Moviy osmon uzra hilpilla, bayrog‘im!



Yüklə 105,35 Kb.
səhifə1/5
tarix26.10.2023
ölçüsü105,35 Kb.
#131052
  1   2   3   4   5
@yosh ustozlar bayroq tadbir


Moviy osmon uzra hilpilla, bayrog‘im!
(Sahna bayram mavzusiga mos ravishda bezatilgan. Mavzuga oid lozunglar ilingan. O‘quvchilar va o‘qituvchi bayramona kayfiyatda)
O‘quvchilar harbiy Maratning “Hilpira bayrog‘im” musiqa sadosi ostida qo‘llarida bayroqchalar ko‘tarib kirib kelishadi.
O‘qituvchi tadbirga kelgan mehmonlarni tabriklab, tadbirni boshlashga ruxsat beradi.
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum aziz mehmonlar, ustozlar va murabbiylar. Milliy faxrimiz va g’ururimiz bo‘lgan davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan o‘tkazilayotgantadbirimizga xush kelibsiz!
2-boshlovchi: - Vatanning ramzlari ko‘p. yurt deganda har bir insonning ko‘z oldiga turli manzaralar namoyon bo‘ladi.
3-boshlovchi: - Kimdir ona qishlog‘ini eslaydi, yana kimningdir yodiga ulug‘vor tog‘lar-u gavjum shaharlar tushadi.
1-boshlovchi: - Vatanning umuminsoniyat qabul qilgan shunday ramzlari borki, u har bir davlatning o‘zligini anglatadi. Shulardan biri va eng muhimi bu
Hamma: BAYROG‘IMIZDIR
2-boshlovchi: Bayroq nima?
Hamma: Yurtim osmonida fusunkor bezak.
3-boshlovchi: Bayroq nima?
Hamma: Istiqlolim belgisi, iftixorim!
1-boshlovchi: Bayroq nima?
Hamma: Millatimning yashayotgan udumlari!
2-boshlovchi: Bayroq nima?
Hamma: Yo‘lchi yulduz, kuch va adolat timsoli!
RAQS (Bayroq)
O‘quvchi: Bayroq tashkilot yoki biror davlatga tegishli bo‘lishi mumkin. Bular orasida millat uchun eng muhimi, uning mustaqilligini va xalqaro darajadagi hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq – davlat bayrog‘i.
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Respublikamiz Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan.
O‘quvchi: Va shu kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi.

Yüklə 105,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə