Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


-BOB. AGROSANOAT MAJMUASI TARMOQLARI UCHUN ISHLAB



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147
Agrosanoat m

3-BOB. AGROSANOAT MAJMUASI TARMOQLARI UCHUN ISHLAB 
CHIQARISH VOSITALARI ISHLAB CHIQARUVCHI SOHA
 
3.1. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab 
chiqaruvchi sohaning tarkibi 
Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab 
chiqaradigan soha uning 1- sohasi hisoblanib, u murakkab tarkibga ega. Bu sohaga 
agrosanoat majmuasiga kiradigan barcha tarmoqlar uchun kerakli ishlab chiqarish 
vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kiradi. Ma’lumki ishlab chiqarishni 
zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz tasavvur etish mumkin emas. Iqtisodiyotning 
qaysi sohasi bo’lmasin yuqori unumli, sifatli ishlaydigan va kam xarajat talab 
qiladigan texnikalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga zarurat sezadi. 
Agrosanoat majmuasining birinchi sohasi juda katta iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga 
ega. Agrosanoat majmuasida asosiy masala qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish 
hisoblanadi. Demak bu borada asosiy e’tibor haqli ravishda qishloq xo’jaligiga 
berilishi zarur. Shu sababli qishloq xo’jaligi uchun traktorlar, don o’rish kabaynlari, 
ekinlarni ekish, ko’p yillik o’tlarni o’rishni amalga oshiradigan texnikalar, maxsus 
yuk avtomobillari, kuch beruvchi mashinalarga organ va ishchi mashinalar ishlab 
chiqaruvchi tarmoq korxonalari agrosanoat majmuasining 1-sohasi tarkibiga kiradi. 
O’zbekiston Respublikasida traktor va qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyoviy 
vositalar va ma’danli o’g’it ishlab chiqarish korxonalari, mikrobiologiya sanoati, 
ixtisoslashgan qurilish materiallari sanoati yetarli darajada yaxshi rivojlangan. SHu 
bilan birgalikda don o’rish kombaynlari, haydov traktorlari, yem-xashak o’ruvchi 
kombaynlar ishlab chiqarish deyarli importga bog’liq. O’zbekiston Respublikasida 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tashiydigan yuk avtomobilsozligi tashkil etilmagan. 
Respublikada 5 mln. tonnadan ortiq meva va sabzavot, 3,5 mln. tonna paxta va 6 mln. 
tonnadan ortiq don, katta miqdorda sut, go’sht va boshqa mahsulotlari


49
yetishtirilishini hisobga olinsa ularni tashiydigan maxsus yuk transportlariga 
talabning katta ekanligini ko’rish munkin.
Etishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi, qayta 
ishlovchi va sotish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlarda foydalaniladigan ishlab 
chiqarish vositalarini yaratadigan tarmoq va korxonalar ham 1-sohaning tarkibini 
tashkil etadi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar 
uchun texnikalar, asbob-uskunalar ishlab chiqarishning ahamiyati oshib bormoqda.
Respublika qishloq xo’jaligida chorvachiligi rivojlangan sohalardan biri bo’lib, u 
katta ahamiyatga ega. Respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotida 
chorvachilikning ulushi 46-48 foizni tashkil etadi. Bu o’z navbatida ular uchun 
omuxta yem ishlab chiqarishni ko’paytirishni talab qiladi. Respublikada chorvachilik 
uchun omuxta yem ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan katta imkoniyatli korxonalar 
tizimi tashkil topgan. Ammo ularning ishlab chiqarish potentsialidan foydalanishda 
qator muammolar mavjud. 
Bundan tashqari qishloq xo’jaligi uchun ma’danli o’g’it va kimyo mahsulotlari 
ishlab chiqarish ham 1-sohaga kiradi. Respublikada qishloq xo’jaligi maqsadlari 
uchun ma’danli o’g’it ishlab chiqarish yetarli darajada rivojlangan bo’lib, ishlab 
chiqarilgan ma’danli o’g’itlarning bir qismi eksport ham qilinmoqda. SHu bilan 
birgalikda respublikada kaliyli ma’danli o’g’itlarni ishlab chiqarish korxonalari 
rivojlanmagan. Respublika qishloq xo’jaligi uchun zarur kaliyli o’g’itlar asosan 
import hisobiga qondiriladi. Albatta har bir davlat o’z talablarining 100 foizini o’z 
korxonalarida ishlab chiqarishi lozim degan fikrdan uzoq bo’lish kerak. Chunki turli 
sabablarga ko’ra buning imkoniyati yo’q, bor bo’lganda ham iqtisodiy jihatdan o’zini 
oqlamaydi. Chunki turli davlatlarning turli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari 
turlichadir. Bu borada har bir davlat agrosanoat majmuasi uchun zarur barcha ishlab 
chiqarish vositalarining eng samaralisini ishlab chiqarishi lozim. Qolgan qismini 
import hisobiga qondirishi o’z navbatida, boshqa davlatlarga o’zida ishlab 
chiqarilayotgan samarali texnikalarni va boshqa mahsulotlarni eksport qilishi 
maqsadga muvofiq. 


50

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə