Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


birinchi  navbatda,  ilg‘or  agrosanoat


səhifə26/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

birinchi  navbatda,  ilg‘or  agrosanoat 
texnologiyalarini  jalb  etish,  qishloq  xo‘jaligi  infratuzilmasi,  irrigatsiya  va  melioratsiya 
tizimlarini  rivojlantirish  va  rekonstruksiya  qilish,  marketing  va  jahon  bozorlariga  chiqish 
bo‘yicha yangi texnologiyalarni joriy qilish borasida ko‘rsatilgan amaliy yordam va hamkorlik 
uchun  alohida  minnatdorlik  bildirmoqchiman. 
O‘ylaymanki,  kimki  shunday  qo‘llab-
quvvatlashdan bahramand bo‘lgan bo‘lsa, bunday yordamning ahamiyatini yaxshi tushunadi. 
Janob Joze da Silvaning tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va BMTning Oziq-ovqat 
va  qishloq  xo‘jaligi  tashkiloti  o‘rtasida  hamkorlik  to‘g‘risida  bitim  imzolayotganimiz,  Toshkent 
shahrida ushbu tashkilot vakolatxonasini ochayotganimizni alohida ta’kidlamoqchiman. 
O‘zbekiston bilan BMTning qishloq xo‘jaligi sohasidagi asosiy moliyaviy instituti bo‘lmish 
Xalqaro  qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirish  fondi  o‘rtasida  konstruktiv  hamkorlik  o‘rnatilganidan 
mamnun ekanimizni bildirmoqchiman. Bu fondning asosiy vazifalaridan biri yuqori samaradorlikka 
ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tizimini shakllantirish bo‘yicha o‘zini oqlagan yondashuvlarni amalga 
oshirishdan iboratdir. 
Fursatdan  foydalanib,  Osiyo  taraqqiyot  bankining  mamlakatimizda  oziq-ovqat  xavfsizligi 
masalalarini hal etishdagi muhim o‘rnini ta’kidlamoqchiman. 


 
43 
 
O‘zbekiston  va  Osiyo  taraqqiyot  banki  o‘rtasida  jadal  rivojlanib  borayotgan,  qishloq  xo‘jaligi 
sohasining  o‘zida  umumiy  qiymati  400  million  dollardan  ziyod  oltita  loyihani  amalga  oshirish 
imkonini bergan hamkorlikni biz yuksak qadrlaymiz. 
Hamkorligimizning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  irrigatsiya  tizimlarini 
modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalardir. 
O‘tgan yili Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda 
Amu-Buxoro mashina kanalini qayta tiklash loyihasini amalga oshirishni boshlaganimiz bejiz emas. 
Uning doirasida 1,8 milliondan ziyod odam istiqomat qilayotgan 315 ming gektar maydonni suv bilan 
ta’minlaydigan irrigatsiya infratuzilmasi rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi. 
Qishloq  xo‘jaligi  sohasini  rivojlantirishda  Jahon  bankining  ishtiroki  tobora  kengayib 
bormoqda. Umumiy qiymati 380 million dollar bo‘lgan 8 ta loyiha amalga oshirildi, joriy yilda yana 
umumiy qiymati 450 million dollarlik ikkita loyihani hayotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. 
Janubiy  Qoraqalpog‘istonda  uzoq  muddatli  imtiyozli  kreditlar  hisobidan  suv  resurslarini 
boshqarishni  yaxshilash  bo‘yicha  260  million  dollarlik  yirik  loyihani  amalga  oshirishga 
kirishmoqdamiz. 
Mazkur  loyiha  doirasida  yaroqsiz  holga  kelib  qolgan  30  ming  gektar  yerni  qayta  tiklash 
rejalashtirilmoqda.  Kelgusida  bu  maydonlarda  diversifikatsiyalashgan  va  yuqori  darajada 
mexanizatsiyalashgan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish mo‘ljallanmoqda. 
Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakatimizning  yettita viloyatida amalga oshirilayotgan, 
bog‘dorchilik va sabzavotchilikni kompleks modernizatsiya qilishga qaratilgan, umumiy qiymati 200 
million  dollar  bo‘lgan  loyiha  katta  istiqbolga  ega  bo‘lib,  uning  doirasida  urug‘chilik,  o‘simliklar 
seleksiyasi  va  muhofazasi  sohasidagi  ilmiy-tadqiqot  salohiyatimizni  modernizatsiya  qilish  va 
oshirish,  shuningdek,  zamonaviy  agrotexnologiyalar  yo‘nalishida  sarmoyalar  kiritish  maqsadida 
fermer xo‘jaliklari va kichik biznes subyektlari uchun kredit liniyalarini ochish ko‘zda tutilmoqda. 
Mazkur loyihaning istiqbolli va yangiligi BMT qoshidagi Global ekologik fondning e’tiborini 
tortgani, fond tomonidan fermer xo‘jaliklarida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yangi zamonaviy 
uskunalarni xarid qilishga qaratilgan 13 million dollarlik grant taqdim etilgani quvonarlidir. 
Islom  taraqqiyot  banki  bilan  hamkorlikda  Xorazm,  Jizzax  va  Sirdaryo  viloyatlarining 
irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash bo‘yicha umumiy qiymati 143 million dollar bo‘lgan ikkita loyiha 
amalga oshirilmoqda, shuningdek, Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilashga 
qaratilgan loyihani tayyorlashga kirishildi. 
Xorijiy sheriklar bilan birgalikda tashkil etilgan, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta 
ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan agrosanoat korxonalari iqtisodiyotimizda tobora katta 
o‘rin egallab bormoqda. 
O‘zbekistonda  qishloq  xo‘jaligi  sohasida  bugungi  kungacha  Germaniya,  Gollandiya, 
Avstriya,  AQSh,  Shveytsariya,  Xitoy,  Janubiy  Koreya,  Italiya,  Ispaniya  kabi  50  ta  mamlakatdan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilgan holda, 400  ga  yaqin  korxona tashkil etildi. Bu 
korxonalar yangi mahsulot yetishtirishdan tortib mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida 
tayyor oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda. 
Ana  shu  korxonalarda  o‘ta  yuqori  haroratda  ishlov  berish,  aseptik  usulda  konservalash, 
muzlatish  va  sun’iy  quritish  usullari  to‘liq  o‘zlashtirilgan.  2013-yilning  o‘zida  bu  korxonalar 
tomonidan  qiymati  800  million  dollardan  ortiq  bo‘lgan  mahsulot  ishlab  chiqarildi,  jumladan,  200 
million dollardan ziyod mahsulot eksport qilindi. 
Yaqin  yillarda  meva-sabzavot  xomashyosini  qayta  ishlash  va  unga  ishlov  berish  bo‘yicha 
umumiy  qiymati  150  million  dollarga  yaqin  bo‘lgan  265  ta  investitsiya  loyihasini  qo‘shimcha 
ravishda  amalga  oshirish  ko‘zda  tutilgan.  Bu  sohaga  kiritilgan  sarmoyalar  ko‘p  xarajatni  talab 
etmasligi, shu bilan birga, 1,5-4-yil ichida o‘zini qoplashi bilan e’tiborli ekanini qayd etmoqchiman. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə