26
3.
N.A.
popov
«Osnovi
rinochnoy
agroekonomiki
i
selskogo
predprinimatelstva»,
M:
Tandem
/EKMOS,
2002,
http://family.taukita.ru/item22219310.html
4.
N.A.popov.
Ekonomika
otrasley
ApK.
Kurs
lektsiy,
2002,
http://shopper.h1.ru/books.shtml?topic935&page1
5.
N.YA.Kovalenko,
Ekonomika selskogo xozyaystva, M.: «YURKNIGA»,
2004,
http://web.book.ru/cgi-bin/book.pl?page4&book88899
6.
www.bearingpoint.uz-
Ekonomika Uzbekistana
27
2-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MOHIYATI VA TARKIBI
2.1. Agrosanoat integratsiyasi. “Agrosanoat majmuasi”
tushunchasi, uning mohiyati
Agrosanoat integratsiyasi – sanoat va qishloq xo’jaligining bir-biriga singib
ketishi, bir butun tizimga aylanishidir. Agrosanoat integratsiyasi ijtimoiy mehnat
taqsimoti va kooperatsiyasini rivojlanishining natijasidir. Tarmoqlarning bir-biridan
ajralib ketishi ularning ishlab chiqargan mahsulotlarini ayriboshlashni kuchayishini
talab qildi. Bir tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotga
talab asosan boshqa
tarmoqda vujudga keladi. Natijada bir tarmoq ikkinchisiz mo’’tadil rivojlana
olmaydi. Bu ularni integratsiyalashuvi zaruratini keltirib chiqaradi. Sanoat va qishloq
xo’jaligining rivoji ular o’rtasida aloqalarning murakkablashuviga olib keldi. Qishloq
xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanish uchun qayta ishlash sanoatiga tushadi. Buning
natijasida qishloq xo’jaligi sanoat uchun xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqqa
aylana boradi. Qishloq xo’jaligining oxirgi iste’molchi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqasi
kamayib boradi. O’z navbatida iste’molchilarga tayyor mahsulot ishlab
chiqaruvchilar (qayta ishlash sanoati) yaqinlashib boradi. Bu esa o’z navbatida
tarmoqlararo integratsiyani kuchaytiradi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish shu
darajada yuksalib bormoqdaki,
iqtisodiyotning turli tarmoqlari bir-biri bilan juda chambarchas bog’lanib qolmoqda.
Ularning bog’lanishi, ayniqsa, texnologik jihatidan bir – birini to’ldiruvchi
tarmoqlarda kuchli. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarda bu jarayon juda
yorqin namoyon bo’lmoqda.
Bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, uni
tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi, qayta ishlangan tayyor mahsulotni
iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohalar iqtisodiyotini bir –
biridan ajri holda
tasavvur etib bo’lmaydi. Bu tarmoqlar yagona bir tizimni tashkil etadi va ularning
birgalikda mutanosib ishlashi provard natijaning samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Hozirda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan sanoatning bir butun ko’rinish
28
olayotgani
to’g’risida
ko’plab
misollar
keltirish
mumkin.
Jumladan,
“O’zmevasabzavotuzumsanoat- xolding” kompaniyasiga qarashli shirkat-zavodlar,
sutni qayta ishlovchi ayrim korxonalar, shuningdek, issiqxonalar, parandachilik
fabrikalari bunga misol bo’la oladi. Bu sohalarda
bir yuridik maqomga ega
korxonada qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqariladi va shu korxonaning o’zida
u daslabki qayta ishlash jarayonidan o’tadi, ba’zan, to’la qayta ishlanadi. Bu
korxonalarda ishlab chiqarish qishloq xo’jaligi darajasidan yuqorilashib, ma’lum
ma’noda sanoatlashib ketgan.
Agrosanoat
integaratsiyasining
yanada chuqurlashib borishi
ob’yektiv
jarayondir. Bu, albatta, qishloq xo’jaligining va umuman, agrosanoat majmuasining,
iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keluvchi jarayondir.
Agrosanoat integratsiyasining va kooperatsiyasining mahsuli sifatida o’tgan
asrning 60-yillaridan boshlab mamlakatimizda agrosanoat majmuasi yagona tizim
sifatida shaklana boshladi.
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarish, ularni
tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib
beruvchi, yagona maqsadlarga bo’ysundirilgan, texnologik jihatdan ustun darajada
bir biri bilan bog’langan tarmoq va xizmatlar yig’indisidir. Iqtisodiy fan mamlakat,
hudud va mahsulot turlari bo’yicha “agrosanoat majmuasi” tushunchalarini farqlaydi.
SHunga ko’ra agrosanoat majmuasi:
·
Mamlakat agrosanoat majmuasi;
·
Hudud agrosanoat majmuasi;
·
Ixtisoslashgan (go’sht, sut, don, sabzavot va poliz
kabi mahsulot turlarini
yetishtirish bilan shug’illanuvchi) agrosanoat majmualaridan iborat.
Ixtisoslashgan agrosanoat majmualari ikkiga bo’linadi. Birinchisi, oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Ikkinchisi nooziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Bu agrosanoat majmualarining
har ikkalasi ham alohida olingan tovarlar (mahsulotlar) bo’yicha agrosanoat
majmualarini tashkil etadi.
29
Mamlakat agrosanoat majmuasiga qishloq xo’jaligi, agrosanoat majmuasi
tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (qishloq
xo’jaligi texnikalari
ishlab chiqauvchi zavodlar, omuhta yem zavodlari, mineral
o’g’itlar tayyorlovchi zavodlar va x.z.), qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi
(paxta zavodlari, donni qayta ishlovchi elevatorlar, go’sht, sut kombinatlari, jun
zavodlari, pillani qayta ishlovchi zavodlar va boshqalar),
qayta ishlovchi va tayyor,
oxirgi mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar va xizmatlar
kiradi. Bundan tashqari ushbu jarayonlarga xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilma ham uning tarkibiga kiradi.
Hudud agrosanoat majmuasi esa ma’lum, bir hudud (iqtisodiy hududlar,
viloyatlar, vohalar, ba’zan tumanlar) doirasida amal qiladi. Ularning tarkibiga ayrim
korxona va tarmoqlar (respublika maqomiga ega bshlgan, mamlakatning barcha
hududlari uchun xizmat ko’rsatadigan) kirmasligi mumkin. Masalan,
agarda traktor
yoki kombayn ishlab chiqaruvchi zavod o’sha hududda joylashmagan bo’lsa, region
agrosanoat majmuasi tarkibga kirmaydi.
Dostları ilə paylaş: