Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


O‘zbekiston  qadimdan  o‘zining  o‘rik,  shaftoli,  olxo‘ri,  nok,  gilos,  anjir,  anor,  behi


səhifə23/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

O‘zbekiston  qadimdan  o‘zining  o‘rik,  shaftoli,  olxo‘ri,  nok,  gilos,  anjir,  anor,  behi, 
uzum,  pomidor,  bodring,  piyoz,  sarimsoq  piyoz  va  boshqa  ko‘plab  meva  va  sabzavotlari, 
beqiyos mazasi va xushbo‘y hidi bilan ajralib turadigan qovunlari bilan ma’lumu mashhurdir.
 
O‘zbekistonda shakllangan ko‘p asrlik an’anaviy sabzavotchilik va bog‘dorchilik madaniyati 
azaldan  mahalliy  o‘g‘itlardan  foydalanishni  ko‘zda  tutadigan  biologik  dehqonchilik  prinsiplariga 
asoslangan. Bu genlarni modifikatsiya qilish texnologiyalarini qo‘llamasdan, juda mazali ta’mga va 
iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan ekologik toza meva va sabzavotlar yetishtirish imkonini beradi. 
Ayni masalaga alohida to‘xtalib o‘tish mumkin, lekin bu mavzu dunyoda anchagina dolzarb 
bo‘lib, shu haqda turli, ba’zan hatto qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. Mening nazarimda, genlarni 
modifikatsiya  qilish  texnologiyalari,  umuman  olganda,  yaxshi  niyatda  yuzaga  kelgan,  ya’ni 
hosildorlik  hajmini  oshirishga  qaratilgan.  Lekin,  bunday  texnologiyalar  inson  salomatligiga  ziyon 
yetkazmayotgani,  o‘n  yoki  yigirma  yildan  keyin  salbiy  oqibatlarni  keltirib  chiqarmasligi  aniq 
isbotlanmagunga  qadar,  men  bu  masala  bilan  hozir  faol  shug‘ullanayotganlarga  bu  ishlarga  juda 
berilib ketmaslikni tavsiya qilgan bo‘lardim. Bunda, o‘ylashimcha, eng avvalo tijorat, hatto egoistik 
maqsadlar ko‘pincha ustunlik qiladi. Mening shaxsiy fikrim shuki, bu masala ustida har tomonlama 
chuqur o‘ylab ko‘rish lozim. 
Biz mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar va shu kabi vositalarning o‘rniga doimo qo‘llab kelayotgan 
va biz uchun ustuvor bo‘lgan organik o‘g‘itlardan foydalanishni afzal deb bilamiz. Boshqa kimyoviy 
vositalar qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishda ishlatilishi mumkin. Lekin ulardan 
stimulyator,  ya’ni  ekinni  tez  rivojlantiradigan  vosita  sifatida  foydalanish  umuman  mumkin  emas, 
chunki bu borada eng yaxshi, sinalgan vosita – bu organik o‘g‘itlardir. 
Shuning uchun ham saxovatli o‘zbek zaminida yetishtiriladigan meva va sabzavotlar yuqori 
nufuzga  ega  bo‘lgan  haqiqiy  brendga  –  tovar  belgisiga  aylanib,  bu  mahsulotlarni  sotib  oladigan 
mamlakatlarda ular yuksak raqobatdoshligi bilan ajralib turadi. 


 
38 
 
Mustaqil  taraqqiyotimizning  o‘tgan  qisqa  davrida  O‘zbekistonda  amalga  oshirilgan  ulkan 
islohotlar  qishloq  xo‘jaligini  tubdan  diversifikatsiya  qilish  va  aholimizni  asosiy  oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlash, ularni katta miqdorda eksport qilishni yo‘lga qo‘yish imkonini 
berdi. 
O‘tgan asrning 90-yillari boshida sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan mamlakatimiz qishloq 
xo‘jaligi faqat bitta ekin – butunlay paxta tolasi yetishtirishga yo‘naltirilgani va biz ushbu mahsulot 
bilan  butun  sotsialistik  lagerni  deyarli  to‘la  ta’minlaganimiz  e’tiborga  olinadigan  bo‘lsa,  yuqorida 
qayd etilgan muvaffaqiyatlar naqadar muhim ekani yaqqol ayon bo‘ladi. 
1990-yillarda ekin maydonlarimizning qariyb 90 foiziga qadar paxta ekilgani hech kimga sir 
emas. Shu bois deyarli hech qanday almashlab ekish degan narsa bo‘lgan emas. Tuproq kuchsizlanib 
boravergan, faqat bitta maqsadda beshafqat ishlatilgan. 
O‘shanda  sobiq  markazda  “mehnat  taqsimoti”  degan  prinsip  hukmron  edi.  Ya’ni,  sobiq 
respublikalardan  qay  biri  go‘sht,  yana  biri  bug‘doy,  yana  kimdir  boshqa  tovarlarni  iqtisodiy  og‘ir 
sharoitda  eng  qimmatli,  noyob  molga  aylanib  qoladigan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarardi.  Bizning 
chekimizga  esa,  paxta  yetishtirish  tushgan  bo‘lib,  uning  hajmi  yildan-yilga  ortib  borardi.  Lekin, 
afsuski,  bizga  va’da  qilingan  oziq-ovqat  mahsulotlari  belgilangan  miqdor  va  muddatda  yetib 
kelmasdi. 
O‘sha paytlarda biz O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qariyb 6 million tonna paxtaning atigi 
8-10 foizini o‘zimizda qayta ishlardik, qolgan qismi esa boshqa davlatlarda qayta ishlanardi. Natijada 
asosiy foyda paxta xomashyosini qayta ishlagan mamlakatlarga kelib tushardi. 
Agar shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, o‘sha davrda O‘zbekistonni oziq-ovqat bilan 
to‘la ta’minlash to‘g‘risida hech qanday gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Shu sababli biz asosiy 
oziq-ovqat  tovarlari,  jumladan,  bug‘doy,  yorma,  go‘sht  va  sut  mahsulotlari,  tuxum  va  shakarning 
asosiy qismini chetdan olib kelishga majbur edik. 
Sovet davrida paxta yakkahokimligi va qishloq xo‘jaligini biryoqlama rivojlantirish natijasida 
unumdor yerlar va ajoyib tabiiy-iqlim sharoitiga ega bo‘lgan O‘zbekistonda aholi jon boshiga go‘sht 
va  sut  mahsulotlari,  g‘alla  va  hatto  meva-sabzavot  va  kartoshka  iste’mol  qilish  sobiq  Ittifoqning 
boshqa respublikalariga qaraganda ikki barobar kamayib ketgan edi. 
Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli biz g‘o‘za ekiladigan maydonlarni ikki barobar 
qisqartirdik  va  paxta  yetishtirishni  6  million  tonnadan  3  million  tonnadan  sal  ko‘proq  bo‘lgan 
darajagacha kamaytirdik. Paxtadan bo‘shagan yerlarni oziq-ovqat ekinlari uchun ajratib berdik. 
Mamlakatimizda  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  isloh  qilishning  asosiy  negizini  keng 
ko‘lamli  institutsional  o‘zgarishlar  tashkil  etdi,  ularning  mazmun-mohiyati  ma’muriy  va  rejali-
taqsimot tizimidan voz kechish va bozor munosabatlariga o‘tishdan iborat edi. 
Qishloq xo‘jaligi yerlari yangitdan tashkil etilgan xususiy fermer xo‘jaliklariga ijara asosida 
yer uchastkalari ajratish orqali, davlat tomonidan zarur imtiyoz va preferensiyalar yaratish yo‘li bilan 
berildi. Xususan, fermerlar soddalashtirilgan soliq solish tizimidan foydalanmoqda – ular faqat bitta 
soliq,  ya’ni  yagona  yer  solig‘ini  to‘lashmoqda.  Fermerlar  uchun  ajratiladigan  kreditlar  stavkasi  5 
foizdan oshmaydi. 
Fermer  xo‘jaliklariga  barcha  turdagi  zarur  xizmatlar  ko‘rsatadigan  ishonchli  bozor 
infratuzilmasining  tashkil  etilgani  qishloq  xo‘jaligi  samaradorligini  oshirishda  muhim  rol 
o‘ynamoqda. Ayni paytda qishloq joylarda 1,5 mingdan ziyod minibank, qariyb 2 mingta mashina-
traktor parki, yoqilg‘i va mineral o‘g‘it sotish bo‘yicha 2,5 mingga yaqin punkt xizmat ko‘rsatmoqda. 
Bundan tashqari, 1,5 mingta suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, 350 dan ortiq konsalting markazlari 
tashkil etildi. 
Qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqaruvchilarini  zamonaviy  texnika  bilan  ta’minlash  uchun 
Germaniyaning  «Klaas»  va  «Lemken»  kompaniyalari  bilan  hamkorlikda  mamlakatimizda  eng 
zamonaviy  traktorlar,  g‘alla  o‘radigan  kombaynlar,  plug  va  boshqa  tirkama  uskunalar  ishlab 
chiqarilmoqda. 
O‘zbekistonning ko‘plab mintaqalari qisqa muddatda jahon bozorida xaridorgir bo‘lgan meva 
va sabzavot mahsulotlari yetishtiradigan va eksport qiladigan hududlarga aylandi. Yurtimizda yuqori 


 
39 
 
hosil  beradigan  intensiv  bog‘lar  tashkil  qilindi,  tomchilatib  sug‘orish  tizimi  joriy  etildi.  Faqatgina 
o‘tgan  yili  uzumchilikni  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  qabul  qilingan  dasturda  tokzorlarni  1,3 
barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. 
Istiqlol  yillarida,  ya’ni  o‘tgan  22-yil  davomida  qishloq  xo‘jaligida  amalga  oshirilgan  tub 
islohotlar  natijasida  g‘alla  yetishtirish  hajmi  1  million  tonnadan  7,8  million  tonnaga  yetdi  va 
O‘zbekiston g‘alla eksport qiladigan mamlakatlar qatoridan joy egalladi. 
Avvallari biz aholimizni boqish uchun 5 million tonna bug‘doyni chetdan sotib olishga majbur 
edik. Endilikda esa biz g‘alla mustaqilligiga erishibgina qolmasdan, juda sifatli bug‘doyni qo‘shni 
davlatlarga eksport qilishga ham muvaffaq bo‘lmoqdamiz. 
Qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  2  barobardan  ziyod  oshdi.  Bu 
mamlakatimiz aholisining qariyb 10 million kishiga yoki 30 foizdan ortiq ko‘payishiga qaramasdan, 
jon  boshiga  to‘g‘ri  keladigan  go‘sht  iste’molini  1,3  barobar,  sut  va  sut  mahsulotlarini  1,6  karra, 
kartoshkani  1,7  barobar,  sabzavotlarni  2-martadan  ziyod,  mevalarni  qariyb  4  barobar  oshirish 
imkonini berdi. 
Mamlakatimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi 
jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‘g‘ri 
kelmoqda. Bu optimal, ya’ni maqbul deb hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko‘pdir. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Oziq-ovqat dasturi aholining to‘laqonli va mutanosib 
ratsion asosida ovqatlanishini ta’minlashdek muhim vazifani hal etish imkonini berdi. 
Iste’mol  qilinadigan  ovqatning  tarkibi  va  ratsionini  yaxshilash  boshqa  omillar  bilan  birga 
aholi, avvalo, bolalar salomatligini tubdan yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Masalan, so‘nggi 10-yilda vazni tibbiyotda ko‘zda tutilgan me’yordan kam bo‘lgan bolalar 
soni ikki barobardan ziyod (4 foizdan 1,8 foizga) qisqardi, ularning bo‘yi o‘rtacha 3 santimetrga o‘sdi, 
bizning mintaqamizga xos bo‘lgan jiddiy kasallik, ya’ni xotin-qizlarda kamqonlik darajasi 2,5-marta 
pasaydi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə