Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


O’qituvchining asosiy vazifasi -



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   132
kimyo o\'qitish

O’qituvchining asosiy vazifasi -
ta’lim berish, tarbiya berish, malakalarni 
shakllantirish jarayonlarini boshqarish, o’qitish emas, balki o’qishga yo’l 
ko’rsatish; tarbiya berish emas, balki tarbiyalash jarayoniga rahbarlik qilishdir.


17 
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga o`quvchilar
faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish o`quvchilarning 
o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni
oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini 
orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi,
o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini 
ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli
vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va
o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. 
Nazorat savollari. 
1.
Ta`lim metodiga ta`rif bering. 
2.
Ta`lim jarayoni deganda nimani tushunasiz? 
3.
Ta`lim vositalari qanday pedagogik vazifalarni amalga oshiradi? 
4.
Ta`lim texnologiyasi qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? 
5.
O’quv jarayonining tashkiliy-didaktik ta’minoti nimalardan iborat? 
 
3-§.
 
Kimyo fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotida yangicha qarashlar qaror 
topayotgan bir sharoitda yosh avlod ta`lim-tarbiyasini tashkil etish, boshqarish, 
barkamol shaxsni tarbiyalash masalasi yanada dolzarblik kasb etmoqda.
Ta`lim jarayonida yuqori sifat va samaradorlikka erishish ta’lim-tarbiya 
jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab qiladi. «Innovatsiya» iborasi 
inglizcha so’zdan olingan bo’lib, «innovation» - «yangilik kiritish», «yangi g’oya» 
degan ma’nolarni bildiradi. 
Innovatsion o’qitishda bilimlar vazifasi o’zgaradi. Ya’ni, avvalgi doimiy yod 
olishdan mantiqiy fikrlash, izlanishga o’tiladi. Bunday faoliyat o`quvchi 
faoliyatidagi ijodkorlikni rivojlantiradi. U o’z tengdoshlari va o’qituvchisi bilan 
o’zaro faol «sub’yekt-sub’yekt» munosabatlariga kirishadi.
O'qitish jarayoni dinamik va barhayot jabha bo`lganligi tufayli ham unga 
yangilik kirishi va yangilanish amaliyotining davom etishi tabiiydir. Shuning 


18 
uchun ham, sinalgan va samara beradigan zamonaviy texnologiyalarni qo'llash 
zaruriy holdir. 
Kimyoni o`qitishda eng ko’p tarqalgan va xususiyatga ega bo’lgan 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar quyidagilar hisoblanadi: 
suhbat, bahs, o’yin, 
keys-stadi, loyihalar usuli, muammoli usul, aqliy hujum
va boshqalar hisoblanadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə