Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
kimyo o\'qitish

Kirish
 
Uzluksiz ta’lim tizimida davlat buyurtmasi va ijtimoiy talabga muvofiq har 
bir ta`lim muassasasi va unda xizmat qiluvchi pedagog-kadrlar zimmasiga 
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so‘nggi 
yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak 
ma’naviyatli, kasb-hunarli, el-yurtga sadoqatli milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, 
jamiyat va oila oldida o`z burchi va javobgarlini his eta oladigan,
raqobatbardosh barkamol shaxsni tarbiyalash va kamolga yetkazish, ularning ongi 
va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga 
oshirish yuklatilgan. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya 
jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish bilan uzviy ravishda 
bog'liq. 
Shunday ekan, oliy ta’lim muassalarining kimyo o‘qitish metodikasi 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida talabalarning kasbiy tayyorgarligida kimyo 
kursining tuzilishi va mazmunini zamonaviy texnologiyalar asosida o`qitish muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Ushbu qo’llanmada fan dasturiga muvofiq kimyoni o‘qitishning zamonaviy 
texnologiyalari, ularning mazmuni, qo`llanilishi va o‘quv-tarbiya jarayonini 
loyihalashtirish mazmuniga alohida e’tibor qaratilgan.
Qo`llanma bo’lg’usi kimyo o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini 
orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda kimyoni o‘qitishda zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, 
ko‘nikmalarni shakllantirish, zamonaviy yondashuvlar asosida kimyodan ta’lim 
mazmunini loyihalashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirishga yordam beradi.
Mazkur qo‘llanma haqidagi fikr-mulohazalarni muallif samimiyat bilan qabul 
qiladi. 
 
 




Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə