Men davrning kichik parchasi



Yüklə 15,12 Kb.
tarix27.01.2023
ölçüsü15,12 Kb.
#99492
sayyora rayimova


“Men – davrning kichik parchasi”
03-21 Rayimova Sayyoraxon
@sayora0915
UZJOKU talabasi
Tel : 90-022-25-05
ANOTATSIYA:Otashin shoir ,sheriyatga chaqmoqdek kirib yashindek ijod qilgan, Sharqning pushkini deb tan olingan O’zbekiton xalq shoiri Usmon Nosirning hayot yo’li , va biz o’quvchilarga yetib kelgan asarlari haqida.
Xulosa: Xalqning manfaatini o’ylaydigan, ularni tog’ri yo’lga boshlamoqchi bo’lgan ma’rifatparvar shaxslarning ko’pchilik qismi dunyodan ko’z yumgan. Natijada biz bir guruh buyuk yozuvchilarimizni yo’qotdik. Ammo shunga qaramay ularning asarlari hamon qalbimizda. Xulosam shuki, har birimiz shoitlarimiz ijodini qadrlash ularning marifaat yo’llarini davom ettirishimiz lozim.
Oq dengiz yaxshi qol,yaxshi qol shimol
Ko’nglimda ishqingni olib qaytaman
Sochimni o’ynaydi muzdek sho’x shimol
Men unga dardimni qanday aytaman
Umr daryosida to’lqinlarga qarama qarshi suza olgan , har qanday sharoitda ham ijod qilishdan to’xtamagan haqiqiy bugungi kun kitobxonlari uchun namuna bo’ladigan shoir U.Nosirov 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrining Chuqur ko’cha dahasida kambag’al kosib oilasida dunyoga kelgan. Adabiyot ga u yoshligidan mehr qo’yganligi sababli uning Nosirxoji ismli otasi maxsus internat maktabiga beradi. U G’. G’ulom, Oybek hamda H.Olimjonlar bilan bir qozonda qaynab ijod qilgan shoir hisoblanadi. Turli janrlarda ijod qiladi. Jahon adabiyoti namunalarini o’zbek tiliga mahurat bilan tarjima qiladi.
Usmon Stalinni haqoratladi deya ayblanib qamoqqa olinadi. Ammo Usmon Nosir Stalin haqida iliq munosabatda bo’lgani , hattoki qamoqda qiynalib kun kechirgan vaqtida ham u Stalinga bag’ishlab mehrli she’rlar yozgani ma’lum bo’ladi. Va malum vaqtdan keyin u ozod bo’ladi.
Ammo Usmon Nosir ikkinchi bor yana qamaladi. Bu safar u advokat sababli u qayta ozod bo’la olmagan. Buning uchun juda afsuslangan. Chunki u o’zi bilmagan holatida bir hujjatga qo’l qo’ygan. Lekin u sud jarayonida o’zini oqlashga urinsada hech qanday dalillarsiz uni moddalar asosida qamoqqa olishadi. Ma’lum vaqtdan keyin usmonni boshqa qamoqqa kochiradilar . Usmon Nosirni oxirgi iltimosini bajara olmadim deydi Rauf aka. U yashab yurgan matrasini onasiga berishimni iltimos qilgandi lekin, o’zim ham qamoqdaligim tufayli bu iltimosni bajara olmadim. Uning barcha narsalari yoqib yuborildi deydi u.
U qamoqda kutubxonachi bo’lib ishlaydi . Ammo og’ir sil kasalligi tufayli 32 yoshida vafot etadi. Ikki rus shoiri “biz istedodli yigitni bekordan bekor nobud qilganga o’xshaymiz” deyishganligini aytib o’tishgan
Yüklə 15,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə