Jorj oruellning "molxona" asari haqida



Yüklə 459,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.05.2023
ölçüsü459,26 Kb.
#111836
  1   2
ZDIT15017




84 
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
JORJ ORUELLNING “MOLXONA” ASARI HAQIDA 
Rahmonova Nasiba Bahrom qizi

Nuriddinova Zuhra Faxriddin qizi

 
1-2
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti 

https://doi.org/10.5281/zenodo.6538959 



 

Annotatsiya: 
Ingliz yozuvchisi Jorj Oruellning “Hayvonlar xo’jaligi haqida 
g’aroyib qissa” asari deb ham ataluvchi “Molxona” deb ataluvchi asarida maniqiy 
obrazlar orqali “Manel ferma”sida ro’y bergan voqealar tasvirlanadi. Sobiq Sovet 
Ittifoqi mustabid tuzumining g’aroyib “o’yinlari” asar mazmuniga singdirib 
yuborilgan. Hayvonlar mustaqillik, erk, ozodlik, baxt, farovon hayot uchun 
kurashadilar. Lekin ularning maqsadlari sarobga aylanaveradi. Ushbu maqolada 
o’sha asarning tahlili va bu asarning inson hayotidagi o’rni va ahamiyatini 
yoritib berishga harakat qilingan.
Kalit so’zlar: 
Jorj Oruell, “Hayvonlar xo’jaligi haqida g’aroyib qissa”, 
“Molxona”, “Manel ferma”, mustabid tuzum, Mayor, inqilob, tenglik, adolat, 
mustaqillik, ozodlik, “Hayvonlar saltanati”, Napaleon, diktatura, alligorik 
“Zarbulmasal”, shavqatsiz reallik, “Adabiyot va totalitarizm”, Artur kesler, “Yangi 
Jonatan Svift”, 1945. 
Egasi aro xor bo’lib qolgan fermadagi hayvonlar tenglik, adolat talab qilib 
qo’zg’olon ko’tarishadi. Inqilobning bosh ilhomchisi Mayor laqabli isqirt 
cho’chqa. Mayorning shogirdlari va izdoshlari bo’lgan cho’chqalar boshchiligida 
fermada inqilob sodir etiladi. Inqilobchilarning shiorlari juda ohangraboli va 
maftunkor edi. Savodsiz hayvonlar dastlabki harflarni tenglik, birodarlik, adolat 
so’zini yozish bilan o’rganishadi va bu shiorlar ularning hayoti mazmuniga 
aylanadi. Omi va sodda hayvonlar haqiqatdan ham tenglik kelganiga, endi 
hayvonlarga hech kim xo’jayinchilik qilolmasligiga olamshumul ozodlikka 
erishganligiga ishonardilar. Hayvonlar o’z davlat tizimni, bayrog’ini, gerbi va 
kitoblarini yaratishadi. Hayvonlar fermaga qayta xo’jayinlik qilishni istab, 
hujumga o’tgan odamlar ustidan qozonilgan mutlaq g’alabadan so’ng, butkul 
ozodlikka erishadilar. Dohiy va yo’lboshchilari Mayorning haykali ochiladi. Bu 
ulug’ ishda ularga qo’ng’ir cho’chqa Napaleon boshchilik qiladi. Napaleon tezda 
atrofiga maxsus xizmat jazolash guruhini to’playdi. Ammo sal o’tgach molxona 
yoki o’zlarining tili bilan aytganda, “Hayvonlar saltanati”ni ochlik, kasallik, o’lim 
huruji qamrab oladi. Eng fojiyalisi-qo’rquv daxshati edi. Napaleon va uning jazo 
otreyadi bu saltanat fuqarolarini ruhan siniradi, ma’nan yo’q qiladi. Rasman 
ozod, ma’nan qullik davri boshlanadi. O’zboshimchalik, diktatura hayotni izdan 



85 

Yüklə 459,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə