|
Metaforaning mohiyati va turlariOriental Renaissance: Innovativemetaforaning-mohiyati-va-turlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
439
Qayta qurish. Bu jumboq (odamni supurgiga tenglashtirish) ni yechish jumlani
ko’proq tushunarli shaklga solib qayta qurishni talab qiladi. Valixon so’fi xuddi
muloyim supurgi kabi tabiatan egilib-bukuluvchan, harom-xarishdan hazar
qilmaydigan kishi.
Tahlil qilish. Bu bosqichda ko’chim ostida nima turganligi jihatidan o’rganiladi.
Masalan, Valixon so’fida quyidagi motivlar ajratiladi: 1-shaxs, 2-moslashuvchanlik,
3-yumshoq so’z, 4-laganbardor, 5-harom-xarishdan hazar qilmaydi.
Supurgi-narsa, yumshoq, harom-xarishni tozalaydi.
Valixon so’figa xos 3- va 5-semalar ―supurgi‖ so’ziga xos 2-3-semalar bilan
mutanosib o’xshash. Demak, bu yerda tinglovchi (o’quvchi) metaforani uchratgan.
Bu uchala bosqichni hozirgi (balki boshqacharoq) holatda tiklash ochuvchi-
tilshunos-tadqiqotchiga xos. Tushunuvchi ongida bu bosqichlar stixiyali ravishda
kechadi.
Metafora nihoyatda murakkab hodisa bo’lib, uning tasnifi bir necha xil belgiga
ko’ra, bir necha xil bosqichda olib boriladi.
Metafora unsurlarining o’zaro munosabatiga ko’ra turlari. Bizga ma’lumki,
metafora uch unsur – tema, ifoda vositasi va qiyos uchun asosdan tuziladi.
Masalan, ...Qishloqning bo’risi ham yuzboshi, tulkisi ham yuzboshi (A.Qahhor)
gapida quyidagi metaforalar amal qiladi: ―yuzboshi - bo’ri‖, ―yuzboshi - tulki
metaforasida bo’ri va tulki so’zlarida, ―Bo’ri so’zi shavqatsiz, ochko’z, yulg’ich
ma’nolarini ifodalaydi, ―tulki – ifoda vositasi, ayyor, yulg’ich – tema. Shu o’rinda
ta’kidlab o’tish lozimki, metaforada nom ko’chish odatda miqdoran tenglik asosiga
qurilavermaydi. Faqat mazmuniy tenglik zaruriy hisoblanadi. Shuningdek, bu tenglik
ham nisbiy aniqlanadi. Ya’ni metaforik qo’llangan bir so’z aynan bitta so’zning
o’rnida kelgan deb bo’lmaydi. Yuqoridagi misolda qiyoslang: bo’ri – shavqatsiz,
ochko’z...
Demak, bu yerda miqdoriy emas, mazmuniy tenglik nazarda tutiladi va bu
tenglik ham nisbiydir. Chunki ―bo’ri‖ so’zida qiyoslash uchun asos bo’lgan semalar
bilan mutanosib motivlar nutqiy sharoit talabiga ko’ra turlicha bo’la oladi: xarakter
jihati, tabiiy jihatlar, tashqi ko’rinish va hokazo. Metaforaga xos bo’lgan ana shu
xususiyat haqida fikr yuritib, Dj. Miller metafora yaratuvchi ―...aniq so’zlarni
nazarda tutgan ham, tutmagan ham bo’lishi mumkin, ular ishlatilmagani tufayli biz
buni hech qachon aniqlay olmaymiz... deydi. Metafora unsurlarining bu xil
munosabati yanada chuqurlashtirilishi mumkin. Ya’ni temagina emas, ifoda vositasi
ham konkret so’zlar bilan ifodalanmaydi: …―chiqdi - chiqdi‖ degan gap o’rmaladi
(A.Qahhor).
|
|
|