Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147
Agrosanoat m

Qisqacha xulosalar 
Agrosanoat integratsiyasi qishloq xo’jaligining sanoat tarmoqlari bilan yagona 
bir tizimga aynalishi yoki qishloq xo’jaligi bilan sanoatning bir organizmga 
aynalishini anglatadi. Agrosanoat integratsiyasi rivojlanishi natijasida agrosanoat 
majmuasi vujudga keladi. Agrosanoat majmuasi-qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
yetishtirish, tayyorlash, ularni qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga 
yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar va majmua tarmoqlariga xizmat 
ko’rsatuvchi sohalar yig’indisidir. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlar uchun 
ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar va xizmat ko’rsatuvchi 
infratuzilma ham kiradi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari 4 ta sohaga bo’linadi. 
Agrosanoat majmuasi birinchi sohasiga ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlar, ikkinchi sohasiga qishloq xo’jaligi, uchinchi sohasiga qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini tayyorovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga 
yetkazib beruvchi tarmoqlar, to’rtinchi sohasiga infratuzilma kiradi. Infratuzilma o’zi 
ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga, ishlab chiqarish infratuzilmasi ikkinchi 
guruhga esa ijtimoiy infratuzilma kiradi. 
Agrosanoat majmuasining rivojlanganlik darajasi mamlakat iqtisodiyotining 
rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Xalqning turmush darajasi asosan mamlakat 
agrosanoat majmuasining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. 
Mamlakat agrosanoat majmuasi tarmoqlari oldida quyidagi asosiy maqsadli 
vazifalar turibdi: Birinchidan, agrosanoat majmuasi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishning 
miqdorini 
ko’paytirish; 
ikkinchidan 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarning sifati va ularning assortimentini yaxshilash; uchinchidan, agrosanoat 
majmuasi tarmoqlarida mehnat unumdorligi oshirish; to’rtinchidan, agrosanoat 
majmuasi 
mahsulotlarini 
tannarxini 
pasaytirish; 
beshinchidan, 
agrosanoat 


45
majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning mutanosib rivojlanishini ta’minlash; oltinchidan, 
agrosanoat majmuasi tarmoqlarida bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirishdir. 
Mahsulotlar va xizmatlar eksportini ko’paytirish, xorijiy davlatlarning ilg’or 
tarjibasini o’rganish va ishlab chiqarishga joriy qilish, kadrlar malakasini, bilimini 
oshirish, mehnatkashlarning turmush sharoitlarni yuksaltirish masalalari ham 
agrosanoat majmuasining muhim vazifalari hisoblanadi. 
Respublika agrosanoat majmuasining salohiyatli imkoniyatlaridan maksimal 
foydalanishga erishish iqtisodiyotning ustivor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə