Metodikasi reja: I. Kirish



Yüklə 163,75 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü163,75 Kb.
#180431
  1   2   3   4   5   6   7   8
1 reja


MAVZU: MINGLIK VA KO’P XONALI SONLAR KONTSENTRIDA NOMERLASHGA O’RGATISH METODIKASI
REJA:
I.KIRISH:
I.BOB: MINGLIK VA KO’P XONALI SONLAR KONTSENTRIDA NOMERLASHGA O’RGATISH METODIKASI
1.1. “O’nlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o’rganish metodikasi.
1.2. “Yuzlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o’rganish metodikasi.
1.3.. “Minglik” va “Ko’p xonali sonlar” mavzusida sonlarni nomerlashni o’rganish metodikasi.
II.BOB: MINGLIK KONSENTRIDA ARIFMETIK AMALLARNI
O‘RGATISH METODIKASI
2.1.MINGLIK KONSENTRIDA ARIFMETIK AMALLARNI O`RGATISH METODIKASI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT.
2.1.Qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari.
2.2.Qo‘shish va ayirishning yozma usullari.
2.3.1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lish.
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang’ich matematika kursi asosini tashkil qiladi. Butun nomanfiy sonlar ustida ishlash boshlang’ich maktabda 4 yil o’qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural sonlar va nolь haqidagi ma’lumotlarni o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar konsentrlari bo’yicha kiritishni nazarda tutadi. Har bir konsentr o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o’rganadilar, umuman arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. O’nliklarni ajratish o’nlik sanoq sistemasining xususiyatlari bilan sonlarni og’zaki va yozma nomerlash bilan bog’liq bo’lgan asosiy masalalarni o’rganishga imkon beradi. Birinchi o’nlikni o’rganishda predmetlarni sanash, 1–10 gacha bo’lgan sonlarning nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to’plamlari ustida operasiyalar bajarish asosida, so’ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda egallagan o’rni bo’yicha sonlarning tarkiblarini) o’zlashtirib olish nazarda tutiladi. O’qitishning boshidanoq bolalardaba’zi muhim umumlatirishlar shakllanadi. Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo’lishi aniqlanadi, qatorning ihtiyoriy soni bilan undan oldin keladigan va keyin keladigan hamma sonlar orasidagi munosabatlar o’rnatiladi va shu bilan birga bo’sh to’plamning harakteristikasi sifatida 0 soni ham tanishtiriladi. Birinchi sinf darsligida oldin 11–20 ichida, so’ngra 21–100 sonlarni nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni o’rganishda ikkinchi o’nlikni ajratish sonlarning o’nli tarkibini varaqamlarning o’rin qiymati prinsipini yaxshi o’zlashtirish imkonini beradi. Ikkinchi o’nlik sonlarini nomerlashni o’rganish tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. SHundan keyin 11–20 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o’nli tarkibi, 21–100 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o’nli tarkibi o’rganiladi. Sonlarni 1000 ichida nomerlash bilan o’quvchilarni tanishtirish yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bunda bolalarga yangi sanoq birliklari o’nta birlik o’nlikni, o’nta o’nlik yuzlikni, o’nta yuzlik minglikni, yangi sinf tushunchasini kiritish o’rgatiladi. III sinfda uch xonali sonlarni yozish va o’qishga doir bu sonlar sonlarning yuzliklardan, o’nliklardan va birlikdan hosil bo’lishiga doir uch xonali sonni o’nga qo’shiluvchilarning yig’indisi shaklida tasvirlashga doir mashqlar beriladi. IV sinfda sinf tushunchasini kiritilib, ikki va yuz sinflar sonlarini og’zaki va yozma nomerlash prinsiplarini o’zlashtirishga oid mashqlar beriladi.
I bosqich: Bir xonali songa ko’paytirish va bo’lish. Bu bosqichga katta e’tibor beriladi, chunki bunda olingan ko’nikma va malakalar ikki xonali va uch xonali songa ko’paytirish va bo’lishni o’zlashtirish 42 uchun asos bo’ladi. Bir xonali songa yozma ko’paytirish va bo’lishni o’rganishga tayyorlash maqsadlarida bolalarning ko’paytirish amali bir xil qo’shiluvchilarni qo’shish ekanligi haqidagi bilimlar umumlashtiriladi, ya’ni a sonini v soniga ko’paytirish, a sonini v marta qo’shiluvchi qilib olish demakdir. SHu munosabat bilan 1ni 1ga ko’paytirish, nolga va nolni ko’paytirish hollari kiritiladi va tegishli xulosalar ifodalanadi. Agar ko’paytuvchilardan bir 1 ga teng bo’lsa, u holda ko’paytma ikkinchi ko’paytuvchiga teng bo’ladi. Agar ko’paytuvchilardan biri nolga teng bo’lsa, nolga teng bo’ladi, ya’ni 1 · a = a; a · 1 = a; 0 · a = 0; v · 0 = 0. YOzma ko’paytirish usulini ochib berishga tayyorlash maqsadida yig’indini songa ko’paytirish qoidasini va ikki xonali sonni bir xonali songa ko’paytirish usulini takrorlash kerak, uch, to’rt va undan ortiq sonlar yig’indisini ham har xil usullar bilan songa ko’paytirish mumkinligini ko’rsatish kerak. ko’paytirishning taqsimot xossasini o’quvchilar ko’p xonali sonni bir xonali songa og’zaki ko’paytirishga tadbiq qila oladilar. Masalan: 234 · 3 = (200 + 30 + 4) · 3 = 200 · 3 + 30 · 3 + 4 · 3 = 600 + 90 + 12 = 702. SHundan so’ng o’quvchilarni bir xonali sonlarga yozma ko’paytirish bilan tanishtiriladi. YOzuvni ustun qilib yozilishini ko’rsatadi va shu misolning echilishini to’liq tushuntirish beriladi. Tushuntirish: 3 324 324 ni 3 ga ko’paytirish kerak. Ikkinchi ko’paytuvchini birinchi ko’paytuvchining birlari tagiga yozamiz, chiziq chizamiz. CHap tomonga ko’paytirish belgisini yozamiz. YOzma ko’paytirishni birliklardan boshlaymiz. 4 birlikni 3 birlikka ko’paytiramiz. 12 birlik hosil bo’ladi. Bu 1 o’nlik va 2 birlik, 2 birlikni birliklar tagiga chizamiz. 1 o’nlikni dilda saqlaymiz, 2 o’nlikni 3 ga ko’paytiramiz, 6 o’nlik hosil bo’ladi. 6 o’n va 1 o’n 7 o’nlikni hosil qilamiz. Uni o’nliklar tagiga yozamiz.3 yuzlikni 3 ga ko’paytiramiz, 9 yuzlik hosil qilamiz. 9 ni yuzliklar tagiga yozamiz. Ko’paytma 972. To’liq tushuntirishlardan keyin qisqa tushuntirishlarga o’tiladi. O’quvchilar bundan keyin ham hisoblashlarning og’zaki usullarini unutib yubormasliklari uchun ko’p xonali sonni bir xonali songa og’zaki va yozma ko’paytirish usullarini taqqoslashga doir misollar berish maqsadga muvofiqdir. 387 · 6, 260 · 3. O’quvchilarning o’zlari bu misollardan qaysinisi og’zaki va qaysinisini yozma echish maqsadga muvofiq ekanini aniqlaydilar. Echib bo’lganidan keyin echish usullari taqqoslanadi, ularning o’xshash va farqli tomonlari ta’kidlanadi. O’quvchilar ko’p xonali sonni bir xonali songa yozma ko’paytirishning umumiy holini o’zlashtirib olganlaridan keyin ular birinchi ko’paytuvchi bitta yoki bir nechta nollar bilan tugaydigan hollar bilan tanishtiriladi. Masalan: 150 · 4 = 15 o’n · 4 = 60 o’n = 60 800 · 7 = 8 yuz · 7 = 56 yuzlik = 5600 18000 · 3 = 18 ming · 3 = 54 minglik = 54000 27000 · 3 = 27 ming · 3 = 81 minglik = 81000 8100 3 2700 43 × - - - Bunday hollar hisoblashlarni osonlashtirish uchun ko’paytirishni ustun qilib yozish kerakligini o’qituvchi aytadi va bolalarga bir xonali sonni ko’p xonali songa ko’paytirishda 4 · 9687, 8 · 2084 ... misollarni echishda ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasidan foydalanish mumkinligi ko’rsatiladi. SHundan keyin o’quvchilar o’lchov birliklarida ifodalangan ismli sonlarni bir xonali songa ko’paytirish usuli bilan tanishtiriladi. Buning uchun son oldin bir xil ismli maydaroq birliklarda ifodalanadi, so’ngra ismsiz sonlar ustida amallar bajariladi va topilgan natija yirikroq o’lchov birliklarida ifodalanadi: 8 kg 263 gr · 6 = 49578 гр 6 8263 = 49 kg 578 gr. Ko’p xonali sonni bir xonali songa yozma bo’lishni o’rganishga tayyorgarlik maqsadlarida eng oldin o’quvchilar xotirasida bo’lish amalining ma’nosini, uning ko’paytirish bilan aloqasini tiklash kerak. Bo’lish ko’paytirish bilan bog’langan. 48 ni 4 ga bo’lish kerak, demak 4 ko’paytirganda 48 chiqadigan sonni topish kerak. Bu son 12 ga teng. Demak, 48 : 4 = 12. SHu munosabat bilan yana 1 va 0 bilan bo’lish qoidalari takrorlanadi. a : a = 1.a: 1= = a. 0 : a = 0. Ko’paytirish bilan bo’lish orasidagi bog’lanishni bilishdan keyinchalik bo’lishni ko’paytirish bilan tekshirishda ifodalanadi. Masalan: Bo’lish to’g’ri bajarilganini ko’paytirish bilan tekshiring: 95 : 19 = 5. Yozma bo’lishni o’rganish uchun nomerlashga oid malakalarni mustahkamlash kerak: har bir xona birligi sonni, har-bir xona birliklarining umumiy sonini, sonning yuqori xona birligini, sonning yuqori xonasi birligi nomi bo’yicha u belgilanadigan raqamlar sonini aniqlashni bilishi kerak. Bir xonali songa yozma bo’lish algoritmini o’zlashtirish maqsadida ko’p xonali sonni bir xonali songa og’zaki bo’lish usullari bilan tanishtiriladi. Bunda yig’indini songa bo’lish qoidasi nazariy asos bo’lib hisoblanadi. Masalan: 36963 : 3 = (30000 + 6000 + 900 + 60 + 3) : 3 = 30000 : 3 + 6000 : 3 + +900 : 3 + 60 : 3 + 3 : 3 = 12321 SHundan keyin bo’linuvchi qulay qo’shiluvchilari yig’indisi shaklida ifodalanadigan misollar echiladi. 168 : 3 = (150 + 18) : 3 150 : 3 + 18 : 3 = 50 + 6 = 56 Bir xonali songa yozma bo’lish algoritmini bunday tushuntiriladi. 3 289 0 27 27 24 26 6 867 Bo’linuvchi 867 bo’luvchi 3. Birinchi to’liqsiz bo’linuvchi 8 yuzlik. 8 yuzlikni 3 ga bo’lib, yuzliklarga ega bo’lamiz. Yuzliklar o’ngdan uchinchi o’ringa yoziladi. Demak, bo’linmaning yuqori xonasi yuzliklar xonasi bo’lib, bo’linmada uchta raqam bo’ladi. Bu raqamlar o’rnini nuqtalar bilan belgilash mumkin. bo’linmada nechta yuzlik bo’lishini bilib olamiz. 8 yuzlikni 3 ga bo’lamiz, 2 ta yuzlik chiqadi. 8 soni 3 ga qoldiqli bo’linadi. 6 esa 3 ga qoldiqsiz bo’linadi. 6 : 3 = 2. Nechta yuzlik 44 - - bo’lganini bilib olamiz. 2 yuzlikni 3 ga ko’paytiramiz, 6 yuzlik chiqadi. Nechta yuzlik bo’linmaganini bilib olamiz. 8 yuzlikni 6 yuzlikka ayiramiz, 2 yuzlik chiqadi. 2 yuzlikni 3 ga yuzlik chiqadigan qilib bo’lib bo’lmaydi. Ikkinchi to’liqsiz bo’linuvchini hosil qilamiz. 2 yuzlik bu 20 o’nlik, 20 o’nlikni 6 o’nlikka qo’shamiz, 26 o’nlik bo’ladi. Bo’linmada nechta o’nlik bo’lishini aniqlaymiz. 26 o’nlikni 3 ga bo’lamiz, 8 o’nlik chiqadi, nechta o’nlikni bo’lganimizni aniqlaymiz. 8 o’nlikni 3 ga ko’paytiramiz, 24 o’nlik chiqadi. Nechta o’nlikni bo’lganimizni aniqlaymiz. 24 ni 26 o’nlikdan ayiramiz, 2 o’nlik qoladi. Ikki o’nlikni 3 ta o’nliklar chiqadigan qilib bo’lib bo’lmaydi. Uchinchi to’liqsiz bo’linuvchini hosil qilamiz. 2 o’nlik bu 20 birlik, 20 birlikka 7 birlikni qo’shamiz, 27 birlik bo’ladi. Bo’linmada nechta birlik bo’linishini aniqlaymiz. 27 birlikni 3 ga bo’lamiz, 9 birlik chiqadi. 9 birlikni 3 ga ko’paytiramiz 27 birlik chiqadi. Hamma birliklarni bo’lamiz. Bo’linma 289. Tushuntirishda doskada yozilishning borishida qoldiqlarga, ularni maydalash zaruratiga alohida e’tibor berish kerak. Masalan: 867 ni 3 ga bo’lishda bo’linuvchini 6 yuzlik 24 o’nlik va 27 birlikning yig’indisi bilan berish mumkinligini ko’rsatish kerak. (600 + 240 + 27 = 867) Bu yozma bo’lish algaritmini yig’indini songa bo’lish bilan bog’lashga imkon beradi. 867 : 3 = (600 + 240 + 27) : = 200 + 80 + 9 = 289. SHu erning o’zida birinchi to’liqsiz bo’linuvchiga ikkita raqam kiradigan va bo’linmada bo’luvchidan bir xona kam son chiqadigan boshqa holi ham qaralishi kerak. Bo’lishning bu holi bunday tushuntiriladi. Bo’linuvchi 376 bo’luvchi 4. Birinchi to’liqsiz bo’linuvchini hosil qilamiz. Bo’linuvchining yuqori xonasi yuzliklar xonasidir. 3 yuzlikni 4 ga yuzliklar chiqadigan qilib bo’lib bo’lmaydi. 3 yuzlikni o’nliklar bilan almashtiramiz va 7 o’nlikni qo’shamiz, 37 o’nlik chiqadi. Demak, birinchi to’liqsiz bo’linuvchi 37 o’nlik. Agar 37 o’nlikni 4 bo’lsak, o’nliklar chiqadi, demak, bo’linmaning yuqori xonasi o’nliklar xonasidir. O’nliklar o’ngdan ikkinchi o’ringa yoziladi. Demak, bo’linmada ikkita raqam bo’ladi. (Ularni o’rganish nuqtalar bilan belgilash mumkin). 37 o’nlikni 4 ga bo’lamiz, 9 o’nlik chiqadi. Hammasi bo’lib qancha o’nlik bo’lganini hisoblaymiz. 4 ni 9 ga ko’paytiramiz, 36 o’nlik chiqadi. 36 o’nlikni 37 dan ayiramiz, 1 o’nlik chiqadi. Bir o’nlikda 4 o’nliklar chiqadigan qilib bo’lib bo’lmaydi. 1 o’nlik bu 10 birlik, 6 birlikni 10 birlikka qo’shamiz, 16 birlik chiqadi. Hamma birliklarni bo’lamiz 4 chiqadi. Bo’linma 94. 4 94 0 16 16 36 376 Bir xonali songa bo’lishni bajarishda natijalarni ko’paytirish bilan tekshirishni sistemali ravishda talab qilib ravishda talab qilib borish kerak. Bu bir xonali songa ko’paytirish malakasini mustahkamlaydi. Keyingi darslarda bo’lishga doir misollar qaraladi, so’ngra bo’lishning bo’linmaning o’rtasida yoki oxirida nollar paydo bo’ladigan quyidagi hollariga e’tibor beriladi. 45 - - - - - - - - - - - - - 1) Oldin yoki bu to’liqsiz bo’linuvchi noldan iborat bo’lgan hol qaraladi. Masalan: 3 503 0 9 09 15 1509 Birinchi to’liqsiz bo’linuvchini (15 yuzlik) ajratib bo’linmada uchta raqam bo’lishligi aniqlanadi. SHu bilan birga bo’linmaning birinchi raqami topiladi (5 yuzlik). Ikkinchi to’liqsiz bo’linuvchi nolta o’nlik ajratiladi. O’nlkilar xonasida birlik yo’q. Bo’linmada ham ular bo’lmaydi. Nolta o’nlikni 3 ga bo’lamiz, nol chiqadi, bu bo’linmadagi o’nliklar o’rniga nol yozamiz. Uchinchi to’liqsiz bo’linuvchi 9 birlik, 9 birlikni 3 ga bo’lamiz, 3 birlik chiqadi. Bo’linmada 503 soni hosil bo’ldi. 503 · 3 = 1509 bo’lish to’g’ri bajarilgan. Bu misolda birinchi to’liqsiz bo’linuvchi 36 yuzlik, ikkinchisi 8 o’nlik, uchinchisi 0 birlik. Bu birliklar xonasida birliklar yo’qligini bildiradi, bunday holda birlik o’rniga nol yoziladi. SHundan keyin quyidagiga xulosa chiqariladi. Agar u yoki bu bo’linuvchida nol bo’lsa, u holda bo’linmada tegishli xona o’rniga ham nol yozish kerak. 4 920 0 8 8 36 3680 . 2) To’liqsiz bo’linuvchining xona birliklari bo’luvchidan kichik bo’lgan hollarda bo’lish. Masalan: 3 208 0 24 24 6 624 6 904 0 24

Yüklə 163,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə