Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


Mitropolit Xrisanfning esdaliklari



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   196
18.2.10. Mitropolit Xrisanfning esdaliklari
Xrisanf asli grek, venetsiyalik aslzoda dvoryanlardan, Afina yaqinida 
joylashgan Yangi Pator cherkovining mitropoliti bwlib xizmat qilgan. Haqiqiy 
ismi sharifi Kontaripi. 1724 yili muqaddas patriarx Samuel tarafidan 
İ
stanbul 
atrofida joylashgan Xiroti nisan cherkoviga mitropolit etib tayinlangan. 
Podshoning tazyiqi oqibatida1784 yili 
İ
stanbulga ketib qoldi. Kwa vaqt wtmay, 
Xrisanf Livon ordeniga qarashli cherkovlar bilan tanishish maqsadida Shom-
Suriyaga, u erdan Xalab-Aleppoga bordi. Wsha erda ingliz savdogarlari bilan 
tanishib qoladi va ular bilan birga Frot-Evfrat dar
ё
si bilan Fors qwltig’iga bordi 
va u erda kemaga tushib, Maskat orqali Hindistonning Surat bandargoh’iga kelib 
tushdi. Swng Hindiston, Kashmir, Kobul, Balx va Samarqand orqali Buxoroga 
bordi. Xrisanf Wrta Osi
ё
ning bir qancha shah’arlarida bwldi, bir yil Xivada 
turdi.
Swng 1792 yili Ashtarxonga bordi va bir fursat wsha erda istiqomat qildi. 
Keng malumotli va kuzatuvchan bu odam tez orada Astraxanda kwplarning 
diqqatini wziga tortdi. Ashtarxan episkopi uning h’aqida muqaddas sinodga 
axborot yuboradi. Swng Xrisanf Moskvaga chaqirtiriladi. Muqaddas Sinod uni 
h’ar taraflama tekshirib kwrib va keng malumotli odam ekanligiga ishonch h’osil 


224
qilgandan keyin, Xrisanfni Kavkaz wlkasiga, uni batafsil wrganish uchun 
yubordi.
Swng, 1796 yilning boshida, Ryazan, Tambov va Kavkaz wlkalarining 
general gubernatori graf Gudvich podshoyi oliy h’azratlarining amri bilan 
Xrisanfni Peterburgga, Nevskiy monastriga mitropolit Gavriil h’uzuriga jwnatib 
yuboradi.
Mitropolit Xrisanfning birdan poytaxtga chaqirilishi, uni yaxshi bilgan 
sharqshunos V.V.Grigorevning fikricha, Rossiyaning yaqin orada Eronga 
bostirib kirish rejalari bilan bog’liq bwlsa kerak. Rus h’arbiy ekspeditsiyasining 
rah’bari Valeriyan Zubovga say
ё
h’ning Eron va Wrta Osi
ё
h’aqidagi keng bilimi 
kerak bwlib qolgan. Oradan bir yil wtgach,1797 yili Xrisanf muqaddas 
Sinodning farmoni bilan Ekatrinoslav eparxiyasiga xizmatga jwnatildi. 1798 
yilning 20 yanvarida Mitropolit Xrisanf Feodossiyaga jwnab ketdi. Uning 
keyingi h’a
ё
ti va faoliyati h’aqida boshqa malumotga ega emasmiz. 
Mitropolit Xrisanfning Wrta Osi
ё
ga qilgan sa
ё
h’ati kundaligi bir paytlar 
rus h’arbiy ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan shraf Valeriyan Zubov qwlida 
bwlgan. Kundalik, bazi shah’ar va viloyatlar wrtisidagi masofa, ah’olisining 
umumiy soni h’aqidagi noaniqliklarni h’isobga olmaganda, katta qimmatga ega. 
Unda mamlakatning iqtisodiy va si
ё
siy ah’voli, xalqining turmush sharoiti, 
etiqodi h’aqida, shuningdek, Wrta Osi
ё
da istiqomat qilib turgan ous va eronlik 
asirlarning ah’voli h’aqidagiqisqa, lekin wta muh’im malumotlarni uchratish 
mumkin. 
Masalan, Buxoro xonligining yirik shah’arlaridan Samarqand, Buxoro va 
Balx h’amda Xorazmning XVII-XIX asrlardagi poytaxti Xiva h’aqida Xrisanf 
mana bularni 
ё
zadi:
Samarqand h’aqida: «Samarqand shu kunlarda deyarli bwsh qolgan. Uni 
egallab olgan bah’aybat mah’luq samarqandlik noib (Rajabxon) uni ilgarigidek 
obod qilish uchun qanchalik urinmasin, meh’nati zoe ketdi. Eshitishimcha, uning 
tevarak atrofdaridagi tog’larda konlar bor, tabiati 
ё
qimli...Tevarak atrofida h’am 
wzbeklar istiqomat qiladilar». 
Buxoro h’aqida: «Buxoro – twq shah’ar. Unda savdogarlar va boshqa 
(boy-badavlat) odamlar kwp. U asosan kumush,oltin, marvarid va qimmatbah’o 
toshlarga boy. Xon tez-tez Balx va mashh’ad ustiga talon-taroj yurishlari 
uyushtirib turadi. Buxoroliklar jon-jah’d bilan jang qiladilar». 
Balx h’aqida: «Balx viloyati h’aqida gapirmasam guonh’i azim bwladi. 
Agar Buxoro h’ukmdorlari tez-tez h’ujum uyushtirib, uni talon-taroj 
qilmaganlarida u obod, qudratli va boy viloyat bwlur edi. Nodirshoh’ vafot 
etgandan beri shu vaqtgacha afg’on podsholari qwlida. Uning qalasi chor 
tarafdan (suv yuilan twldirilgan xandaq bilan wralgan) tepalikda joylashgan. 
Balx ataluvchi katta qalasi bor. Qala h’ozirgacha mustaqil. Ah’madshoh’dan 
boshqa h’ech kimga bwysunmaydi. Devorlari pishiq g’ishtdan...» 
Buxoro xonligining mineral boyliklari h’aqida Xrisanf quyidagi 
malumotlarni keltiradi: «Buxoro bilan Balx wrtasida baland bir tog’ bor. Unda 
qizil tusli marmar (parchalari)ga wxshash tusdagi tuz konlari mavjud. Wsha 
viloyatda shunday tog’lar h’am mavjudki, ularda h’ar turli madan konlari bor. 


225
Bu tog’larda wzbeklarning qwng’irot qavmi istiqomat qiladi. Bu tog’lar 
shimolda Samarqandgacha, sharqda Badaxshongacha chwzilgan. 
Buxoroda istiqomat qilib turgan asarlar h’aqida mana bu malumot 
keltirilgan: «Buxoroda kwp rus asirlari bor, eronliklardan 6000ga yaqin asir bor. 
Ular xwjayinlariga qarshi qwzg’olon kwtarish darajasiga etishgan». 
Xiva shah’ri h’aqida wqiymiz: «Erli ah’oli ikki toifadan: mah’alliy 
kotliklar (Xrisanf ularni Kidit
ı
deb ataydi) va boshqa erlardan kwchib kelgan 
qwng’irotlardan tashkil topgan. Ular Kotdan chiqqan vazir wldirilgandan beri 
wzaro 
ё
vlashib keladilar. Kotliklar 5000 ga yaqin xonadondan iborat. Ular wta 
kek saqlovchi xalq. Kotliklarning tay
ё
r qwshini ywq. (Zarur bwlib qolganda) 
kelishib odam 
ё
llaydilar. Oyiga kimga wn swm, kimga bir swm beradilar. 
Aytishlaricha, xivaliklarning h’arbiy kuchi 20 000 kishini tashkil qilar emish. 
Lekin bu gap twg’ri emas, masalan, wtgan yili, men wsha erda ekanligimda 
Avazbiy 
İ
noqning
118
topshirig’i bilan ah’olini h’isob-kitob qilganlarida, 
mamlakatda h’ammasi bwlib 3000 zrnadon borligi aniqlangan. Lekin 
h’ukmdorga yaxshi kwrinish uchun (qwshin sonini) 20 000 kishidan iborat deb 
aytadilar. Qwng’irotlilar jah’ldor xalq. Boshliqlari boy-badavlat kishilar,oddiy 
xalq esa qashshoq... Xivaliklarning kwpchiligi Astraxan va Buxoro bilan savdo-
sotiq olib boradi. Kotliklar kelgindilar (qwng’irotliklar)dan qutilish uchun 
Rossiya bilan ittifoq tuzishni xoh’laydilar, lekin (ruslarning urush ochmoqchi 
bwlib turgani h’aqida) tarqalgan xabarning oqibatidan qwrqar edilar. 
Mingqishloq turkmanlari h’am shuni istar edilar, lekin qozoqlar xavfidan 
qwrqardilar». Bunday dalil va malumotlarni mitropolit Xrisanfning xotrotlarida 
kwp uchratish mumkin. 
XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya h’ukumati Wrta Osi
ё
xonliklari va Qozog’istonning si
ё
siy, iqtisodiy va xalqaro ah’volini, xususan 
wsha mamlakatlarga olib boradigan ywllarni wrganishda keng malumotli va 
zeh’n-idrokli h’arbiylardan h’am kwproq foydalana boshladi. Ular Rossiya 
h’ukumatiga bu h’aqda wta muh’im malumotlar twplab berdilar. Ana shunday 
h’arbiy mutaxassislardan ayrimlari va ular twplagan malumotlarga qisqacha 
twxtalib wtamiz. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə