Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment ”


Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik jarayonni tashkil etishni boshqarish



Yüklə 62,61 Kb.
səhifə10/11
tarix29.11.2023
ölçüsü62,61 Kb.
#139024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mudiraning tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishi

2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik jarayonni tashkil etishni boshqarish.
Maktabgacha ta'lim muassasasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari va ma'muriyatini, ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo'yuvchi zarur choralar ko'radi. Shuningdek, jamoaga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Mudira ishonch qog'ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korkabinetlari, muassasalar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; lozimnomalar tuzadi, ishonch qog'ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi; maktabgacha ta’lim muassasasi uchun zarur bo'lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasasi huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta tibbiy yordam hamshirasi, xo'jalik mudirining o'z huquqlari doirasida bergan ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma'muriy guruh (mudir, tarbiyachi- metodist, xo'jalik mudiri, katta tibbiy yordam hamshirasi), pedagogika, tibbiy yordam, xizmat ko'rsatish tarmoqlari
xodimlari.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig'ilishidir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining umumiy yig'ilishi:
- maktabgacha ta'lim muassasasining Ustavini ko'rib chiqadi va qabul qiladi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi kengashini tuzish zarurini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
- yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko'rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yo'llarini belgilaydi;
Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uy ushmasi qo'mitasiga taqdim etadi.
Mudira ishini rejalashtirish.
Mudira ishida qiyosiy tekshiruv ham muhim o'rin egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati tarbiyachining pedagogik jarayonini boshqa pedagogning ish tajribasi bilan solishtirish, tahlil qilish va baholashdir. Parellel guruhlar tarbiyachilar ishlarini solishtirish mumkin.
Qiyosiy tekshiruvni dasturning ayrim bo'limlarini bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar bolalardagi bilim, ko'nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Solishtirma natijalari pedagoglar kengashida muhokoma materiali bo'lishi mumkin.
Qiyosiy tekshiruv - guruhlarga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish, rejalarni, bolalar ishlarini va boshqa hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o'tkazilish mumkin.
Mudira - kundalik pedagogik jarayonlarni, ish, o'qishlarni va boshqalarni, bilimlar sifatini, bolalarning faoliyatlarini tarbiyachilar bilan birga tahlil qiladi, birgalikda ishning samaraliroq shakllarini izlaydi.
Qiyosiy tekshirish - eng yaxshi ish tajribaning tarqalishiga, ta'lim-tarbiyaviy jarayonining va barcha guruh tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga yordam beradi.
Nazoratning istalgan turi-agarda unga mudira jiddiy, puxta tayyorgarlik ko'rgan holdagina samarali bo'lishi mumkin.
Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim.
Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilma- xil faoliyatlari uchun sharoitlarni yaratilishini kuzatish; katta guruhda bolalarning o'yin va mehnatdagi o'zaro munosabatlarini kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi).
O'rta guruhda nutq o'stirishga doir dasturning o'zlashtirilishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy ko'nikmalar darajasini tekshiradi. Maqsadni belgilab, mudira tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi bilan "Ilk qadam” dasturi talablarini solishtirib topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o'rganadi, oldindan tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek, metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiallari bilan va nihoyat tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo'lgan savollarni mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq rejasini ishlab chiqadi.
Guruhlarga kirish mo'ljallanganligi haqida mudira pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo'lsa, oldindan ogohlantiriladi. Guruhga ko'proq ogohlantirishsiz kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma'lum mas'uliyatni shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo'yicha dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlan­tiriladi. Bunday ogohlantirish pedagoglarni o'z ishlaridagi kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning rivojlanishi va dasturni o'zlashtirishini xolisona baholashga safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, bir lahzaga kirish tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish
■ huquqini bermaydi.
Agar mudira bir faoliyat turishi yoki kun tartibi jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan bo'lsa, u holda faoliyatningbu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak bo'ladi.
Har qanday tekshiruv agarda mudira qabul qilgan ko'rsatma, tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni intizomga odatlantiradi.
Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va takliflarning ijrosini tekshirishgina emas, balki guruhda ma’lum vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir,
Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning faoliyatlardagi tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini belgilab, mudira yarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni yangi faoliyatlar bilan solishtirib yana tekshiradi.
Mudira tomonidan ta'lim-tarbiya ishlarini kuzatish, nazorat qilish usul va uslublari "Ilk qadam" Dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasining quyidagi vazifalari belgilandi:
a) mehnat faoliyati zaminlarini tarbiyalash;
b) mehnat malakalarini shakllantirish
v) bolalar mehnat faoliyati mazmunini asta-sekin kengay tira borib, ularni takomillashtirish;
g) shaxsning muhim sifatlari: mehnatga intilish odatini, mas'uliyat, g'amxo'rlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, mehnatda qatnashishga tayyorgarlik, qat'iylikni zarurat tug'ilganda mehnatga qo'shila bilshni tarbiyalash;
d) topshiriqni bajarishning boshlanishi va pirovard natija o'rtasida bog'liqlikni aniqlashni o'rgatish, mehnatning ahamiyatni tushuntirish, mehnat natijalariga tejamkorlik bilan yondashishni tarbiyalash;
e) topshiriqlarga mas'uliyatli munosabat, ishni oxirigacha yetkazish ko'nikmasi ishtiyoqi, uni sifatli bajarishga intilish asosiarini shakllantirish;
j) mehnat madaniyatini tarkib toptirish; o'zining ishini va umumishni rejalashtirish va uyushtirishning elementar malakalarini, uning izchilligini taqsimlash, ish uchun kerakli hamma narsani hozirlash, jihozlardan to'g'ri foydalanish, mehnat jarayoni tugagach, hamma narsani joy-joyida olib borib, qiyin malakalarni tayyorlash.
z)' o'z harakatlarini o'rtoqlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirish, yordam zarurligini ko'ra bilish, yordamni o'z tashabbusi bilan ko'rsatishni o'rgatish.
Bolalarning mehnat faoliyatlari turli yosh guruhlarda tegishli shakllar yordamida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri faoliyati:
- Maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko'rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
- ishonchnomalar beradi;
- bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi, rag'batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko'radi va ular bilan tuzilgan mehnat lozimnomalarini to'xtatadi;
- o'z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
- maktabgacha ta’lim muassasasining ishini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'limni boshqarish yuqori organiga
kiritadi;
- bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o'quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo'jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o'z-o'zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir bo'lgan turg'un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va xizmat ko'rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi, o'z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishga g'amxo'rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'muriyat ruhiypedagogik o'quvchining huquqiy va iqtisodiy o'quv bilan
organik uyg'unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini bevosita maktabgacha ta'lim muassasasida oshirish uchun lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash
fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi. Ma'muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadan
o'tkazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta'minlaydi, ularga o'z vaqtida zarur metodik yordam ko'rsatadi.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan bog’liq tashkiliy va amaliy ishlar har tomonlama, davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi hech birimizga sir emas. Maktabgacha ta’lim tizimini tashkil etish va boshqarishga oid tizimni ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilganligi ham so’zimiz isbotidir. Maktabgacha ta’limni tashkil etish uchun avvalombor uni har tomonlama bolalar uchun mosligi har tomonlama tekshiriladi va ruxsatnoma beriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkilot hajmidan kelib chiqqan holatda bevosita mudira va bilvosita metodist tomonidan boshqariladi. Uning barcha haq huquqlari undagi yangi tashkiliy qo’mita mudira tomonidan tashkil etiladi. Metodist maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik faoliyat bilan shug’illanadi.
Barcha pedagog xodimlarning pedagogik faoliyatini nazoratga oladi. O'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida har bir faoliyatga bevosita va bilvosita maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori boshqarishini kurs ishida o’rganib chiqdik. Shunday qilib har qanday tarbiyaviy faoliyatni maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat hamda tuman maktabgacha ta’lim bo’limi va boshqarmalaridan kelgan tarbiyani tashkil etishga oid tavsiyalar bilan tashkil etishini xulosa qildik.

Yüklə 62,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə