ishlab chiquvchi sifatida turistik yo‘nalishlarni 
ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadi, ularning amal 
qili
ni
shini ta’minlaydi, reklamani tashkil qiladi, bu yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni 
hisoblaydi, turlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga 
sotadi. Turoperator turistlarni turli turistik xizmatlardan tanlash imkonini ta’minlab 
beradi va bir vaqtning o‘zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko‘rsatishga 
buyurtma berish vazifasini o‘z zimmasiga olib osonlashtiradi. 
Turistik agentliklar (turagent) – bu iste’molchiga, ya’ni turistga yoki
mijozlarga ayrim turistik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini 
amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Agentlashtirish sohasida faoliyatning bir nechta turlari farqlanadi, shaxs 
nomidan va korxonaning topshirig‘i bo‘yicha turlarni sotish. Mohiyatan bu turli 
xildagi turoperatorlarning «turistik yo‘llanmalar do‘koni»dir. Turistik yo‘llanmada 
doimo bunday sotishni amalga oshirgan turoperator va turagentning barcha 
rekvizitlari to‘liq ko‘rsatiladi, agentlik foizi tushunchasi bor bo‘lgan 
mamlakatlarda, agentlik foizining summasi doimo turistik xizmatlarning cheki 
yoki vaucherida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday mamlakatlarda yo‘llanmalar 
vaucheri
bo‘lib, unda kassa apparatidagi ma’lumotni yozib qo‘yish uchun maxsus 
hoshiya mavjud. Bunday holda agentlikning o‘zi barcha oqibatlari va javobgarlikni
 
bo‘yniga olgan holda turoperatorlik funksiyasini bajaradi

Hozirgi paytda turlarni iste’molchiga Internet tarmog‘i orqali sotish 


27 
shakllanmoqda. Lekin iste’molchiga faqat axborot berish va mahsulot taklif etish, 
uni mijozning talabnomasi bo‘yicha o‘zlashtirish bosqichlarigina avtomatlashtirish 
imkoniyatiga ega, ba’zi hollarda, masalan, bankdagi hisob-kitoblarni yoki kredit 
kartalarining raqamlarini ko‘rsatishda haq to‘lash ham nazarda tutiladi. Turizm 
sohasida 
turoperatorlar 
qayd 
qilganimizdek, 
turizm 
industriyasining 
harakatlantiruvchi asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Turoperatorlar va 
turagentliklar hamkorligi turizmni rivojlantirishga asos bo‘ladi va turizm bozorida 
turistga (iste’molchiga) mahsulotlar va xizmatlar yetkazib berishda xizmat qiladi 
(1.2-rasm). 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə