Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   132
kimyo o\'qitish

Ta’lim texnologiyasi
– ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim
asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo’lida
muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali,
unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish bo`lib, 
uni sxemstik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: 
Ta`lim texnologiyasi
O`quv
mahsuli
Metodlar
O`qitish
shakli
TEXNOLO
GIYA 
O`qituvchi
O`quvchi
Мaqsad
Ta`lim
mazmuni
O`qitish
vositasi
Ta’lim jarayoni- 
o`qituvchi bilan o`quvchi o’rtasidagi ma’lum maqsadlar 
asosida belgilangan bilim va ko’nikmalarni tarkib toptirishga yo’naltirilgan o’zaro 
ta’sirlashuv jarayonidir.
Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab va ko'p komponentlidir. Ta'lim
samaradorligi pedagog va talaba-o'quvchining faolliligiga, ta'lim vositalarining
mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy-metodik mukamnialligiga.
jamiyatda ilmli kishilarga bo'lgan ehtiyojga va boshqa hali aniqlanmagan
ko'pgina omillarga bog'liq. 
Ta’lim jarayonini bir tizim deb qaraydigan bo’lsak, uni tashkil
etuvchilari, ya’ni elementlariga quyidagilar kiradi: 


13 
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida keltirilgan elementlardan 
birortasi e’tibordan chetda qolsa yoki noto’g`ri tanlangan bo’lsa tizim
ishlamaydi, demakki, ta’lim jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishilmaydi. 
Ta`limni tashkil etish
- ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchining 
birgalikdagi faoliyat yo`llarining tashqi ko`rinishi. Metod-yo`l bo`lsa, shakl 
yo`lning tashqi ko`rinishidir.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng
qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida 
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har
bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq 
sanaladi. 
Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarning bilim saviyasi,
o'zlashtirish qobiliyati, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib
ravishda og'zaki, ko'rgazmali va amaliy kabi uch guruhga bo'linadigan
metodlarning quyidagi variantlari qo'llaniladi: 
- o'qitishning ma’ruza (suhbat) metodi; 
- o'qitishning amaliy ishlar metodi
- laboratoriya ishlari metodi; 
- mustaqil ishlar metodi; 
- muammoli-evristik modellashtirish metodi

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə