Metallga ishlov beradigan asbob-uskunalarning tuzilishi va vazifasi



Yüklə 99,69 Kb.
səhifə8/13
tarix27.12.2023
ölçüsü99,69 Kb.
#162240
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Metallga ishlov beradigan asbob-uskunalarning tuzilishi va vazif-fayllar.org

Asl metall qotishmalari.
Asl metallruda konlariga oltin, platina va kumush konlari kiradi. Asl metall ruda konining eng katta zapasi kamdan-kam hollardagina o’n minglab t ga etadi va, odatda, o’nlarcha-yuzlarcha t bo’ladi, (masalan, 1 t rudada juda kam hollardagina 10 gdan ortiq oltin (0,001 %) bo’ladi). Oltin rudalari oltinli kvars va boshqa tar­kibli gidrotermal tomirlar va shtokverklarda uchraydi (masalan— Shnmoli-Sharq, G’arbiy va Sharqiy Sibir, Ural, Qozog’iston, O’rta Osiyo, Kavkaz va boshqalarda).Uran (radiy) va toriy konlari radio­aktiv metall rudakonini tashkil etadi. Uran rudalari konlari ichida gidrotermal va cho’kindi konlar muhim rol o’ynaydi. Toriy ru­dalari granitoidlar va ishqorli jinslar bilan uzviy bog’liq; metallning asosiy qismi aksessor minerallar (monasit, sirkon, kseno-tim, ortit) tarkibida. Toriyning bir qismi pegmatitlarda, qolgan qismi esa, Sn, Pb, Zn, Ag, Co, Ni, U va boshqa rudalari bilan to’planadi.
Oltin yugurtirish(zolochenie)— buyumlar sirtiga yupqa (mkm ning ulushlaridan bir necha mkm gacha) oltin qoplash; bunda buyum bezaladi, himoyalanadi yoki himoyalanib, ham bezaladi.
Kumushlash(serebrenie)— buyumlarni korroziyadan saqlash, yaltiroq qilish va bezash maqsadida ular sirtiga galvanik usulda kumush qatlami qoplash.
Palladiylash(palladirovanie)— metall buyumlarni korroziyadan saqlash yoki ular sirtlari nurni yaxshi qaytara oladigan qilish uchun ularni galvanik usulda pal­ladiy bilan qoplash.
Platinalash(platinirovanie) — 1) metall buyumlarning korroziya bardoshligini, nur qaytarish xossalarini, eyilishga chidamliligini oshirish, shuningdek kontakt elektr o’tkazuvchanligining doimiyligini saqlash uchun ularning sirtiga elektrokimyoviy usulda yupqa (1—5 mkm) platina qatlamini qoplash. Platinalash mahsus laboratoriya va kimyo apparaturasi, elektrotexnika priborlarining detallari (mis va uning qotishmalaridan ishlangan kontakt-lar),elektron razryad trubkalari uchun molibdenli simlar tayyorlashda, zargarlik, soatsozlik sanoatida qo’llaniladi. 2) Katalizatorlar ishlab chiqarishda moddalar (asbest, glinozem) ning sirtiga kimyoviy usulda yupqa platina qatlami qoplash.
Platinali qotishmalar(platinovie splavi) — platina (asos) ning boshqa asl metallar, ko’­pincha rodiy (40% gacha), palladiy (50%gacha), iridiy, shuningdek ni­kel, kobalt, xrom, volfram va mo­libdenli qotishmalari. Ko’pchilik emiruvchi muhitlarda korroziyabardoshlik, mexanik xossalarining yuqoriligi, ko’p hollarda esa katali­zator kabi ta’siri bilan harakterlanadi. Qarshilik pechlarining qizdirgichlari, elektr kontaktlar, termoparalar uchun, kimyo va boshqa sanoat sohalarida olovbardosh va korroziya-bardosh materiallar sifatida ishla­tiladi.

Yüklə 99,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə