Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
kimyo o\'qitish

O`quvchining roli, 
o’rni 
Passiv eshituvchi, 
tinglovchi 
O’quvchining faol ishtiroki 



Pedagogning roli, 
o’rni 
Bilim beruvchi manba 
Tashkilotchi, menejer, 
boshqaruvchi 
Bilim berish shakli 
Tayyor holda, verbal 
mantlar shaklida 
Interfaol, o’yinli, muammoli, 
mustaqil mutoala,izlanuvchanlik 
Olgan bilimlaridan 
foydalanish 
Topshiriqlar, masalalar, 
yozma ishlar 
Bilimni kundalik faoliyatda 
ishlatish 
O’quv faoliyati 
formalari 
Frontal, ma’ruza, 
shaxsiy tayyorgarlik 
Yakka, juft, kichik va katta 
guruhlarda o’quv jarayonini olib 
borish 
Umuman, pedagogik texnologiya o ‘quv jarayoni va uning ishtirokchilari 
bilan bog'liq barcha maqsadli sa'y-harakatlar yig'indisini anglatishi lozim. 
Pedagogik texnologiyaning umumiy muammolari ko'p va rang-barangdir.
Bular orasida an’anaviy ta’limga yangicha yondashuvlarni tatbiq qilish,
pedagogik jarayonni takomillashtirish, demokratik pedagogika elementlarini 
shakllantirish va ulardan amalda foydalanish, hamkorlik va insonparvarlik 
pedagogikasini kuchaytirish, bilim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsini
faollashtirish, ta’lim mazmunini didaktik tamoyillar asosida boyitish, o'quv 
jarayonini yuksak darajada tashkil etish va uni boshqarish, ta’lim-tarbiya 
jarayonlarining uzluksiz monitoringi va nazorati hamda sarhisobini amalga 
oshirish, rivojlantiruvchi va alternativ (muqobil) texnologiyalarni samarali 
tarzda qo'llash kabilar alohida o 'rin tutadi.
Pedagogik texnologiyaning umumpedagogik, xususiy va kichik 
darajalari farq qilinadi. Bundan tashqari, sezgi a’zolari orqali bilim olishni
ifodalaydigan empirik, moddiy va ma’naviy olam haqidagi bilimlarni
kengaytiruvchi kognitiv, ijodiy faollik va o'quv-izlanish mehnatiga asoslangan 
evristik, tadqiqot va yangilik yaratish faoliyati bilan bog'liq kreativ axborot va
ma’lumotlami qayta ishlash va o'zgartirish evaziga ta'lim-tarbiya beruvchi 
inversion, o'zlashtirilgan bilimlarni omixtalab tugal tafakkuriga olib keluvchi 
integrativ, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olib o'qitishga tayanuvchi 


10 
adaptiv, ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsi bilan o'qituvchi (tarbiyachi) 
munosabatidagi tenglik va adolatlilikka bo'ysunuvchi inklyuziv kabi pedagogik 
texnologiyalarning yo'nalishlari shakllangan. Ularning qamrovi yuqorida tilga 
olingan uch xil darajada bo'lishi mumkin. Umumpedagogik texnologiya dunyo 
ta’lim tizimining barcha ilg'or va samarali elementlarini o'zida jo etadi va keng 
ko'lamda amalga oshiriladi.
Bizning amaldagi uzluksiz va yagona ta’lim tizimimizda umumpedagogik 
texnologiya yetakchi o'rinni egallaydi. Ta’lim turlari va yo'nalishlari, ixtisoslik 
va mutaxassislik tasnifi hamda ta’lim muassasasining o'ziga xosligi asosida 
xususiy texnologiya joriy etiladi. O'qitishning asosiy tashkiliy shakli bo'lgan dars 
va uning bevosita davomi bo'lgan darsdan tashqari ishlarda kichik
texnologiyalar qo'llaniladi hamda ular lokal (mahalliy) pedagogik samaraga olib 
borishi lozim.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida zamonaviy ta`lim texnologiyalarining juda 
ko`p turlaridan keng foydalanilmoqda. Ularning asosiy turlari quyidagilardan 
iborat:
Bu zamonaviy ta`lim turlari o`ziga xos o`qitish xususiyatiga ega bo`lib, har 
bir texnologiya alohida-alohida ko`rib chiqiladi. 
Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, ta’lim 
muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o'qitish uslublaridan 
foydalanib, jahon talablari darajasida talaba va o`quvchilarni o'qitish mumkin. 


11 
Bir so'z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, 
bunyodkorlik tatbiq etilsagina va pedagogik faoliyat jarayonlari metodologik 
hamda psixologik jihatdan to'g'ri tashkil qilinganida ta'lim samarasi yangi 
bosqichga ko'tariladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə