Mezonlar va barionlar


aromatli kvarklar kiradi. Kvarklar yordamida adronlarning ko'p oilasida, ularni multipletlar



Yüklə 91,88 Kb.
səhifə3/3
tarix02.05.2023
ölçüsü91,88 Kb.
#107995
1   2   3
Adronlar

aromatli kvarklar kiradi. Kvarklar yordamida adronlarning ko'p oilasida, ularni multipletlardeb ataluvchi zarralar gruppasiga ajratib, tartib o'rnatish mumkin bo'ldi. Bir multiplet zarralarnining massalari bir-biriga juda yaqin , lekin ularni klassifikatsiyalashda faqat shugina asos qilib olinmaydi; bu holda tajriba ma'lumotlaridan tashqari gruppalar nazariyasining maxsus matematik apparatidan foydalaniladi.
Keyinchalik, hamma adronlarni tavsiflash uchun uch aromatli kvarklar yetarli emasligi ma'lum bo'ldi. 1974 yilda kvark va yangi turdagi antikvark (sč) dan iborat psi-mezonlar kashf etildi. Bu aromatli kvark maftun kvark deb nomlandi. Yangi maftun kvark so'zining "aka-ukalari" dan ancha og'ir bo'lib chiqdi: eng yengil psi-zarra- Ψ mezonning massasi 3097 MeV ga teng, ya'ni protondan 3 marta og'ir. Uning yashash vaqti taxminan 10-20s. Xuddi shunday sč kvark tarkibli, lekin uyg'ongan holatdagi va buning natijasida juda katta massaga ega bo'lgan psi-mezonlarning butun bir oilasi kashf etildi. Chamasi s-kvarklarning boshqa kvark aromatlar bilan bog'lanish holatlari mavjud bo'lishi mumkin. Bunday turdagi zarralarda psi-mezonlaridagidek "maftun" s-kvark "antimaftun" č-kvark bilan kompensatsiyalanmaydi. Shuning uchun bunday zarralar maftun mezonlar degan nom oldi. Hozir ularning deyarli hammasi kashf etilgan. Misol uchun cš kvark tarkibli, 2021 MeV massali F+ maftun ajib mezonni esga olaylik. Nazariya yana 20 ga yaqin maftunbarionlarning mavjudligini oldindan aytib bermoqda, ularning ba'zilari tajribalarda topilgan, masalan, čud tarkibli va 2282 MeV massali barion.

 Maftun kvarkning mavjudligini nazariyotchilari oldindan aytib berishgan, chunki kvarklar juft, dublet bo'lib uchrashi aniqlangan edi. Bexosdan, tabiat ikkita kvark dubletlari bilan cheklanmasligi aniqlandi. 1977 yilda kvark va beshinchi turdagi antikvark b dan iborat ipsilon-mezonlar kashf etildi. Yangi aromatli kvark ajoyib kvark nomini oldi. Ajoyib kvarklar maftun kvarklardan ham og'irroq. Ipsilon-mezonlardan birinchisi Y zarraning massasi 9456 MeV ni tashkil etadi. Bu ipsilonlar oilasidagi eng yengil zarra (hozir bu oilaning bb kvark tarkibili to'rtta zarrasi ma'lum), lekin u ham protondan 10 marta (!) og'ir. Keyingi vaqtlarda b-kvarkning boshqa aromatli antikvark bilan birlashishidan iborat ajoyib mezonlarning kashf etilgani ma'lum bo'ldi, masalan, B- mezon bû tarkibiga ega. Ajoyib mezonlarning massasi 5274 MeV atrofida. B-kvark hozircha tajribada aniqlanmagan yanada og'irroq t-kvark bilan kvark dubleti hosil qilishi ham kutilmoqda.
Yüklə 91,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə