Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   196
11.2.5. “Tarixi Rashidiy” 
“Tarixi Rashidiy” (1544-1546 yillarda Kashmirda 
ё
zilgan) mashh’ur asar muallifi 
Boburning kichik xolavachchasi Mirzo Muh’ammad Haydar bwlib, uning ota-
bobolari Wrtubu, Pwlodchi, Xudoydod, Said Ah’mad, Sonsiz Mirzo, Muh’ammad 
Haydar, Muh’ammad Husayn turklashgan mwg’ul urug’laridan dug’lot 
(mwg’ulcha “dog’olot”-chwloq) qabilasiga mansubdir. Ular Mwg’uliston xonlari, 
Chig’atoylar davrida ulusbegi, Koshg’ar h’okimi lavozimida turganlar. Olimning 
otasi amir Muh’ammad Husayn bir vaqtlar Andijonda Umarshayx Mirzo, swngra 
Toshkent h’okimi Sulton Mah’mudxon (1487-1508 yy.) xizmatida bwlgan. U 
1495-1503 yillari ana shu Sulton Mah’mudxon nomidan Wratepani idora qilgan.
1503 yili Sulton Mah’mudxon va Sulton Ah’madxon Axsi atrofida 
Shayboniyxon qwshinlari tomonidan tor-mor keltirilgani va asir olinganini eshitib, 
amir Muh’ammad Husayn Qorateginga, undan Qunduz, swng Hirotga, Sulton 
Husayn h’uzuriga qochib bordi. Muh’ammad Husayn kwp wtmay Kobulga, Bobur 
Mirzo h’uzuriga keldi. 1507 yilgi Boburga qarshi fitnada ayblanib, yana Hirotga 
qochib bordi. 1508 yili Shayboniyxonning amri bilan Muh’ammad Husayn qatl 
etilgan. 
Muh’ammad Haydar 1500 yili Toshkentda tug’ildi. Otasining wldirilganidan 
keyin Muh’ammad Husaynga sodiq kishilar uni birmuncha vaqt Buxoroda 
asradilar, swng Badaxshonga olib borib qarindoshi Sulton Uvays Mirzoning, Xon 
Mirzo deb atalgan, qwliga topshirdilar. Muh’ammad Haydar keyincha Kobulga
keldi va Bobur xizmatida 1512 yilgacha bwldi. 1512 yil kuzida u Andijonga, 
Sulton Saidxon h’uzuriga keldi va u bilan qwshilib Koshg’arga ketib qoldi. Sulton 
Saidxon kwp wtmay bu erda Abubakr dug’lot ustidan g’alaba qozondi va Koshg’ar 
h’amda 
Ё
rkandni qwlga kiritishga muvaffaq bwldi.
Muh’ammad Haydar 1533 yilgacha, yani Sulton Saidxon vafotiga qadar, 
uning xizmatida bwldi. Dastlab xonzoda Abdurashidxonga tarbiyachilik-otalik 
qildi, swng yirik h’arbiy bwlinmalarga qwmondonlik qildi va xonning Badaxshon, 
Lodak, Kofiriston va Tibet ustiga qilgan h’arbiy yurishlarida faol ishtirok etdi. 
Otasi wrniga wtirgan Abdurashidxon (1533-1570 yy.) dug’lot amirlarini 
taqib ostiga oldi, ularning bazilarini qatl etdi. Bularning orasida Muh’ammad 
Haydarning tog’asi Said Muh’ammad mirzo va qarindoshlarining kwpchiligi bor 
edi. Tibetda bwlgan Muh’ammad Haydar bundan xabar topib, Badaxshon tarafga 
qochdi va kwp mashaqqatlardan keyin Kobulga, Bobur Mirzoning wg’illaridan 
Komron Mirzo h’uzuriga keldi, swng u erdan Agraga, Humoyun podshoh’ 
h’uzuriga bordi va uning xizmatiga kirdi. 
Muh’ammad Haydar 1541 yili, Humoyunning h’arbiy 
ё
rdami bilan, 
Kashmirni bwysundirdi va u erda qariyb 10 yil h’ukmronlik qildi. U 1551 yili 
tog’lik qabilalarning biri bilan bwlgan twqnashuv paytida h’alok bwldi. 


125
Muh’ammad Haydar zamonasining wqimishli va keng malumotli 
kishilaridan edi. Boburning guvoh’lik berishiga qaraganda, u durustgina shoir, 
xattot, rassom, shuningdek, nayza va kamon yasovchi usta bwlgan. Muh’ammad 
Haydarning bizning zamonamizgacha ikki yirik asari etib kelgan. Bulardan biri 
“Jah’onnoma” deb atalib, ertak tarzida 
ё
zilgan. Uning yagona qwl
ё
zmasi 
Germaniyaning Berlin shah’ri kutubxonalaridan birida saqlanmoqda.
Olimning ikkinchi yirik va mashh’ur asari “Tarixi Rashidiy”dir. Kitob ikki 
qism, davtardan iborat bwlib, birinchi qismida Mwg’uliston xalqlarining tarixi 
Tug’luq Temur (1348-1363 yy.)dan to Abdurashidxonning taxtga wtirgani (1533 
y.)gacha bwlgan davrni wz ichiga oladi. 
Asarning birinchi davtari turli naql-rivoyatlar, shuningdek, 
Ё
qut 
Hamaviyning “Mwjam ul-buldon”, Juvayniyning “Tarixi jah’onkushoy”, 
Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”, Jamol Qarshiyning “Mulh’aqot us-suroh’”, 
Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulug’bekning “Tarixi arba ulus” 
va nih’oyat, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla us-sadayn” kitoblaridagi 
malumotlar asosida 
ё
zilgan. Lekin unda h’am Markaziy Osi
ё
ning XIV-XV 
asrlardagi ijtimoiy-si
ё
siy h’a
ё
tiga oid yangi, asl nusxada bwladigan malumotlar 
kwp. Qolaversa, birinchi daftar Koshg’ar, Qozog’iston, shuningdek, 
Movarounnah’r va Turkistonning XIV-XVI asr boshlaridagi si
ё
siy tarixini 
mukammal qamrab olishi bilan qimmatlidir. 
İ
kkinchi daftar birinchisidan keskin farqli wlaroq, esdalik, xltiralar tarzida 
ё
zilgan bwlib, Koshg’ar, Movarounnah’r, Afg’oniston h’amda Shimoliy 
Hindistonning XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini wrganishda asosiy va 
qimmatli manbalardan h’isoblanadi. 
Muh’ammad Haydar va uning “Tarixi Rashidiy” asari wtgan asrning 
wrtalaridan beri ilmiy jamoatchilikning diqqat-etiborini jalb etib keladi. Uning 
ayrim qismlari uyg’ur, wzbek va rus tillariga tarjima qilingan. Asarning 
qisqartirilgan inglizcha tarjimasi bwlib, 1895 yili Londonda nashrdan chiqqan. 
Twla ruscha tarjimasi swz boshi va zarur izoh’lar bilan, 1996 yili Toshkentda chop 
etilgan.
“Tarixi Rashidiy” asarining qwl
ё
zmalari Sankt-Peterburg, Toshkent, 
shuningdek, kwpgina xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə