Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


Biz dunyoning 80 ta davlatiga 180 turdan


səhifə25/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

Biz dunyoning 80 ta davlatiga 180 turdan 
ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport 
qilmoqdamiz.  O‘zbekiston  o‘rik,  olxo‘ri,  uzum,  yong‘oq,  karam  va  boshqa  ko‘plab  meva  va 
sabzavot  mahsulotlarini  eksport  qilish  hajmi  bo‘yicha  dunyoda  shunday  mahsulotlarni 
yetkazib beradigan o‘nta yetakchi davlat qatoriga kiradi.
 
Siz, hurmatli mehmonlarimiz, kecha va bugun mamlakatimizda yetishtirilayotgan xilma-xil 
oziq-ovqat  mahsulotlarini  o‘z  ko‘zingiz  bilan  ko‘rib,  ulardan  bahramand  bo‘lish  imkoniga  ega 
bo‘ldingiz. 
Agar meva va sabzavot mahsulotlarimizning naqadar boy, to‘kin-sochin va xilma-xil ekanini 
butun  go‘zalligi  va  jozibasi  bilan  ko‘rmoqchi  bo‘lsangiz,  albatta  bizning  bozorlarimizga  kirib 
ko‘rishingiz  kerak.  U  yerda  nafaqat  noz-ne’matlarimizning  betakror  chiroyi  va  nafosatini,  balki 
sizning  taassurotlaringizni  yanada  boyitadigan  bizning  odamlarimizga  xos  ochiqlik,  samimiyat  va 
mehmondo‘stlikni ham ko‘rasiz. 
Mamlakatimizda  oziq-ovqat  mahsulotlari  yuqori  sur’atlar  bilan  ishlab  chiqarilayotganidan 
ko‘nglimiz  to‘q  bo‘lishi  uchun  bugun  bizning  barcha  asoslarimiz  bor.  O‘tgan  10-yil  davomida 
yurtimizda  meva  va  sabzavot,  poliz  mahsulotlari  va  uzum  yetishtirish  bo‘yicha  erishilgan  o‘sish 
sur’atlari aynan shundan dalolat beradi. 
Misol  uchun,  2004-2013-yillarda  sabzavot  yetishtirish  dollar  hisobida  7,7  barobar,  meva 
yetishtirish  5,1  karra,  poliz  mahsulotlari  7,8-marta,  uzum  8,7  barobar  o‘sdi.  Bizning  hisob-
kitoblarimiz bo‘yicha, 2020-yilda meva va sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishni 2014-
yilga nisbatan kamida 2,3-marta ko‘paytirishni mo‘ljallayapmiz. 
O‘z-o‘zidan  ravshanki,  meva  va  sabzavot  mahsulotlari,  uzum  yetishtirish  bo‘yicha  ana 
shunday istiqbol rejalarini o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, bunday ko‘rsatkichlarga erishish uchun, 
birinchi  navbatda,  qishloq  xo‘jaligini  isloh  etish  va  modernizatsiya  qilish,  yerlarning  meliorativ 
holatini va irrigatsiya tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan 
keng ko‘lamli ishlarni davom ettirish va chuqurlashtirish zarur. Bu borada xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilish va albatta mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga jahon bozoridagi talabni 
oshirish,  ularni  saqlash,  logistika  va  iste’molchilarga  yetkazib  berishning  zamonaviy  tizimini 
shakllantirishga alohida e’tibor qaratishimiz darkor. 
Oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, sabzavot, meva va uzumni daladan iste’molchiga 
yetkazib  berishda  nobudgarchiliklarning  oldini  olish  bo‘yicha  jiddiy  ishlarni  davom  ettirishimiz 
zarur. Avvalambor, meva va sabzavotlarni saqlaydigan ombor va muzlatgichlar tizimi yetarli darajada 
rivojlanmagani,  logistika  va  yo‘l  xarajatlari  bilan  bog‘liq  ko‘pgina  muammolarni  yechish  talab 
etiladi. 
Shuni  afsus  bilan  aytish  kerakki,  yurtimizda  yetishtirilayotgan  meva-sabzavot 
mahsulotlarining  aksariyat  qismi  yangi  uzilgan  holda  emas,  balki  konservatsiya  qilingan,  qayta 
ishlangan  yoki  quritilgan  holda  iste’mol  qilinmoqda.  Bunday  holatda  mahsulotlar  o‘zining  sifati, 
ta’mi va tibbiyot nuqtai nazaridan iste’mol xususiyatlarini ma’lum darajada yo‘qotadi. 


 
42 
 
Mazkur  sohada  sezilarli  o‘zgarishlar  bo‘layotganiga  qaramasdan,  mahsulotni  asl  holida 
saqlash, narx-navo barqarorligini ta’minlash, uning keskin oshib ketishining oldini olish, narx-navoga 
mavsumiy  omillarning  ta’sirini  kamaytirish  va  boshqa  masalalarni  hal  etish  uchun  zarur  bo‘lgan 
barcha  infratuzilma,  resurs  va  imkoniyatlarga  ega  emasmiz,  bu  borada  muzlatish,  neytral  gazli 
muhitda saqlash kabi zamonaviy texnologiyalarni yanada ko‘paytirish talab qilinadi. 
Ayni  paytda  O‘zbekistonda  bu  yo‘nalishda  keng  ko‘lamli  ishlar  amalga  oshirilmoqda. 
Bugungi kunda jami 190 ming tonnadan ziyod meva va sabzavotlar saqlanadigan 274 ta zamonaviy 
sovutgichli kamera va omborlarni qurish va to‘liq rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazildi. 
2010-yilda «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida 3 ming tonnadan ortiq sarxil 
meva-sabzavotni  neytral  gazli  muhitda  saqlash  bo‘yicha  zamonaviy  quvvatlar  foydalanishga 
topshirildi.  Ushbu  mahsulotlar  xalqaro  aviatransport  yordamida  Yevropa  va  Osiyo  mamlakatlari 
bozorlariga yetkazib berilmoqda. 
Buning  uchun  biz  mamlakatimizda  tashkil  etilgan,  Navoiy  shahri  xalqaro  aeroportini  o‘z 
ichiga  olgan,  dunyodagi  yirik  yuk  tashish  kompaniyalaridan  biri  –  «Korean  Eyr»  kompaniyasi 
boshqaruvida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  intermodal  logistika  markazi  quvvatlaridan  keng 
foydalanmoqdamiz. 
Hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda  jami  630  ming  tonna  mahsulotni  saqlash  quvvatiga  ega 
bo‘lgan 1300 dan ziyod ombor mavjud. Ularda har yili meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari 
saqlanmoqda. Bu esa ichki bozorda narx-navoni barqaror ushlab turish va kuzgi-qishki mavsumda 
ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kafolatli ta’minlash imkonini bermoqda. 
Yaqin vaqt ichida O‘zbekiston kompaniyalari Boltiq dengizi bo‘yidagi Liyepay portida bir 
kecha-kunduzda  1,5  ming  tonna  mahsulotni  saqlash  quvvatiga  ega  bo‘lgan  transport-logistika 
markazini  tashkil  etadi.  Ushbu  markaz  orqali  meva-sabzavot  mahsulotlari  Shimoliy  va  G‘arbiy 
Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beriladi. 
Qishloq  xo‘jaligini  modernizatsiya  qilish  va  uning  samaradorligini  oshirish,  oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularning turini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha 
oldimizga  qo‘ygan  maqsadlarimizga  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etmasdan,  xalqaro  moliya 
institutlari  va  bank  tuzilmalarining  yordami  va  qo‘llab-quvvatlashiga  tayanmasdan  turib  erishib 
bo‘lmasligini biz yaxshi anglaymiz. 
Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish fondi, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom 
taraqqiyot banki, Global ekologik fond, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq 
xo‘jaligi  tashkiloti  kabi  boshqa  ko‘plab  institutlar,  shuningdek,  xorijiy  mamlakatlar  hukumatlari 
agentliklarining shu borada ko‘rsatayotgan  yordamini biz yuksak qadrlaymiz. Ularning ishtirokida 
yuzdan  ortiq  investitsiya  va  grant  loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  1,1  milliard  dollardan  ortiq 
mablag‘ jalb etildi. 
Ajratilgan  moliyaviy  mablag‘lar  bilan  birga, 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə