“Muammoli vaziyat” usuli – o`quvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va
oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini
shakllantirishga qaratilgan usuldir.
"Muammoli vaziyat" usuli uchun tanlangan muammoning murakkabligi
o`quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi zarur. Ular qo’yilgan muammoning
yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmaslik, ta’lim
oluvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib
keladi. «Muammoli vaziyat» usuli qo’llanilganda o`quvchilar mustaqil fikr yuritishni,
muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar.
“Muammoli vaziyat” usulining bosqichlari: 1. O`qituvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni
aniqlaydi. O`qituvchi o`quvchilarga muammoni bayon qiladi.
2. O`qituvchi o`quvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan
tanishtiradi.
3. O`qituvchi o`quvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o’rganadilar. Muammoning kelib
chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha
taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi.
5. Bu bosqichda muammoning oqibatlari to’g’risidagi fikr-mulohazalarni taqdimot
qiladilar. Taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama va tahlil qiladilar.
Muammoli vaziyatni yechish yo’llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo’yicha taqdimot qiladilar va
o’z variantlarini taklif etadilar.
8. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi
63
bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo’llarining eng maqbul variantlarini
tanlab oladi.
Namuna.