21
1.1. “Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” fanining
maqsadi va vazifalari
Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi
sohalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish
bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Yurtimizga
tashrif buyurgan turist eng
avvalo uning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat
resurslari bilan Internet
orqali tanishib oladi. Internet o‘zining ko‘p qirraligi, axborot resurslari manbailigi,
daromadliligi va boshqa jihatlari bilan turistlarning mamlakat haqidagi bilimlarini
shakllanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
“Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” fani turizm sohasida
ta‘lim olayotgan talabalar uchun juda ham ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar
turizm sohasida Internet xizmatlarini sifatli tashkil etish va samarali foydalanish
haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
“Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” fanini o‘qitishdan
maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy
tarixiy merosi bilan tanishish,
mijozlarga Internet orqali
xizmatlar taklif qilish, xizmatlarni
shakllantirish va
ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir.
“Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” fanini o‘qitish
jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni o‘zlashtirgan holda
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yechiladigan masalalarga ularni tadbiq qilish ko‘nikmasini
hosil qilishi kerak.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi
asosiy
vazifalar belgilab qo‘yilgan:
Axborot tizimlari va texnoligiyalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni o‘rgatish;
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalana olish;
Turizmda axborot tizimlarini tasniflashni o‘rgatish;
Turizmda axborot tizimlari va texnologiyalariga qo‘yilgan talablarni o‘rgatish;
22
Mehmonxona ishini tashkil etish hamda boshqarishda axborot tizimlari va
texnologiyalaridan oqilona foydalanishni o‘rgatish;
Turistik xizmatlarni tayyorlashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni
o‘rgatish;
Maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
Mehmonxonalarni Internet yordamida qidirish usullarini o‘rgatish;
Mehmonxona biznesini avtomatlashtirish jarayonini
ishlab chiqishni va joriy
etishni o‘rgatish;
O‘zbekistonning tarixiy-me’moriy yodgorliklariga virtual ekskursiya
xizmatini
tashkil qilish asoslarini o‘rgatish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: