«Mehnat potensiali» tushunchasi va uning nazariyasi


Inson kapitaliga investitsiyalar iqtisodiy samaradorligi va uni baholash



Yüklə 102,12 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü102,12 Kb.
#155321
1   2   3   4
Nodir aka

Inson kapitaliga investitsiyalar iqtisodiy samaradorligi va uni baholash.
Inson kapitaliga investitsiyalar iqtisodiy samaradorligida moddiy-texnika bazasini talab darajasida barpo etish, mehnat resurslarining bilimlarini, malakalarini, tajribalarini oshirish uchun investitsiya (kapital qo`yilma) lar sarflashni davom ettirish kerak. Qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy byudjetlardan ajratilayotgan investitsion mablag`larni o`z vaqtida olishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, korxonalar iqtisodiyotini yuksaltirish natijasida ularning faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko`proq mablag` ajratilishini ta`minlashga alohida e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlarning mablag`larini ham oqilona sarflashga harakat qilish kerak.
Chunki ular investitsiyalar ko`lamini kengaytirishning real manbalari hisobanadi. Qishloq xo`jaligiga talabni qondiradigan darajada investitsiya (capital qo`yilma) lar sarflanishini kelajakda ishonchli ta`minlash uchun investitsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar ko`lamini kengaytirish talab etiladi. Bunday shaxslar respublika yoki chet davlatlardan bo`lishi mumkin. Bunda, hozirgi davrda qishloq xo`jaligidagi investitsion jarayonni shakllantirishda sust qatnashayotgan investorlarni intensivroq jalb etishga alohida e`tibor berish lozim. Hozirgi davrdagi cheklangan miqdordagi banklarning ko`lamini kengaytirishga erishish lozim. Buning uchun ularga huquqiy, iqtisodiy shartsharoitlar yaratib berish zarur. Shu bilan birga qishloq xo`jaligiga ko`maklashayotgan moliya-kredit institutlarini, jumladan, qishloq kredit uyushmalari yoki kooperativlarini tashkil etish, ularning faoliyatini rivojlantirish
kerak. Bunday kredit institutlarining huquqiy asosi yaratilgan: Respublika Oliy
Shunga asoslangan holda,
Qishloq kredit uyushmalari yoki kooperativlarini tashkil etish va ularning
faoliyatini rivojlantirish orqali qishloq xo`jaligiga investitsiya oqimini ko`paytirishga erishish mumkin. Ular nodavlat, notijorat kredit instituti bo`lgani ma`qul. Shuning uchun ularga davlatning imtiyozli iqtisodiy yordami zarur. Bu yordamni davlatning qishloq xo`jaligini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi dasturlari asosida amalga oshirish mumkin:
- «Oziq-ovqat muammosini hal etish»;
- «Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini rivojlantirish»;
- «Qishloq faunasini, florasini hamda ekologiyasini yaxshilash»;
- «Yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish, ishsizlikni yumshatish»;
- «Qishloqda malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida «Bilimi-malaka»
dasturini tuzish»;
- «Qishloqda ijtimoiy sohani rivojlantirish» va boshqalar. Bundan tashqari yangi tashkil etilgan qishloq kredit kooperativlarida ayrim fondlar bo`yicha davlat subsidiyalari va kafolatlari tizimini joriy etish lozim. Tashkil etilayotgan qishloq kredit kooperativlari boshlang`ich kapitalining 35-45 foizi davlatning imtiyozli hamda foizsiz kreditlari hisobidan shakllantirilishi maqsadga muvofiqdir. Qishloq kredit kooperativlarini tashkil etish jarayonida davlatning roli quyidagilar bilan chegaralanishi maqsadga muvofiqdir:
- respublikadagi qonun yaratuvchi idoralar bu kooperativlar uchun mamlakat miqyosida hamda xorijiy davlatlarda to`liq faoliyat yuritishning huquqiy asoslarini yaratib berishi;
- ushbu kooperativlarning ilmiy, uslubiy muammolari bo`yicha tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan qulay muhit yaratilishi;
- ularni tashkil etish bo`yicha chet el ekspertlarini jalb etish va mahalliy mutaxassislar tomonidan xorijning ilg`or tajribalarini o`rganishga izchillik bilan yordam berish;
Qishloq kredit kooperativlarining afzalliklarini barcha axborot vositalari
yordamida targ`ib etishga, tushuntirishga qaratilgan faol siyosat olib borishlari,
ularni amalda tashkil etishga ko`maklashishlari zarur. Kredit kooperativlarini qishloq hududlarida tashkil etish uchun quyidagi shartlar bajarilib, ijobiy muhit shakllantirilgan bo`lishi zarur:
- qishloq xo`jalik korxonalarining rahbar, mutaxassislari, shuningdek, mehnatga qobiliyatli aholining ushbu moliya-kredit institutiga ishonishi va uni hurmat qilish holatining mavjudligi;
- shu moliya-kredit instituti faoliyatida faol ishtirok etish uchun aholi moliyaviy farovonlik darajasining yuqoriligi bu aholining bo`sh mablag`lari mavjudligidan dalolat beradi;
- barcha bo`g`indagi davlat hokimiyati idoralari va boshqa tashkilotlarda qishloq xo`jaligi korxonalarini, ayniqsa, fermer va dehqon xo`jaliklarini, kichik korxonalarni kreditlashtirish rivojlantirilishini ta`minlaydigan ushbu g`oyani moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlab, unga hayrixohlik munosabatlari mavjudligi. Chunki qishloq kredit kooperativlarining tashkil etilishi qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini kreditlashtirish bilan shug`ullanadigan moliyaviy bozorda erkin raqobatchilik rivojlanishini ta`minlaydi;
- qishloq joylarida xodimlar, mutaxassislar kredit kooperativlarining malakali
xodimlarga bo`lgan talabini qondira oladigan darajada mavjudligi;
- qishloq hududlarida yangi kredit kooperativlarini tashkil etish bo`yicha ijtimoiy,
Iqtisodiy muhitning talab darajasida shakllanganligi va boshqalar. Demak, qishloq hududlarida kredit kooperativlarini tashkil etish masalasining ijobiy hal etilishini jadalalashtirish uchun yuqorida ta`kidlangan shart-sharoitlarni tezroq shakllantirishga eng avvalo tarmoqdagi tadbirkorlar, qolaversa, davlat va nodavlat idoralari alohida e`tibor berishlari zarur. Yangidan tashkil etilayotgan Qishloq kredit kooperativlar nodavlat, notijorat moliya tashkiloti yuridik maqomiga ega bo`lishi lozim. Ularning asosiy maqsadi foydalanish uchun berilayotgan kapital evaziga foyda olish emas, balki qishloq xo`jalik mahsulotlari etishtiruvchi, xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklar faoliyati rivojlanishiga imkon beradigan kredit olish sharoitlari yaxshilanishini ta`minlashdir. Bunday kooperativlar berayotgan kreditlari uchun o`z a`zolari majburiyatlari yuzasidan, ya`ni jamoatchilik asosida kafolat beradi, berilgan qarzlarni o`z vaqtida sug`urtalaydi, a`zolaridan pay badallarini yig`adi va boshqa iqtisodiy munosabatlarni amalga oshiradi. Chunki kooperativning har bir a`zosi jamg`arma fondiga qo`shgan hissasidan qat`i nazar bir ovozga ega. Tashkil etish taklif qilinayotganda Qishloq kredit kooperativlari notijorat moliya-kredit tashkiloti sifatida tijorat banklaridan muayyan jihatlari bilan
ajralib turadi. Qishloq kredit kooperativlari faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat bo`lishi kerak:
- iste`molchiga yaqin bo`lishi, buning uchun u fermerlar, shirkatlar uyushmasi hududida tashkil etilishi va faoliyat ko`rsatishi mumkin. Bu unga fermerlar, dehqonlar, pudratchilar, boshqa korxonalar hamda aholi a`zo bo`lishini ta`minlaydi;
- kredit kooperativi majburiyatlari yuzasidan uning a`zolari cheklanmagan miqyosdagi jamoatchilik asosida javobgarlikka ega bo`lishi;
- kooperativga kirish badali hamda paylari summasi juda katta bo`lmasligi, olingan foyda kooperativning bo`linmas va zahira fondlarini rivojlantirishga sarflanishi;
- kooperativning iqtisodiy negizi hisoblangan bo`linmas mulkni barpo etish, bu mulkning minimal miqdorini belgilash;
- olingan kreditlardan faqat Nizomda ko`rsatilgan maqsadlar uchun foydalanish;
- boshqarish organlarining mavjudligi va ularning jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatishi. Qishloq kredit kooperativining Nizomi shu tamoyillarga asoslangan holda ishlab chiqilishi kerak. Nizomda kooperativ faoliyatining samarali bo`lishini
ta`minlaydigan barcha masalalar to`liq aks ettiriladi. U kuchli, huquqiy hujjat hisoblanadi. Bu o`rinda Nizom mazmuniga to`liq to`xtalmasdan unga faqat qishloq xo`jaligini kreditlashtirishni takomillashtirish nuqtai nazardan yondashamiz.
Qishloq kredit kooperativiga kirayotgan har bir a`zo majburiy tartibda kirish badali to`lashi kerak. Uni to`lagan yuridik va jismoniy shaxs kooperativ
a`zosi bo`ladi. Qishloq kredit kooperativi faoliyati natijasida olingan daromad uning bo`linmas hamda zahira fondini tashkil etish uchun ishlatiladi. Bunday zahira fondni shakllantirishdan maqsad, eng avvalo, kooperativ faoliyati natijasida
kelib chiqishi mumkin bo`lgan zararni qoplash uchun mablag` yig`ish, ya`ni birgalikdagi mas`uliyat xavfini kamaytirishdir. Bundan tashqari, mazkur fond iqtisodiy tanglik va tanazzullar davrida ishonchli zahira bo`lib xizmat qiladi, qishloq kredit kooperativlarining kelajakda barqaror faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydi. Kredit olishni rasmiylashtirish muddati 1 kun bo`lishi kerak. Kredit berish shaxsan ishonish yoki kimningdir kafilligi ostida amalga oshirilishi lozim.
Kooperativ a`zolari garovsiz kredit olishlari mumkin. Kredit kooperativlari dastlabki 5 yil davomida soliqqa imtiyozli ravishda tortilishi, ularning foydasidan soliq olinmasligi kredit stavkalari mos bank stavkalaridan ancha past bo`lishi va kreditni tovar bilan qaytarib olish imkoniyati ko`zda tutilishi lozim. Kreditlarning qisqa muddat ichida rasmiylashtirilishi mablag`larning tez aylanishiga yordam beradi. Kooperativning o`z mablag`lari, qarz mablag`lari, shuningdek, mol-mulki bo`lishi mumkin. Kooperativning o`z mablag`lari a`zolarining pay badallari, faoliyati natijasida olingan foyda, shuningdek, o`z mablag`larini qimmatli qog`ozlar hamda pul shaklida banklarga joylashtirish hisobiga tashkil topadi. A`zolar tomonidan pay badali sifatida berilgan, shu bilan birgalikda ushbu kooperativ faoliyati davomida sotib olingan mol-mulklar uning huquqiy shaxs sifatidagi mulki hisoblanadi. Kredit kooperativi faqat o`z a`zolari omonatlarini saqlash va ularga qarz berish maqsadida tuzilganligini hisobga olib, bitta a`zoga kredit berish hajmi majburiy pay badali hajmi bilan belgilanadi. Qishloq kredit kooperativi o`z faoliyatining dastlabki bosqichlarida pul mablag`larining etishmasligi va a`zolariga kerakli miqdorda qarz bera olmaslik kabi muammolarga duch kelishi mumkin. Shu bois dastlbaki davrda unga a`zolarining qarz olishga bo`lgan ehtiyojini qondirish uchun qo`shimcha moliyaviy mablag`lar kerak. Bu muammoni davlat yordami bilan hal etish mumkin. Bu borada davlat byudjetidan qishloq xo`jalik moliyaviy infratuzilmasining shakllanishiga, qishloq kredit kooperatsiyasi tizimi rivojlanishiga alohida ahamiyat bergan holda mablag` ajratilishi, bu mablag` qaytarib berilmaydigan yoki qaytarib beriladigan ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Bunga bog`liq bo`lmagan ravishda kredit kooperativlarini tashkil etish bosqichida ishlab chiqiladigan texnik-iqtisodiy asoslashda davlatdan olingan qarzlarni o`z muddatida (qaytarilayotgan summa miqdori va davriyligi) qaytarish imkoniyatlari hisob-kitob qilinishi kerak. Kredit kooperativi faoliyatining dastlabki va keyingi davrlarida mablag` etishmasligi muammosini hal etishning boshqa usullari ham mavjud. Bu, avvalo, bankdan imtiyozli kredit olishdir. Bu holatda qarzga olingan mablag`dan foydalanganlik uchun to`lov (bank foizi) xo`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lgan kooperativ xarajatlarining bir qismini tashkil etadi va u kooperativ a`zolariga berilgan qarz uchun olingan foiz orqali qoplanishi lozim. Bunda kooperativdagi berilgan qarz uchun foizlar bank kreditidan foydalanganlik uchun to`lanadigan foizlarga qaraganda yuqoriroq bo`ladi, chunki kooperativ bu turdagi xizmatni amalga oshirishi uchun o`zi tomonidan qilingan xarajatlarni qoplashi kerak. Qishloq kredit kooperativining asosiy faoliyati kooperativ a`zolariga kredit berish va pul mablag`larini jamg`arish kabi xizmatlarni ko`rsatishdan iborat. Shunga mos holda ushbu xizmatni amalga oshirish uchun kooperativning kredit siyosati ishlab chiqiladi va nizomda belgilab qo`yiladi.
Qarz faqat kooperativ a`zolariga beriladi. Yana bir muhim jihati shundaki,
qarz nizomda ko`rsatilgan maqsadlar uchungina beriladi. Qarzni ishlatish
maqsadini aniqlash kreditor bo`lganligi sababli kooperativning o`z manfaatlarini
himoya qilishi lozimligi bilan izohlanadi. Kredit kooperativi faoliyatining dastlabki davrida, ya`ni kredit resurslari fondi endi shakllanayotgan vaqtda berilayotgan qarz miqdorini aniqlash zarur.

Yüklə 102,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə