Mezonlar va barionlar



Yüklə 91,88 Kb.
səhifə2/3
tarix02.05.2023
ölçüsü91,88 Kb.
#107995
1   2   3
Adronlar

-barion antisig'ma-plyus + antizarraga ega, + u dan farq qiladi. Boshqa barionlar to'g'risida ham shuni aytish mumkin. Mezonlar bilan esa ancha boshqacha ish tutiladi: manfiy pion-musbat pionning antizarrasi, neytral pionning esa umuman antizarrasi yo'q, chunki u o'ziga antizarra hisoblanadi. K0 neytral kaon K0 antizarraga ega. Bu faktlar adronlarning kvark modelida izohlanadi (Kvarklar).
Adronlar dunyosi juda ulkan-unda 350 dan ortiq zarra bor. Ularning ko'pchiligi beqaror: ular 10-23 s vaqt ichida yanada yengil adronlarga bo'linadi. Bu vaqt kuchli o'zaro ta'sirlar uchun xarakterlidir. Bunday qisqa vaqt oralig'ida hatto yorug'lik ham atigi protonning radiusiga teng masofani (10-13 sm) o'tishga ulguradi. Bunchalik qisqa umrli zarralar detektorlarda iz qoldira olmasligi ravshan. Odatda, ularning paydo bo'lishini bilvosita belgilar bo'yicha sezadilar. Masalan, elektron va pozitronlarning ketma-ket adronlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan annigiliyatsiya reaktsiyasi o'rganiladi. Elektron va pozitronlarning to'qnashish energiyasini o'zgartirib, energiyaning ma'lum bir qiymatida adronlarning chiqishi keskin ortishini kuzatish mumkin. Bu faktni oraliq holatda massasi tegishli energiyaga teng keladigan (s2 ko'paytuvchiga aniqlik bilan) zarra paydo bo'lganligi bilan tushuntirish mumkin. Bu zarra bir onda boshqa adronlarga bo'linadi, uning paydo bo'lishini bildiruvchi yagona iz adronlar paydo bo'lish ehtimolining to'qnashish energiyasiga bog'liqligi grafigidagi cho'qqi bo'ladi. Bunday qisqa yashovchan zarralarezonanslar deyiladi. Ko'pchilik barionlar va mezonlar rezonanslardir. Ular kameralar va fotosuratlarda o'z "avtograflar"ni qoldirmadi, shunday bo'lsa-da, fiziklar ularning xossalarini: massasini, yashash vaqtini, spinini, juftligini aniqlaydilar, yemirilish usullari va shu kabilarni o'rganadilar.


Hozirgi zamon tasavvurlariga ko'ra adronlar haqiqiy elenmentar zarralar hisoblanmaydi. Ular chekli o'lchamga va murakkab tuzilishga ega. Barionlar uchta kvarkdan tuzilgan. Shunga mos antibarion uchta antikvarkdan tuzilgan va u hamisha bariondan farq qiladi. Mezonlar kvark va antikvarkdan tuzilgan. Tarkibi bir xil sortdagi kvark va antikvark juftidan tashkil topgan mezonlar antizarraga ega bo'lmaydi. Kvarklarni adronlar ichida glyuon maydoni ushlab turadi (Kuchli o'zaro ta'sirlar). Aslida, juda ko'p kvarklardan tuzilgan yoki, aksincha, bitta glyuon maydonidan tuzilgan boshqa adronlarning mavjudligini nazariya e'tirof etadi. Keyingi paytda shunday gipotetik zarralarning mavjud bo'lishi mumkinligi to'g'risida ba'zi eksperimental ma'lumotlar paydo bo'ladi.
Kvarklarning o'zaro ta'sirini tavsiflovchi dinamik nazariyasi nisbatan yaqinda rivojlana boshladi. Dastlab, kvark modeli adronlarning haddan tashqari ko'p oilalarida 'tartib o'rnatish' uchun taklif etilgan edi. Bu modelga uch turli yoki boshqacha aytganda, uch 
Yüklə 91,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə