Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147
Agrosanoat m

3.3. Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab
chiqaruvchi sohaning hozirgi holati va rivojlanish yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi 1- sohasining ayrim tarmoqlari 
yaxshi rivojlangan. Jumladan, kimyo sanoati agrosanoat majmuasi 1-sohhsining 


52
asosiy tarmoqlaridan bo’lib, unda jami sanoat mahsulotning 5,2 foizi ishlab 
chiqariladi. Ma’danli o’g’itlar va kimyoviy dorilar, pereperatlar ishlab chiqarish 
sohasi rivojlangan soha hisoblanadi. Mamlakatda azotli, fosforli ma’danli o’g’itlar 
qishloq xo’jaligining talabini to’la qondiradigan miqdorda ishlab chiqariladi. Bundan 
tashqari mamlakatda ishlab chiqarilayotgan azotli va fosforli ma’danli o’g’itlarning 
bir qismi xorijiy davlatlarga eksport qilinadi. 2005 yilda respublika eksportida kimyo 
sanoatining ulushi 5,3 foizni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi ma’danli o’g’itlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish 
borasida katta resurslarga egamiz. Mamlakatda mustaqillikning daslabki yillarida 
fosforli ma’danli o’g’itlar ishlab chiqarishda katta muammolar yuzaga keldi. Chunki 
fosforli ma’danli o’g’itning asosiy komponenti, xom ashyosi hisoblangan fosfor uni 
asosan qo’shni Qozoqiston Respublikasidan keltirilar edi. Sobiq ittifoq davrida 
o’rnatilgan iqtisodiy aloqalarning buzilishi oqibatida fosfor unini import qilish 
imkoni kamaydi. Natijada 1994-1998 yillarda fosforli o’g’itlar ishlab chiqaradigan 
qator zavodlar to’xtab qoldi. Bundan malakat katta iqtisodiy va ijtimoiy zarar ko’rdi. 
Respublikada ma’danli o’g’itlar ishlab chiqaradigan zavodlarni xom ashyo bilan 
uzuksiz ta’minlash choralari ko’rildi. Natijada Navoiy viloyatida fosfor unini 
boyituvchi zavod 2002 yilda ishga tushirildi va bu borada istiqbolli rivojlanishga asos 
yaratildi. 2005 yilda respublikada 100 foiz ta’sir qiluvchi modda hisobida 765 ming 
tonna azotli, 101,5 ming tonna fosforli ma’danli o’g’itlar ishlab chiqarildi.
Albatta ma’danli o’g’itlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning yanada 
samarali turlarini ishlab chiqarish ustida ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, ma’danli 
o’g’itlar tarkibini boyitish (sof ta’sir qiluvchi modda salmog’ini ko’paytirish) katta 
iqtisodiy samara beradi. Ma’danli o’g’itlar tarkibida azot, fosfor va kaliyning 
miqdorini 1 foizga oshirish ming – ming tonnalab yukni ortiqcha tashishdan xolos 
etadi. Bu esa juda katta tejamkorlikka olib keladi. 
Respublikamizda asosan azotli va fosforli ma’danli o’g’itlar ishlab chiqariladi. 
Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun maxsus zavodlarning yo’qligi tufayli bu 
turdagi o’g’itlarni asosan import qilamiz. Import qilinayotgan kaliyli o’g’itlarning 


53
qimmatliligi uni talab darajasida yetarlicha olib kelishga imkon bermayapdi. Albatta 
bu qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda salbiy ta’sir etmoqda. Masalan, 
2004 yilda paxta hosildorligi Xitoyda 33 sentner ga, Isroilda 38 sengtner gani tashkil 
etdi
.
Shu yili respublikada paxtadan gektariga o’rtacha 22 sentnerdan hosil olindi. 
Masala shundaki, qishloq xo’jaligi ekinlariga solinadigan ma’danli o’g’itlar turli 
omillarni hisobga olgan holda ma’lum nisbatlarda berilishi kerak. Azot, fosfor, 
kaliyni ilmiy belgilangan nisbatlarda ekinlarga bermaslik ularning hosildorligini 
pasayishiga sabab bo’ladi. 
Respublikada mamlakat agrosanoat majmuasining 1- sohasiga kiruvchi 
traktorsozlik, paxta terish mashinalari ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. 
O’zbekiston Respublikasi paxta terish mashinalarini komples holda ishlab 
chiqaradigan ikki davlatning biri hisoblanadi. paxta terish mashinalarini AQSH va 
O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqaradi. Albatta Isroil davlati ham AQSHning 
paxta terish mashinalari ishlab chiqaradigan korxonalari bilan birgalikda ushbu 
sohani tashkil etgan. Ammo u asosan o’zi uchun ishlab chiqaradi.
Respublikada qishloq xo’jaligi mashinasozligi mamlakat sanoatining asosiy 
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda 300 dan ortiq qishloq xo’jaligi 
mashinalar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari 
bor. Ayniqsa, paxta terish mashinalari va agregatlari ishlab chiqarish tizimi yaxshi 
rivojlangan. paxta terish mashinalari bilan bog’liq barcha mexanizmlar 
O’zbekistonda ishlab chiqariladi. Mamlakatda ishchi mashinalar – pluglar, ekish 
agregatlari, chizellar, boronalar va ko’plab turdagi ish qurollari ishlab chiqarish ham 
yo’lga qo’yilgan. Albatta, ularning sifatini yaxshilash talab qilinadi.
Respublikada don o’rish kambaynlari, maxsus avtomobillar kabi juda zarur 
vositalar ishlab chiqarish tarmoqlari hali tashkil etilmagan. Ular boshqa davlatlardan 
import qilinadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash sohasi 
uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish ham respublikada yaxshi 
rivojlamagan. Bu mamlakat agrosanoati majmuasida yetishtirilayotgan mahsulotlarni 
qayta ishlash tarmoqlari texnik jihozlanishini importga bog’lab qo’ymoqda. Natijada, 


54
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sifatli qayta 
ishlash jarayonida ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. 
2004 yil ma’lumotlariga ko’ra qishloq xo’jaligida 205 dona “Magnum-8930” va 
“MX-40” rusumli haydov traktorlari, 1728 dona “Keys”, 608 ta “Klaas” va 
“Nyuxoland” rusumli g’alla o’rish kombaynlari hamda ko’plab MDH davlatlarida 
ishlab chiqarilgan texnikalar ishlatilmoqda. “O’z Keys mash” qo’shma korxonasida 
“Keys-2022” rusumli paxta terish mashinasini yig’ish yo’lga qo’yildi. Keyingi 3 yil 
ichida Rossiyadan 1483 dona zanjirli traktorlar olib kelindi. Bular T-4A-01, VT-100, 
VT-150 haydov traktorlaridan iborat. Toshkent traktor zavodi va “BMKB-
Agromash” konstruktorlik byurosi tajriba sexlarida yaratilgan va yig’ilgan 0,6 tortish 
sinfiga mansub “VU-30402” kichik traktor, pN-2-30 ikki korpusli osma plug, NO-3 
osma chizel kultivator, NO-3,2 osma borona, NR-30-01 universal kultivator, NR-30-
02 osma universal urug’ ekish seyalkasi, MO’S-0,18 ma’danli o’g’it sepgichlar ishlab 
chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. 2005 yilda respublikada 57 ta yuk avtomobili, 1211 ta 
traktor pritseplari (yuk tashuvchi tirkamalari), 2868 ta traktorlar, 401 ta traktor 
pluglari, 1219 ta traktor kultivatorlari, 975 ta traktor seyalkalari (ekish agregatlari) 
ishlab chiqarildi.
Hozircha qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash tarmoqlariga 
asosiy vositalar va texnalogiyalar asosan chetdan olib kelinmoqda. Mamlakatda 
faqatgina yengil to’qmachilik tarmog’i uchun zarur ayrim texnikalar ishlab chiqarish 
yo’lga qo’yilgan. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarida mavjud texnikalarga butlovchi 
qismlar ishlab chiqarish asta – sekinlik bilan yo’lga qo’yilmoqda. 
Respublika agrosanoat majmuasining birinchi sohasini rivojlantirish juda 
murakkab bo’lib, bu katta mablag’ va vaqtni talab qiladi. SHu sababli qisqa 
muddatdagi qishloq xo’jaligi texnikalariga bo’lgan talabni qondirish maqsadida 
dunyoning yirik kompaniyalari bilan O’zbekiston Respublikasi turli shartnomalar 
imzoladi. “Keys-Nyu-Xolland” korporatsiyasi 1996 yildan o’z faoliyatini boshladi. 
O’tgan davrda 5000dan ortiq texnika respublikaga olib kelindi. “Keys-Nyu-Xolland” 
korporatsiyasi va “O’zqishloqxo’jalikmashxolding” kompaniyasi tomonidan bir 


55
nechta model xo’jaliklari tashkil etildi. SHulardan biri paxta va g’allaga 
ixtisoslashgan Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida joylashgan bo’lib, ushbu 
texnikalardan ishlab chiqarishda foydalanish yuqori natijalar berishini ko’rsatdi. 
Jumladan, model xo’jalikda 2003-2004 yillarda paxta hosildorligi 60 sentnerni g’alla 
esa 80 sentnerni tashkil etdi. 
Respublikada mavjud holatni chuqur o’rganib hamda agrosanoat majmuasi 
tarmoqlarining talablaridan kelib chiqib, asosiy vositalar lizingi rivojlantirilmoqda. 
Lizing yo’li bilan chetdan eng zarur asosiy vositalar keltirilmoqda. Masalaning bu 
tariqa hal etilishi ham malakat iqtisodiyoti ayniqsa, qishloq xo’jaligi uchun muhim 
ahamiyatga ega. 
Xulosa qilib aytganda, respublikada agrosanoat majmuasi 1-sohasining 
rivojlanish darajasi yuqori emas. Shu sababli, bu sohani rivojlantirish mamlakat 
hukumati iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə