Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar


“ sayohatga taalluqli to‘liq va  ishonchli axborot olish”,- bo‘lsa, turistik faoliyat subyektining majburiyatlarida



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

: “
sayohatga taalluqli to‘liq va 
ishonchli axborot olish”,- bo‘lsa, turistik faoliyat subyektining majburiyatlarida
 


33 
“turistlarga turni tashkil qilish, ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida 
to‘liq axborot berishi” belgilab qo‘yilgan. 
 
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida”gi (1996-yil 26-aprel) qonunining 4-moddasida iste’mol-
chilarning huquqlaridan biri – “ tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab 
chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish” huquqiga 
ega deb belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari ushbu qonunning
7-moddasida "Tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan 
taqdirda iste’molchining huquqlari” belgilab qo‘yilganidek,
 
agar tovar (ish, 
xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot 
berilganligi aniqlansa va u zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar (ish, 
xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va 
o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Shundan kelib chiqqan holda turist mijoz sifatida unga qanday turistik 
xizmat ko‘rsatilishi, kim tomonidan ushbu xizmat amalga oshirilishi haqida 
ma’lumot olish huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining yana bir muhim qonunlaridan biri “Reklama
to‘g‘risida” gi (1998-yil 25-dekabr) qonun bo‘lib, unga binoan
 
reklamada 
quyidagilar taqiqlanadi: 
-
ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan 
taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish
-
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga 
shaxslarning mahsulotini badnom etish; 
-
qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, 
fuqarolarning sog‘lig‘i yoki hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi 
yoxud zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, xavfsizlik 
vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat 
qilish; 


34 
-
majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab chiqarilishi 
yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 
bo‘lishi talab etiladigan mahsulotning tegishli sertifikati, litsenziyasi 
bo‘lmay turib reklama qilish; 
-
agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot 
reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki 
ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‘xshatma qilish); 
-
jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish; 
-
pornografiyani tarqatish; 
-
axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xorijiy 
so‘z va iboralardan foydalanish;
-
mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan 
ma’qullanganligini ko‘rsatish;
-
ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‘yilgan 
rag‘batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‘yin yoki shunga o‘xshash boshqa 
tadbir o‘tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uning o‘tkazish qoidalari va 
muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki 
yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan 
holda reklama qilish;
-
mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi reklama qilish 
taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki 
talablar belgilangan mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish 
belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil, yoxud unga aynan 
o‘xshash bo‘lgan boshqa mahsulotning reklamasi ko‘rinishida reklama 
qilish. 
Bundan

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə