Mehnat va iqdisod tarbiyasining mohiyati,maqsadi va vazifalari



Yüklə 15,81 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü15,81 Kb.
#165818
  1   2   3   4   5
mehnat tarbiyasi

MEHNAT VA IQDISOD TARBIYASINING MOHIYATI,MAQSADI VA VAZIFALARI

Mehnat tarbiyasi

  • Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan
  • Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturi

  • Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avg .)ga muvofiq, oʻrta maxsus taʼlim bosqichining majburiy boʻlganligi oʻzbek oʻquvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich toʻliq kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, kasbhunar kollejlari oʻquvchilari bevosita oʻzlari tanlagan kasblarga doir koʻnikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey oʻquvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini oʻzlashtiradilar. Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb taʼlimi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 15,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə