Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
kimyo o\'qitish

Nazorat savollari.
1.
Zamonaviy ta`lim texnologiyalarini qo`llashdan asosiy maqsad? 
2.
Zamonaviy ta`lim texnologiyalariga ta`rif bering. 
3.
Pedagogik texnologiya qanday turlari farqlanadi? 
4.
Qanday zamonaviy ta`lim turlarini bilasiz? 
 
2-§.
 
Ta’lim jarayonining tuzilishi. Ta’limning modeli va texnologiyasi. 
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar
oqimi kirib kelmoqda va keng ko’lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni
tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy
jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda talaba-o`quvchiga yetkazib berishni
yo’lga qo’yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat 
qiladi. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo’llash 
omillaridan biri - bu muayyan yaxlit ta’limiy jarayonni oldindan loyihalash, 
o`quvchilar tomonidan o’zlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, ko’nikma va 
malakalar darajasini tashxislash va ta’lim maqsadining muvaffaqiyatli 
natijalanishini avvaldan bashoratlay olishdan iboratdir. 
Texnologiya
(yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, 
ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning 
yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi.
Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – o`quvchi shaxsini
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. 


12 
Ta’lim texnologiyasi
(ingl. “an educational technology”) – ta’lim 
(o’qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə