«Mehnat potensiali» tushunchasi va uning nazariyasi


Inson kapitaliga investitsiyalarining yo’naltirishga xorij tajribasi



Yüklə 102,12 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü102,12 Kb.
#155321
1   2   3   4
Nodir aka

Inson kapitaliga investitsiyalarining yo’naltirishga xorij tajribasi.
Inson kapitaliga investitsiyalarni sarflashdan maqsad–qo`shimcha foyda olish va fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilashdir. Ularning darajasini loyihalar tuzishda hamda bu loyihalarni amalga oshirishda aniqlash mumkin. Buning uchun investitsiyalar (kapital qo`yilmalar)ning iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik xarajatlar bilan foyda summalari taqqoslanishi natijasida aniqlanadi. U:
- makroiqtisod, ya`ni mamlakat miqyosida;
- mezoiqtisod, ya`ni tarmoqlar (qishloq xo`jaligi) miqyosida;
- mikroiqtisod, ya`ni qishloq xo`jalik korxonalari doirasida;
- ayrim yo`nalishlar, ob`ektlar bo`yicha ham aniqlanadi.
Makro hamda mezoiqtisod miqyosida investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi ularning mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorligi koeffitsienti ko`rsatkichi yordamida ifodalanadi. Uning darajasi sarflangan investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulotning o`sgan summasini shu o`sishni ta`minlagan investitsiya summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

Bunda: Is(Ks) – investitsiya (kapital qo`yilma)larning mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti; YaIM – makro, mezoiqtisod(tarmoq) miqyosida ma`lum bir davr ichida yalpi ichki mahsulotning o`sgan summasi, so`mda. Bunda qishloq xo`jaligida yalpi daromadning o`sgan summasi ham olinishi mumkin;
- Is (Kk) – investitsiya yoki sarflangan kapital qo`yilma summasi. Bu ko`rsatkich sarflangan 1 so`mlik investitsion mablag` evaziga necha so`mlik yoki tiyinlik yalpi ichki mahsulot yoxud yalpi daromad olinganligini ifodalaydi. Uning mutlaq (absolyut) miqdori imkoni boricha yuqori bo`lgani yaxshi. Shunda investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik darajasi yuqori bo`ladi. Kam bo`lsa, u iqtisodiy samaradorlik darajasi past bo`lganligidan dalolat beradi. Bunday holda investitsiyalarni sarflash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Investitsiyalar – aksariyat hollarda uzoq muddatga mo`ljallangan xarajatlardir. Shuning uchun ularning bir necha yillar davomidagi iqtisodiy samaradorligini aniqashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Bunda inflyatsiya darajasi hisobga olinadi. Shunday hollarda investitsiyalar (kapital qo`yilmalar) ning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
- loyihaning o`zini-o`zi qoplash usulini aniqlash;
- kompaunding (murakkab foizlar) usuli;
- diskontlash usuli.
O`zini-o`zi qoplash muddati – amalga oshirilayotgan loyihaning foydasi hisobidan dastlabki investitsiya miqdorini qoplash davri. Uni hisoblashda sof foyda moliyaviy xarajatlar, foizlar va amortizatsiya ajratmalari e`tiborga olinadi. Kompaunding usulining mohiyati shundan iboratki, bunda dastlabki summa har yilgi daromad foizi hisobiga oshib boradi Investitsiyaning o`sgan qiymati foiz stavkasi bilan davr muddatiga bog`liq. Foiz stavkasi investorning muqobil qarorini hisobga oladi, ya`ni pulni biron loyihaga qo`ygan samaralimi yoki depozitga qo`ygan afzalmiroqdir. Diskontlash – hisoblash printsipi kompaundingga nisbatan teskari. Ya`ni diskontlash – kelajakda bo`lishi mumkin bo`lgan daromadni joriy baholarda hisoblash. Mazkur hisobning amaliy mazmuni shundan iboratki, bunda tushumlarning minimal darajasi aniqlanadiki, u shu daromaddan kam bo`lgan holatda investitsiya qilish maqsadga muvofiq emas. Diskontlashgan qiymat foiz stavkalariga bog`liq. Korxona miqyosida sarflanishi lozim bo`lgan yoki sarflangan investitsiya (kapital qo`yilma) mutlaq (absolyut) investitsiya(kapital qo`yilma)larni sarflash natijasida olinayotgan sof foydaning o`sgan summasini shu o`sishni ta`minlagan investitsiya (kapital qo`yilma) summasiga taqsimlash bilan hisoblanadi. Bu ko`rsatkich yordamida sarflangan bir so`mlik investitsiya (capital qo`yilma) qancha so`mlik yoki tiyinlik foyda keltirilganligi aniqlanadi. Shuning
uchun bu ko`rsatkichning mutlaq (absolyut) miqdori yuqori bo`lgani maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda ayrim me`yoriy hujjatlarda investitsiyalar (capital qo`yilmalar) mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorlik darajasi koeffitsientining me`yoriy miqdori (em)-0,07 darajasida belgilangan.
Shunga binoan sarflanayotgan investitsiyalarning har bir so`mi evaziga 7 tiyin foyda olinsa, bunday investitsiyalar iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Undan kam bo`lganda esa investitsiyalar samarali hisoblanmaydi. Shu bilan birgalikda qishloq xo`jaligida irrigatsiya - melioratsiya inshootlariga sarflanayotgan investitsiyalar (kapital qo`yilmalar) mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorlik koeffitsientining miqdori ularning uzoq yillar davomida faoliyat ko`rsatishini e`tiborga olgan holda 0,05 darajasida belgilangan. Qishloq xo`jaligida sarflangan investitsiyalar (kapital qo`yilmalar) doimo ham foyda summasi oshishini ta`minlamaydi, balki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yoki mahsulot etishtirish uchun qilingan o`rtacha xarajatlar (mahsulot tannarxi) kamayishiga ham olib keladi. Shunday hollarda ularning iqtisodiy samaradorlik darajasi tejalgan mablag` qiymatini sarflangan capital qo`yilma summasiga taqsimlab ham aniqlanadi. Ichki va tashqi bozorning qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish eng dolzarb muammodir. Uni hal etish uchun investitsiya (capital qo`yilma) larni sarflash zarur.
Buning uchun esa siyosiy, mintaqaviy, iqtisodiy hamda ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash darkor. Respublikada bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish davrida yuqorida ta`kidlangan sharoitlar yaratilmoqda. Respublikada siyosiy-iqtisodiy barqarorlik qishloq xo`jaligiga investitsiyalar jalb etilishiga imkoniyat bermoqda. Uning rivojlanishini ta`minlash maqsadida investitsion siyosatning huquqiy asoslari ham barpo etilgan. Ularning mavjudligi so`nggi yillarda tarmoqqa ma`lum miqdorda investitsiya (kapital qo`yilma)lar sarflanishini ta`minlamoqda. So`nggi yillarda respublika iqtisodiyotiga yo`naltirilgan investitsiyalarning 5-8 foizi qishloq xo`jaligiga sarflangan. Bu talabga nisbatan kam. Shuning uchun kelajakda bu investitsion siyosatni qishloq xo`jaligi foydasiga o`zgartirish maqsadga muvofiqdir. Chunki tarmoq respublika yalpi ichki mahsulotining o`rtacha 30 foizini bermoqda. Xuddi shunday hol xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida ham yuz bermoqda. Jami chet el investitsiyasining 7-10 foizigina qishloq xo`jaligiga sarflanmoqda. Bu borada o`zgarish qilinmasa, qishloq xo`jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish biroz uzoq muddatga cho`zilishi mumkin.
Respublika qishloq xo`jaligiga sarflayotgan investitsiya (kapital qo`yilma) lar hisobidan mashinalar, traktorlar, kombaynlar, chorva hayvonlari va boshqa ishlab chiqarish vositalari sotib olinmoqda, mavjudlari ta`mirlanmoqda, irrigatsiya-melioratsiya ishlari rivojlantirilib, yangi erlar o`zlashtirilmoqda, foydalanilayotganlarining esa holati yaxshilanmoqda. Respublika viloyatlari bo`yicha irrigatsiya-melioratsiya qurilishini investitsiyalash (kapital mablag`larine sarflash) mamlakat miqyosida irrigatsiya-melioratsiya qurilishi uchun sarflangan investitsiya (kapital qo`yilma) lar qiymati 3,8 martaga ortgan. Shu investitsiyalarning aksariyat qismi Xorazm, Surxondaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari hududlariga to`g`ri keladi. Irrigatsiya-melioratsiya inshootlari barpo etilishi natijasida xo`jaliklarning suv bilan ta`minlanish darajasi oshdi. Bu hol yangi erlarni o`zlashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu holat hozirgi talabni to`liq qondirolmaydi. Chunki, respublikadagi jami sug`oriladigan erlarning 50 foizga yaqini u yoki bu darajada sho`rlangan. Kelajakda erlarning sifat holatini yaxshilash uchun investitsiya (capital qo`yilma) lar ko`lamini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Sarflanadigan investitsiya (kapital qo`yilma) lar natijasida erlarning meliorativ holati yaxshilanib, suv bilan ta`minlanganlik darajasi yuksalmoqda, ishlab chiqarish mexanizatsiyalashtirilishi, kimyolashtirilishi tufayli ekinlar hosildorligi oshmoqda.
Chegaralovchi holatlar berilayotgan qarzning qaytarilish kafolatini oshirishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim. Bitta a`zoga berilayotgan qarzlar miqdori har xil bo`lishi mumkin va u kredit fondining holatiga qarab belgilanadi. Beriladigan qarzning eng katta miqdorini kooperativning pay fondi hajmi darajasida chegaralash maqsadga muvofiqdir. Bu kooperativ a`zosinining o`ziga bog`liq bo`lmagan u yoki bu sabab bilan qarz bo`lib qolish holatlarida ro`y berishi
mumkin bo`lgan yo`qotishlarni qoplash kafolatini beradi. Kooperativ a`zolariga qarz berish muddatini belgilash katta ahamiyatga ega, chunki qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish bilan shug`ullanish pul mablag`lari kelib tushishi va unga bo`lgan ehtiyojning davriyligini keltirib chiqaradi. Qishloq kredit kooperativi uchun qarz muddati 6 oy va undan ko`pga belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Kredit kooperativi faoliyatining muhim jihati qarzdan foydalanganlik uchun to`lov miqdori hisoblanadi. Agar kooperativning kredit fondi faqat omonat uchun qo`yilgan xususiy mablag`lar hisobiga shakllansa, qarzlar kichik foiz bilan berilishi mumkin. To`lov stavkalarini asoslash va belgilashda kredit fondi shakllanishida yuzaga keladigan xarajatlarni hisobga olish kerak. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida jalb qilinayotgan mablag`lar qiymati o`zgarishini hisobga olib, nizomda kredit uchun to`lovning aniq miqdorini belgilash shart emas, balki uning quyi va yuqori chegaralarini belgilab qo`yish maqsadga muvofiq. Nizomda ko`rsatilgan vaziyatning eng maqbul varianti kooperativ boshqaruviga kuzatuv kengashi bilan birgalikda iqtisodiy vaziyatning o`zgarishini hisobga olib, qarzdan foydalanganlik uchun to`lov stavkalarini imkon qadar past belgilash huquqini berish kerak. Foiz stavkalarining o`zgartirilishini quyidagicha ifodalash mumkin:
- uning ko`payishi – faqat qarzdan foydalanish uchun foizning o`zgarishi vaqtida tuzilgan shartnoma asosida hisobga olinadi;
- uning kamayishi–barcha shartnomalar, jumladan, oldin tuzilgan shartnomalar asosida hisobga olinadi. Kelishilgan vaqtda tuzilgan shartnomada qarzdan foydalanish uchun foiz ko`rsatiladi va keyinchalik u amal qilayotgan vaqtda barcha o`zgartirishlar kiritiladi. Berilayotgan qarzning kafolatli ta`minoti kredit siyosatining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Qarzni qaytarishning kafolatli ta`minoti usullari quyidagilar bo`lishi mumkin: qarz miqdoriga loyiq garov berish (garov shartnomasi imzolanadi) yoki qarz olayotgan shaxs bilan uni o`z vaqtida to`lash majburiyatini barobar bo`yniga olgan kooperativga ko`pchilik a`zolarning ishonch bildirishlari. Kooperativ a`zolariga qarz berish tartibi va uning miqdori kooperativ nizomiga mos holda umumiy yig`ilish tomonidan belgilanadi.
Boshqaruv kengashi qarz berish bo`yicha qarorlarni maqsadga muvofiq holda mustaqil qabul qilishi kerak. Umumiy yig`ilish qarori asosida kooperativ bilan uning a`zosi o`rtasida qarz shartnomasi imzolanadi. Unda kredit kooperativi nizomida belgilangan qonuniy holatlar, o`zaro munosabatlar va asosiy vaziyatlar o`z aksini topshii kerak. Qarz shartnomasida tomonlar roziligi bilan qarzni uzish tartibi hamdaqarz beruvchilarning olingan qarzdan foydalanishi ustidan nazorat qilish imkoniyatlari ko`rsatiladi. Kredit kooperatsiyasi faoliyatining asosiy yo`nalishi kooperativ a`zolari shaxsiy jamg`armalarini jalb qilish bo`lishi mumkin. Qishloq aholisi jamg`armasini to`plab, jamg`arma omonatlariga yaxshi sharoit yaratish bilan kredit kooperativining rivojlanishi uchun mustahkam moliyaviy asos yaratish mumkin. Kooperativ va uning a`zolari o`rtasidagi jamg`armalarni saqlash tartibi va sharti bo`yicha o`zaro munosabatlarda shartnoma tuzilib, umumiy yig`ilish tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Qishloq kredit kooperativi buxgalteriya hisoboti andozalariga mos holda hisobotlarni amalga oshiradiki, ular quyidagilarni o`z ichiga oladi: umumiy qoidalar–me`yoriy hujjatlar, tamoyillar, buxgalteriya hisobi masalasi, buxgalteriya hisobi va hisobotiga javobgarlik; hisob texnikasi nizom jamg`armasidagi operatsiyalarni badallarni ko`rsatgan holda aks ettirish; fondning tashkil topishi, undan foydalanish tartibi va erkin xususiy mablag`larning qolgan qismi. Kredit kooperativi umumiy yig`ilishi tomonidan tasdiqlanadigan foyda va xarajatlar smetasi har yili chorak (kvartal) larga ajratilgan holda tuziladi.

Yüklə 102,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə