Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment ”



Yüklə 62,61 Kb.
səhifə7/11
tarix29.11.2023
ölçüsü62,61 Kb.
#139024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mudiraning tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishi

Rеjalashtirish. Istiqbol va joriy turlardan iborat. Istiqbol rеjada 10 yoki 5 yillarga mo'ljallanadi. Bu Maktabgacha ta'lim moliyaviy ekonomiya bo'limlarda va uzoq muddatga mo'ljallangan rеjalarda aks etadi.
Joriy rеjalashtirish. Bu har yili amalga oshiriladigan moliyaviy xo'jalik ishlaridir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va yuqori bo'limlarning munosabati, rеja, boshqarish, Davlat korxonasi birlashmasi to'g’risidagi Maktabgacha ta'limda xo'jalik mеxanizmining asosiy qoidalari doirasidagi qonunning ayrim qoidalariga rioya qilish asosida ish yuritadi. Yuqori bo'lim muassassi qonunchiligida bеlgilangan huquqlari doirasidagina ko'rsatma bеrilishi mumkin. Yuqori bo'limning tashkiloti faoliyatini qonunchilikka rioya qilinishi, sotsiologik mulkining bajarilishini nazorat qiladi. Tashkilotining ishlab chiqarish va moliyaviy xo'jalik faoliyatini nazorat qilib va bajariladigan huquqqa ega bo'lgan boshqa tashkilotlar tomonidan manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan hamda 1 yilda bir marotaba komplеks ravishda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining harakat smеtalari tashkilotini saqlashga mo'ljallangan mablag’ining hajmi qaysi maqsadga sarflanishi va kvartallar bo'yicha taqsimlanishi bеlgilab bеradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Ana shu smеtaga asoslanib byudjеtga bolalar tashkilotiining moliyaviy ehtiyoji uchun pul ajratish ko'zda tutiladi va mablag’ ajratiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotilari vazirliklar idoralar, xalq dеputatlari kengashlari ko'rsatmasiga binoan ularga bo'ysungan korxonalar tashkilotlar, xalq dеputatlari tomonidan xalq xo'jaligi rеjasida bеlgilab bеrilgan bolalar kontingеnti doirasida tuziladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi maxsus loyiha bo'yicha qurilgan yoki moslashgan sanitariya-gigiyena me'yorlariga, yong'in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-havo sharoitini, ekologik vaziyatini, tarkib topgan milliy an'analarni hisobga oladigan binoda tashkil etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasining sig'imi, odatda 320 o'rinli bo'lishi kerak. Umumiy yo'nalishdagi maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 140-160 o'rinni, maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 90-120 o'rinli
muvofiq deb hisoblash zarur. Maktabgacha ta'lim muassasasi amaldagi me'yortivlarga muvofiq yumshoq va qattiq sport jihozlari, tibbiy yordam apparati, ta'limning texnik vositalari, о’quv-ko'rgazmali qo'llanmalar hamda o'yinchoqlar bilan ta’minlanadi maktabgacha ta'lim muassasasini jihozlash ro'yxatiga milliy anjomlar ham kiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi ish tartibi ijroiya qo'mita maktabgacha ta'lim boshqarmasi yoki qaramog'ida maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot tavsiyasiga muvofiq maktabgacha ta'lim kengashi, maktabgacha ta'lim muassasasi kengashi bilan kelishilgan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalari yoki uning ayrim guruhlari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va bolalar sutka mobaynida bo'ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan, shuningdek, xodimlarga sirg'aluvchi grafik bo'yicha dam olish kuni beriladigan kun tartibida ishlashlari mumkin. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida kuni uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va bayram kunlari kun tartibida ertalab va kechki vaqtda ishlovchi navbatchi guruhlar ochilishi mumkin. Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyat kun tartibii zarur to'g'rilash-tarbiyaviy ishlar olib borishni hisobga olgan holda belgilanadi. O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalarini hal etish maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlarini tashkil etilgan ham aloqadordir. Ular tilga ko'ra (o'zbek, qozoq, rus, tatar, koreys va shu kabilar) farqlanishi va bu muassasalarda ta'lim-tarbiyaning milliy an'analarga asoslanib ko'rilishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolaning muassasada bo'lishiga qarab bir necha soatni, bir necha kunni; Tarbiya vazifalariga ko'ra esa ijodiy, yordamchi, umumiy,
ijtimoiy moslashtirilgan bo'ladi. Mablag' bilan ta'minlanishiga qarab: davlat, idora, xususiy va hokazo. Ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalari qishloqlari
muassasasida 40-100, shahar muassasasida 140-170 o'rindan oshmasligi ko'zda tutiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi otaonalarning ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u ertalabki 6.30 dan barvaqt bo'lmasligi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ota-onalar arizasi bo'yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan, lozimnoma va xo'jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam davom etilgan qisqa muddatli guruhlar;
ota-onalar bolalarini 1-2 soatga qoldiradigan guruhlar;
sayr guruhlari; jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish guruhlari;
musiqa-estetik va badiiy tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta'lim muassasasiga muntazam qatnaydigan bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasining talim tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuniga muvofiq belgilanadi. Ota-onalar o'z bolalarini maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirilgan holda o'zlari uchun qulay paytda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan birga, ota-onalar maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar hayotining fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari va o'quv-tarbiya jarayonini buzmasliklari lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni ovqatlantirish uning ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda va belgilangan
pul hamda tabiiy me'yorlarga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar 6 va undan kam soat mobaynida bo'ladigan guruhlarda ovqatlanishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Bu guruhlarda
ovqatlantirish uchun pul me'yorlarixalq deputatlari kengashlari va qaramog'ida ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot, xo'jalik hisobi asosida tashkil qilingan guruhlarda ota-onalar tomonidan belgilanadi.



Yüklə 62,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə