«Mehnat potensiali» tushunchasi va uning nazariyasi



Yüklə 102,12 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü102,12 Kb.
#155321
  1   2   3   4
Nodir aka




Reja:




1
«Mehnat potensiali» tushunchasi va uning nazariyasi
2
Mehnat potensialini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi.



Asosiy tushuncha va atamalar:
Mehnat potensiali,jamiyatda mehnat faolligiga ega aholi demografik, ijtimoiy va ma’naviy xususiyatlarining jamlanmasi bo‘lib, ana shu potensialning ushbu jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat




«Mehnat potensiali» tushunchasi va uning nazariyasi


Farg’ona-2023




Inson kapitaliga investitsiyalar mohiyati va obyektiv zarurati.
Inson kapitaliga investitsiyalar mohiyati hozirgi davrda investitsion mablag`lar yangi, samarali texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga ham sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu muammoning to`g`ri, samarali hal etilishi ma`lum miqdordagi investitsiyalar sarflanishini ob`ektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablag`lari tarmoqda doimiy va o`zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa muddatlarga mo`ljallab sarflanishi mumkin. Agarda qishloq xo`jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ularni kapital ta`mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga mo`ljallangandir. Ularni asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb atashadi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar qishloq xo`jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi. Ular qisqa muddatga sarflangan hisoblanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo`jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag`lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo`jaligi (korxonalar)ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, irrigatsiya-melioratsiyalashtirish natijasida xarajatlarni kamaytirib, etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko`payishi va sifati yaxshilanishini, olinadigan daromad (foyda) summasi oshishishni ta`minlaydi. Bu investitsiyalarni amalga oshirishning tub maqsadidir.
Shularni e`tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion siyosat ishlab chiqilgan. U mamlakatda «Investitsiya faoliyati to`g`risida»gi, «Chet el investitsiyalari to`g`risida»gi qonunlar va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda. Investitsiyalar maqsad hamda vazifalariga ko`ra, quyidagi turlarga bo`linadi:
- kapital investitsiyalar;
- innovatsion investitsiyalar;
- ijtimoiy investitsiyalar.
Asosiy fondlarni barpo etishga va takror ishlab chiqarishga, shuningdek,
moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan
investitsiyalar kapital investitsiyalar, deb ataladi. Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish va o`zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsiya investitsiyalardir. Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne`matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag`lar ijtimoiy investitsiyalar, deb ataladi.
Ular real hamda moliyaviy invaestitsiyalarga ham bo`linadi. Moddiylashgan
asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag`lar real investitsiyalarni tashkil
etadi. Qimmatli qog`ozlarni (aktsiya, obligatsiya, veksel, sertifikat) shakllantirishga sarflangan mablag`lar esa moliyaviy investitsiyalar hisoblanadi. Real investitsiyalarni kapital qo`yilmalar, deb ham atash mumkin. Kapital qo`yilmalar yalpi va sof kapital qo`yilmalariga bo`linadi. Real investitsiyalarning umumiy summasi yalpi kapital qo`yilmalarini tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof kapital qo`yilmalardir. Sof capital qo`yilma yalpi kapital qo`yilma sumasiga teng yoki kam bo`lishi mumkin. Qishloq xo`jaligi, jumladan, korxonalar miqyosida yalpi kapital qo`yilmani sof capital qo`yilmaga aylantirishga alohida e`tibor berilishi lozim.
Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini, ya`ni ishga tushirilishini ta`minlash zarur. Milliy hisoblar tizimida asosiy kapitalga hamda moddiy ishlab chiqarish vositlariga sarflangan mablag`lar real investitsiyalar deb hisobga olinadi. Lekin, respublika qishloq xo`jaligida erkin bozor munosabatlari sust sur`atlar bilan rivojlantirilayotganligi moliyaviy investitsiyalar ko`lami kengayishini talab darajasida ta`minlamayapti. Jumladan, jamoa, shirkat, fermer xo`jaliklarida qimmatli qog`ozlar (aktsiya, obligatsiya, sertifikat, veksellar…) chiqarilib, sotilayotgani yo`q. Kelajakda bu muhim masalani hal etishga alohida e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Davlatning iqtisodiy siyosatida qishloq xo`jalik korxonalarida ham qimmatli qog`ozlar bozorini tashkil etish tadbirlari ishlab chiqilishi va ular amaliyotga tatbiq etilishi lozim. Bozor iqtisodi sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda quyidagilarga alohida e`tibor berish kerak:
- tender asosida raqobatbardosh loyihalarni tanlashga. Bu qishloq xo`jaligida
investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta`minlaydi;
- qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallangan investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligiga. Qishloq xo`jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlari real
hisobga olingan holda iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan bo`lishi zarur.
Chunki, aksariyat hollarda loyihada belgilangan mablag`lar ko`zda tutilgan
tadbirlarni bajarish uchun etmaydi, oqibatda ko`zlangan maqsadga erishilmaydi.
Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho`zilishiga olib keladi;
- chet el investorlarini va ularning investitsiyalarini qishloq xo`jaligiga jalb etishga.
Buning uchun qishloq xo`jaligida ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarga
bo`lgan shaxsiy va xususiy mulkchilikni rivojlantirish lozim va boshqalar. Barcha omillarni e`tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar qishloq xo`jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi. Qishloq xo`jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan ta`minlanadi. Unda bog`zor, uzumzorlar barpo etiladi. Zotli, sermahsul chorva hayvonlari yaratiladi.
Ular yangi ish joylari barpo etilishini ta`minlaydi, qishloq xo`jaligida band
bo`lgan tadbirkorlarning bilimlarini, malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ularning uyg`unlashishi natijasida tarmoqda etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko`paytirilib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o`z
navbatida, aholini, qayta ishlash tarmoqlarini va nihoyat, davlatning talabi qondirilishini ta`minlaydi, fuqarolarning turmush darajasini yuksaltiradi. Bularning hammasi investitsiyalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat
beradi. Kapital qo`yilmalarning xalq xo`jaligi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati ulkan.Birinchidan, kapital qo`yilmalar jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Kapital qo`yilmalardagi o`zgarishlar jami talabga etarlicha ta`sir ko`rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad (YaMD) hajmining ham o`zgarishini ta`minlaydi. Ikkinchidan, kapital qo`yilmalar korxonaning asosiy fondlari jamg`arilishiga, ya`ni ko`payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish kuchlarini kengaytirishga sarf qilingan pul mablag`lari boshlang`ich bosqichda korxona faoliyati natijalariga ta`sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy o`sish uchun zarur bazani yaratadi.
Uchinchidan, kapital qo`yilmalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o`sishiga olib keladi, natijada YaMD qisqaradi. Misol uchun, tugatilmagan qurilishning ko`payishi, moddiy resurslar oshishi, to`lanadigan ish haqining ko`payishi hamda ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir.
Xuddi shunday tarzda noritmik holda etkazib berilgan vositalar me`yordan yuqori bo`lib, korxona zahiralariga ham ta`sir ko`rsatadi. Ular sarflanayotgan capital qo`yilmalarning qiymati o`sishiga hamda samaradorligiga ta`sir etadi.
Kapital qo`yilmalarning miqdori, dinamikasi va samaradorligi quyidagi
omillarga bog`liq:
- kapital qo`yilma amalga oshirilayotgan loyihaga;
- mamakatdagi va korxona faoliyatidagi iqtisodiy o`zgarishga;
- davlatning soliq siyosati va banklarning foiz stavkasiga;
- tashqi savdodagi iqtisodiy holatga;
- milliy valyutaning ichki va tashqi kursiga;
- mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorlikka.
Investitsiyalar (kapital qo`yilmalar) qishloq xo`jaligining har tomonlama rivojlanishini ta`minlaydi. Chunki ular evaziga tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. Ulardan to`liq va samarali foydalanish natijasida jonli mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko`payib, sifati yaxshilanadi. Bu hol qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan talab yanada yaxshiroq qondirilishini ta`minlaydi. Shu bilan birgalikda sof foyda summasi ko`payadi. Natijada qishloq xo`jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati tug`iladi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yanada yuksaladi. Bular investitsiyalar, kapital qo`yilmalarning ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi. Hozirgi davrda "investitsiyalar" tushunchasi, aksariyat hollarda keng ma‘noda ishlatilmoqda. Iqtisodiy fanlarning turli tarmoqlarida, amaliy faoliyatning turli yo‘nalishilarida investitsiyalashning maqsadlari, sohalar xususiyatlari, safarbar etilish ob‘yektlari, harakat yo‘nalishlaridan kelib chiqib va ahamiyatiga qarab "investitsiyalar" tushunchasi o‘ziga xos ma‘noda ishlatiladi. Moliyaviy nuqtai nazardan ularning mazmuni va mohiyatini aniq belgilash muhim vazifa hisoblanadi. Faqat kapitalni yo‘qotish riski mavjud bo‘lgan pul shaklidagi investitsiyalar yangi aktivlarni vujudga keltiradi.
Investitsiyalarning mulkiy shaklidagi moddiy va nomoddiy ne‘matlar va ularga bo‘lgan huquqlarni iqtisodiy va boshqa faoliyatlarga jalb etish esa, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida, investitsiyalar evaziga barpo etilgan aktivlarni ishlatishdan dalolat beradi. Investitsiyalar bo‘lajak natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida, mohiyatan hozirgi xarajatlarni bildiradi. Investitsiyalar noaniqlik ehtimoli bo‘lgan va kelgusida kutilayotgan qiymatga kapitalning aniq bugungi qiymatini almashtirishdan iboratdir. Buning dalili sifatida investatsiyalarning safarbar etilishida ularning ongli ravishda aniq va noaniq bo‘lgan risklar bilan bog‘lanishini keltirish mumkin.
Ko‘pgina hollarda "investitsiyalar" tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob‘yektlarini kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta‘riflanadi. "Chet el investitsiyalari" tushunchasiga ta‘rif berishda ham xuddi shu ma‘no nazarda tutiladi, lekin bu o‘rinda ularning qonuniy huquqliligi va maqsadiga ko‘proq urg‘u beriladi. O‘zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi qonunida O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar tomonidan qonun xujjatlariga zid bo‘lmagan tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari ob‘yektlariga aksariyat foyda (daromad) olish maqsadlarida kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga doir huquqlarning jami turlari, shu jumladan, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad chet el investitsiyalari sanaladi.
Bu o‘rinda shuni ta‘kidlash joizki, investitsiyalarning harakatidan kelib chiqib zamon va makonining almashtirilishi va o‘z iqtisodiyotga kirib borishi namoyon bo‘ladi. Investitsiyalarning turli shakllarda o‘zga iqtisodiyotlarga kirib borishi yangidan investitsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, ularning turi va shakllaridan qat‘iy nazar, yangitdan safarbar etilishini va bog‘lanishini bildiradi.
Odatda makroiqtisodiy darajada investitsiyalar deyilganda ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarishga, yangi uy-joy binolarini, tovar zahiralarini ko‘paytirish va shu kabilarga yo‘naltirilgan xarajatlarning bir qismi tushuniladi.
Shunday qilib, bu o‘rinda yalpi ichki mahsulotning joriy davrda iste‘mol qilinmagan, kapitalni o‘stirishga yo‘naltirilgan qismi nazarda tutiladi. Ayrim iqtisodchilar esa investitsiyalar - bu pul mablag‘lari sarflari bo‘lib, daromadning joriy iste‘molga emas, balki pirovard maqsadi kelajakda yanada yuqoriroq daromad yoki ijtimoiy samara topishdan iborat bo‘lgan jami ijtimoiy yoki yakka kapitalni takror hosil qilish uchun foydalaniladigan qismi deb qaraydilar.
Bu esa investitsiyalar faqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qoplash, kengaytirish, yangilash va texnika bilan qayta qurollantirishga yoki asosiy kapitalga yo‘naltiriladi degan firklarni bildirmoqda. Chindan ham, harakatlar yo‘nalishlari nuqtai nazardan almashtirish, kengaytirish, qurollantirish, fondlar tarkibini yangilash va boshqalarni ko‘rish mumkin. Shu ma‘noda, bu fikrning tasdig‘iga dalil sifatida investitsiyalarning sof va eskirishni qoplash investitsiyalariga tasniflanishi, ularning jamlanib yalpi investitsiyalarni hosil qilishini keltirish mumkin.
Bevosita investitsiyalar esa iqtisodiy sub‘yektning ustav kapitaliga daromad topish va xo‘jalik yurituvchi sub‘yektni boshqarishda ishtirok etish huquqini olish maqsadlarida kiritiladigan investitsiyalardir. Ular resurslarni yangi loyihalarga jalb qilish, zamonaviy texnikalarni kiritish, moliyaviy vositalarni xarid etish, ya‘ni aktsiyalarni sotib olish, qo‘shilish, qo‘shib olish, mavjud kapitalni xarid etish va boshqa yo‘llar orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, xorijiy investorlarga nisbatan investitsiyalar amalga oshirilgan paytda amalda bo‘lgan qonun me‘yorlari 10 yil mobaynida qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan qonun hujjatlari o‘zgartirilmasligiga kafolatlar mavjud. Qonun hujjatlarida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan 7 yil muddatga ozod etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiyani yangilashga sarflanadigan qismidan soliq olmaslik, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz bemalol chetga olib chiqish va shu kabi ko‘plab imtiyozlar va rag‘batlantirish omillari ham ko‘zda tutilgan. Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.
2019 yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, unda investorning huquq va majburiyatlari, shuningdek, investitsiya faoliyati sub’ektlarining huquqlari davlat tomonidan kafolatlangan. Xususan, sarmoyadorlarga chet el valyutasidagi pul mablag’lari O’zbekistonga va chet elga hech qanday cheklovlarsiz, soliq va yig’imlar to’lash sharti bilan, shu jumladan repatriatsiya uchun valyutani konvertatsiya qilish sharti bilan kafolatlanadi. Investitsiya faoliyati tugaganidan so’ng, xorijiy investor aktivlarni bepul qaytarib berish huquqiga ega, deb ta’kidlaydi qonun.
Agar O’zbekistonning keyingi qonunchiligi investitsiya kiritish shartlarini yomonlashtirsa, investitsiya sanasiga nisbatan qo’llaniladigan qonun sarmoya kiritilgandan keyin 10 yil ichida investorlarga nisbatan qo’llaniladi. Davlat qonun hujjatlariga va O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq investitsiyalarning himoyasini kafolatlaydi. Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari milliylashtirilmaydi. Bundan tashqari, investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi (musodara qilinadi), tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiya va favqulodda xarakterdagi boshqa holatlar bundan mustasno1. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab bir oy ichida kuchga kiradi, ya’ni 2019 yil 26 dekabrdan.

Yüklə 102,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə