Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Mashgulotda foydalaniladigan vositalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132
kimyo o\'qitish

Mashgulotda foydalaniladigan vositalar: 
tarqatma materiallar, tayanch 
tushunchalar ro`yxati, qalam (yoki ruchka), slayd. 
Izoh: reja bo`yicha belgilangan mavzu asosida hamda o`qituvchining 
qo`ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan 
tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o`tkazish mo`ljallangan bo`lsa, guruh 
o`quvchilari soniga

agar kichik guruhlarda o`tkazish belgilangan bo`lsa, u holda 
guruhlar soniga qarab, tarqatma materiallar tayyorlanadi
). 
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi: 

o`quvchilarni guruxlarga (sharoitga qarab) ajratiladi; 

o`quvchilar mashgulotni o`tkazishga qo`yilgan talab va qoidalar bilan 
tanishtiriladi; 

tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi. 

o`quvchilar yakka tartibda o`tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo`yicha 
tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar; 


173 

o`quvchilar tarqatma materialda mavzu bo`yicha berilgan tushunchalar 
yoniga egallagan (yoki o`zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni 
qanday tushungan bo`lsalar shunday) izoh, yozadilar (yakka tartibda); 

o`qituvchi tarqatma materialda mavzu bo`yicha berilgan tushunchalarni 
o`qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to`g`ri izohni belgilaydi 
yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo`lsa) 
tanishtiriladi; 

har bir o`quvchi to`g`ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini 
aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo`ladilar, o`z-o`zlarini tekshiradilar, 
baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar. 
Izoh: «Tushunchalar tahlili» uslubini «Chaynvord», «Uzluksiz zanjir», 
«Klaster», «Blits-zanjir» shaklida ham tashkil etish mumkin. 
«Tushunchalar tahlili» uslubidan bir darsning o`zida dars boshlanishida 
o`tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo`yicha 
o`quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu 
darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun 
ham foydalanish mumkin. 
Namuna. Moddaning yonishi. Yonilgilarning turlari. (7-sinf) mavzusiga oid
“Tushunchalar tahlili” metodini qo`llanilishi 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə