Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” fani bo‘yicha asosiy atama va ta’riflarni o‘rganish



Yüklə 25,33 Kb.
səhifə7/8
tarix03.07.2023
ölçüsü25,33 Kb.
#119151
1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy mashg’ulot.

Infratuzilma - (tashkilot) tashkilotning o‘z vazifasini bajarishi uchun zarur bo‘lgan binolar, jixozlar va taьminot majmui.
Iste’molchi - mahsulotni oluvchi tashkilot yoki shaxs.
Iste’molchilar qoniqqanliligi – iste’molchilarning o‘z talablarning bajarilganlik darajasi idrok qilishi.
Ishlab chiqarish muhiti – ish bajariladigan sharoitlar majmui.
Qayta yasash – nomuvofiq mahsulotning belgilangan talablarga muvofiq kelishi uchun unga nisbatan ko‘rilgan harakat.
Kuzatuvchanlik – ko‘rilayotgan narsaning kelib chiqish tarixini, qo‘llanilishini yoki uning joylashgan o‘rnini kuzatish imkoniyatlari
Layoqatlilik – o‘z bilimlari va mahoratini aniq qo‘llay olishlik qobiliyati.
Loyiha – cheklangan muddat, narx va resurslarni o‘z ichiga olgan, muayyan talablarga mos maqsadga erishish uchun bajarilgan, boshlangich va oxirgi sanalari ko‘rsatilgan muvofiqlashtirilgan va boshqariladigan faoliyat majmuidan iborat bo‘lgan noyob jarayon.
Loyihalash va ishlab chiqish - talablarni belgilangan tavsiflarga yoki mahsulot, jarayon yoki tizim uchun tuzilgan me’yoriy texnik hujjatga aylantiruvchi jarayonlar majmui.
Manfaatdor tomon – tashkilotning faoliyatidan yoki yutuqidan manfaatdor bo‘lgan shax syoki guruh.
Menedjment tizimi – siyosat va maqsadlarni ishlab chiqish va bu maqsadlarga erishish tizimi.
Menejment – tashkilotga rahbarlik qilish va boshqarish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan faoliyat.
Muvofiqlik – talabningbajarilganligi.
Talab – ehtiyoj yoki belgilangan kutilma bo‘lib, odatda mo‘ljallanadi yoki majburiy bo‘ladi.
Nomuvofiq mahsulotni utillashtirish – nomuvofiq mahsulotdan dastlab mo‘ljallangandek foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga nisbatan ko‘rilgan harakat.
Nomuvofiqlik- talabning bajarilmaganligi
Nuqson – mo‘ljallangan yoki belgilangan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan talabning bajarilmaganligi
Puxtalik – tayyorlik, buzilmaslik, ta’mirlashga, yaroqlilik, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mir bilan ta’minlanganlik xususiyatlarini ifodalash uchun qo‘llaniladigan atama.

Yüklə 25,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə