Men sevgan asar



Yüklə 15,22 Kb.
tarix28.03.2022
ölçüsü15,22 Kb.
#84783
Men sevgan asar


Xorazm viloyati Xonqa tumani

33-son umumiy o’rta ta’lim maktabining

7-sinf o’quvchisi Baxtiyorova Kamolaning

“Men sevgan asar”

mavzusida yozgan inshosi

MEN SEVGAN ASAR

REJA:


  1. Mening sevimli asarimning muallifi O’tkir Hoshimov haqida bir og’iz so’z.

  2. “Ikki eshik orasida” romani o’zbek xalqining matonatini o’zida jamlagan bitik.

  3. Roman qahramonlarining o’ziga xos fazilatlari.

  4. Xulosa.

Avvalambor, sevimli asarimning dunyoga kelishiga sababchi bo’lgan inson haqida bir og’iz aytib o’tsam. Bu asar, ya’ni “Iki eshik orasi’’da asari. Bu asarni 1986-yilda O’tkir Hoshimov tomonidan yaratilgan. Ijodkor 1941-yilda 5-avgust kuni Toshkentning Do’mbrobod degan joyida tug’ilgan. O’quvchilik chog’laridayoq ijod bilan shug’ullangan. Adib –o’ndan ortiq roman va qissa, ko’plab ta’sirchan hikoyalar,bir necha sahna asarlari muallifi.U dastlabki yirik asari bilan ulkan adibimiz Abdulla Qahhorning nazariga tushgan. Biz maktabda bu ijodkorning “Bolaning ko’ngli podsho” hikoyasini va “Urushning so’ngi qurboni”hikoyalarini o’rganganmiz. Shu jarayonda ijodkorning asarlariga mehr qo’yganman. Keyinchalik uning ko’plab asarlarini o’qib chiqdim, jumladan, uning “Ikki eshik orasi” da romanini ham. Bu asar mamlakatimizda ham, chet ellarda ham sevib o’qilishiga ishonchim komil.

Bu asar o’tgan davr mobaynida bir necha bor nashr etilgan. Roman nisbatan qisqa fursatda olti marta uch yuz mingdan ortiq nusxada nashr qilingan. Ushbu roman Toshkent yaqinidagi qishloqlarning birining chorak asrlik hayoti haqida hikoya qilinishi asnosida butun o’zbek xalqining urush yillaridagi matonati va jasorati tasvirlanadi. Undagi voqealar urush arafalarida boshlanadi, urush yillarida va urushdan keyingi davrda davom etadi, 1966-yildagi Toshkent zilzilasi bilan tugaydi.

Bu asar bir qator o’ziga xosliklarga ham ega. Muallif, birinchi navbatda, urushni qoralaydi, uning insoniyat boshiga og’ir kulfatlar olib kelishi mohiyatini ochadi, uning jarohatlari odamlarga ozor yetkazishini ko’rsatadi. Shu bilan birga muallif oddiy odamlarning,ayniqsa, urush yillarida yorqin bo’lgan fazilalatlarini, vatanparvarligi, bardoshi, matonatini ko’rsatadi.

“Ikki eshik orasi’’ da asaridagi qahramonlar ham bir birini to’ldirib asarga o’zgacha ko’rk bag’ishlagan. Asardagi Orif oqsoqol, Xusan Duma, Komil tabib kabi qahramonlar o’zining yorqin fe’l-atvori, ajabtovur qiliqlari va fazilatlari bilan barchamizga o’rnak bo’la oladi. Muallif, ayniqsa, Orif oqsoqol obrazini yoritib bergan. U ayni chog’da, haqiqatni yuzga aytishdan cho’chimaydigan shartaki, jasoratli odam. U odamlarni baholashda o’z me’yoriga ega- odamning belida belbog’i bo’lishi kerak degan aqidaga amal qiladigan mard insonlardan biridir. Belbog’ uning uchun huddi ota-bobolarimizdek mardlik, tantilik,odamlik belgisi.

Romanda Kimsan Xusanov obrazi ham ajoyib. U ham mard,tanti,oriyatli yigit. Ammo u urushda halok bo’ladi. Ammo o’limi oldidan ham jasorat ko’rsatib bir necha fashistlarning kapitanini o’zi bilan birga suv tubiga g’arq qilib olib ketadi.

Asardagi ayol obrazlar ham bir-birini to’ldirib o’zbek ayolining matonatini yaqqol ochib bergan. Qora amma esa juda mehribon, farzandlari uchun jonini ham berishga tayyor ona obrazini yoritadi. Robiya esa soflikni, halollikni, ma’naviy barkamollikni juda yaxshi ochib bergan.

Romanning asosiy qahramonlaridan biri bo’lmish Muzaffar Shomurodov va Munavvar Aliyevalar o’sha mashum urushning qaysidir ma’noda qurbonlari bo’lishdi. Urushdan keyin tug’ilgan bu ikki yosh bir-birini samimiy sevadi.Ammo ular keyinroq ko’kaldosh bo’lib chiqishadi.

Romandagi yana bir asosiy qahramonlardan biri-Shomurodning xotini Ra’no edi. Xalqimizda kurmaksiz guruch bo’lmas deganlaridek Ra’no ham o’zining eriga xiyonat qiladi.Ya’ni u subutsiz,o’ylamay ish qiladigan, o’z baxtini avaylamaydigan ayol bo’ladi.



Shuni xulosa qilish mumkinki,bu asar hayotiyligi bilan,tabiiyligi bilan ajralib turadi.Bu roman xalq hayotining muhim jihatlarini ochib berishi, odamlarimizning go’zal va barkamol ma’naviy qiyofalarini ko’rsatishi bilan katta badiiy qimmat kasb etadi.
Yüklə 15,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə