Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132
kimyo o\'qitish

“Aqliy hujum” – 
“breynstorming” (brain storming) inglizcha so’zdan olingan 
bo`lib, faol ta’limning, boshqaruvning va tadqiqotning metodlaridan biri 
hisoblanadi. Bu metod aqliy faollikni qo’zg’atadi, ijodiy va innovatsion 
jarayonlarni tezlashtiradi. 
Pinbord
(inglizchadan: 
pin-
mahkamlash, 
board 
– yozuv taxtasi) munozara 
usullari yoki o’quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat. 
Ta’limiy o’yin
 
Ishbilarmon va rol (holat)li o’yinlar muammoli topshiriqning 
bir turi. Faqat bunday holatda matnli material o’rniga, o`quvchilar tomonidan 
o’ynaladigan sahnalashtirilgan hayotiy holatlar ishlatiladi. 
Kimyoni o`qitishda zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan juda ko`plaridan 
samarali foydalanilmoqda. Ulardan ba`zilarining tavsifi va kimyoni o`qitishda 
qo`llanilishi bilan tanishamiz.
Blits-so’rov metodi
so’rovda ishtirok etuvchilar o’rtasida psixologik 
kommunikativ aloqani o’rnatadi. Savollar so’rovchi tomonidan oldindan tuziladi. 
Savollar qisqa aniq javobni talab etadi. Bu metodda o’quvchilarga o’rganilgan 
butun mavzu va uning ma’lum qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari 
bo’yicha tuzilgan savollarga javob (og’zaki, yozma, jadval, diagramma) 
ko’rinishida taklif etiladi.
Masalan: “Metallmaslar” mavzusi bo`yicha Blits-so`rov 
1.
Eng yengil metallmas. (Vodorod) 
2.
Gaz holatdagi qaysi metallmas eng og’ir? (Xlor)
3.
Qaysi metallmas davriy jadvalda “doimiy ro`yxatda” emas? (Vodorod) 
4.
Qaysi metallmasning nomi “hayotsiz” degan ma’noni bildiradi? (Azot)
5.
Napoleon qaysi modda birikmasi bilan zaharlangan? (Mishyak)
6.
Qaysi metallmas sun’iy yo’l bilan olingan? (Astat)
7.
Olmos qaysi metallmas atomlaridan tashkil topgan? (Uglerod)


20 
8.
Qaysi element yetishmovchiligidan bo’qoq kasalligi kelib chiqadi? (Yod)
9.
Qaysi element yetishmovchiligi kariesga olib keladi? Ftor
10.
Birinchi jahon urushida kimyoviy qurol sifatida ishlatilgan sarg’ish-yashil gaz? 
(Xlor)
11.
Yagona suyuq metallmas? (Brom)
12.
Badbo`y element? (Brom)
13.
Nurli metallmas. (Fosfor)
14.
Alkimyogarlar “falsafa toshi”ning asosiy tarkibida qaysi element bo’ladi deb 
taxmin qilishgan? (Oltingugurt)

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə