Menejerning rahbarlik uslubi va boshqaruvdagi o‘rni



Yüklə 56,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü56,35 Kb.
#163410
1   2   3   4   5   6
2-amali bizz

Rahbarning ish uslubi
- bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal
qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning
bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z
vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos
ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini
belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi
bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi
rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro
munosabatlarida tarkib topadi.



1.Avtokratik rahbar

2. Liberal rahbar

3. Demokratik rahbar


1.AVTOKRATIK RAHBAR

Bunday turdagi rahbar:

Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;

O’zini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a'zolarni bevosita muloqotda bo’lishini chegaralab qo’yadi;

O’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;

O’ziga bo’ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi;

Muttasil buyruq berishga hammani o’z istaklariga so’zsiz bo’ysundirishga intiladi;

Ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’ysinuvchilari bilan muomalada bo’lganda uning rahbarlik g’ururi balandligi, 
o’zini katta tutishi sezilib turadi;

O’ziga bo’ysinuvchilari oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo’ladi.

Xullas avtokratik rahbar, o’ziga bino qo’ygan, dimog’dor, o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, 
hukmini o’tkazishga intiladigan kishilarda etishib chiqadi. 

Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi
o’ta salbiy holatlar avj uradi.

Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo’lmaydi. Ba'zi bir hollarda bo’ysinuvchilarning
madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.



Yüklə 56,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə