Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar


 Qonun hujjatlarining ushbu fanni o‘qitishdagi roli va ahamiyati



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

1.4. Qonun hujjatlarining ushbu fanni o‘qitishdagi roli va ahamiyati 
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi (2003-yil 
11-dekabr) qonuniga asosan axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot 
resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda 
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy 
axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
- har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy 
huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini 
ta’minlash; 
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, 
shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida 
O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; 
- xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin 
foydalanish uchun sharoit yaratish; 
- davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish 
hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini 
ta’minlash; 
- axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini 
tashkil etish; 
- axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini 
shakllantirishga ko‘maklashish; 
- dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish; 
- tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb 
etish uchun qulay sharoit yaratish. 
Bundan tashqari axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi 
quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi: 


30 
1.
Axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot 
tizimlarini yaratish tartibi; 
2.
Axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqi; 
3.
Axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo‘yicha 
toifasi; 
4.
Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibi; 
5.
Axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibi. 
Hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda ushbu qonunning 4-bandi juda 
muhim hisoblanadi va bu borada qonunda axborot resurslari va axborot tizimlarini 
muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi, deb quyidagilar e’tirof 
etilgan:
-
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash; 
-
axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib 
talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha 
tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish; 
-
axborotni yo‘q qilish, to‘sib qo‘yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin 
etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot 
tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish; 
-
axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash. 
Shulardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda axborotlashtirishga 
qaratilgan dasturlar qabul qilingan. Shulardan biri “Elektron hukumat” dasturi 
bo‘lib, uning doirasida davlat reyestriga kiritilgan axborot tizimlari turizm sohasini 
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bularga quyidagi veb-saytlarni keltirish mumkin: 
-“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining
1
rasmiy internet-sayti
(http://www.uzbektourism.uz/). 
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va 
savdo vazirligi (http://mfer.uz/). 
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (http://mfa.uz/). 
- Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali (http://my.gov.uz/). 
1
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 


31 
– “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining rasmiy internet-
sayti (https://www.uzairways.com/ ).
– “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy internet-
sayti (http://www.uzrailway.uz/).

“O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi” ning rasmiy internet-sayti
(http://stat.uz/).
Turizm sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar quyidagi qonunlar va 
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi: 
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari 
to‘g‘risida” gi (2002-yil 12-dekabr) qonuni.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” gi (1999-yil 20-avgust) 
qonuni. 
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida” gi (1998-yil
25-dekabr) qonuni. 
4.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida” gi (1996-yil 26-aprel) qonuni. 
Turizm sohasida yuzaga keladigan munosabatlarda axborotga bo‘lgan 
ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatni tartibga solishda quyidagi tamoyillar 
asos qilib olingan: 
-
axborot bilan ishlashda erkinlik; 
-
axborotni cheklash faqatgina qonun bilan belgilab qo‘yiladi; 
-
davlat organlari axborotlari bilan ishlashning ochiqligi;
-
axborot xavfsizligini ta’minlashda ma’sulligi;
-
axborotlarning haqqoniyligini va o‘z vaqtida yetkazib berishni 
ta’minlash;
-
inson huquqlarini buzishga qaratilgan axborotlarni to‘plash va tarqatishga 
yo‘l qo‘ymaslik. 
Ushbu tamoyillar bevosita O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-
lashtirish to‘g‘risida” gi 2003-yil 11- dekabrdgi qonuni va “Axborot erkinligi
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi (2002-yil 12-dekabr) qonunlaridan kelib 


32 
chiqadi. Ikkinchi qonunning 6-moddasida maxfiy axborotdan tashqari barcha 
axborotlar ochiq va oshkora bo‘lishi kerakligi ta’kidlab o‘tilgan. Bularga
quyidagilar kiradi: 
-
fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chiqarish tartibi 
to‘g‘risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, 
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va 
boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi 
qonun hujjatlari; 
-
ekologik, 
meteorologik, 
demografik, 
sanitariya-epidemiologik, 
favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi 
punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning 
xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar
-
kutubxonalarning, arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida 
faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining 
ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar. 
-
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat 
tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va 
jarayonlar to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy 
axborot vositalariga xabar berishi shart. 
Bundan tashqari ushbu qonun bilan axborotdan hamma erkin foydalanishi 
mumkinligi ta’minlanishi va haqqoniy bo‘lishi belgilab berilgan. O‘z navbatida 
qonunda axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlangan. Shu bilan 
birga ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi 
uchun ham axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan 
tartibda javobgar bo‘lishi qayd qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” gi (1999-yil 20-avgust) 
qonuniga asosan turistning huquqlaridan biri bu

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə