30
traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar ishlab chiqaradigan mashinasozlik,
ma’danli o’g’it va ximikatlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati, chorvachilik uchun
omixta yem
ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorva
mollari uchun dori-darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar kabilar
kiradi.
Ikkinchi soha. Qishloq xo’jaligining o’zi. Bu soha agrosanoat majmuasining
asosini, yadrosini tashkil etadi va majmuaning bashqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar
asosan shu tarmoq mahsulotlari asosida faoliyat yurtadilar yoki xizmat ko’rsatadilar.
Qishloq xo’jaligi o’z navbatida o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlariga bo’linadi.
Bundan tashqari agrosanoat
majmuasining
ikkinchi sohasiga,
pillachilik,
asalarichilik, qisman o’rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o’simliklar
yetishtirish) hamda baliqchilik kiradi.
Uchinchi soha. Bu soha - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta
ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar
yig’indisidan iborat. Oziq-ovqat sanoati, paxta zavodlari, go’sht, sut zavodlari, meva
sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, Yog’-moy zavodlari, junni, kanopni, pillani qayta
ishlash zavodlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida
olingan mahsulotlarni
saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug’ullanuvchi
korxonalar shu sohaning tarkibini tashkil etadi.
To’rtinchi soha. Bu soha - agrosanoat majmuasi infratuzilmasidan iborat.
Agrosanoat majmuasi infratuzilmasi juda murakkab tarkibga ega. Su bilan birgalikda
ularning ayrimlari o’z xizmat xususiyatiga ko’ra ishlab chiqarish hamda ijtimoiy
infratuzilma tarkibigi kirishi mumkin. SHunga qaramasdan iqtisodiy tahlil qilishning,
qarorlar qabul qilish uchun zurur sifatli ma’lumotlarni olish uchun uni tasniflash
maqsadga muvofiq. Infratuzilmaning o’zi ikkiga bo’linadi. Birinchi qismi ishlab
chiqarish infratuzilmasi bo’lsa, ikkinchi qismi ijtimoiy infratuzilmadir. Mamlakat
agrosanoat majmuasining umumiy ko’rinishini quyidagicha ifodalash mumkin:
31
1-chizma. O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining tarkibi
Ana shu 4 ta sohaga kiruvchi tarmoqlar birlashib, mamlakatning yagona
agrosanoat majmuasini tashkil etadi. Agrosanoat
majmuasining tarkibi juda
murakkab bo’lib, u turli omillar ta’sirida davrlar o’tishi bilan o’zgarib, takomillashib
boradi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida talab va taklif asosida ayrim
tarmoqlar, sohalar yo’q bo’lib boshqalari shakllanadi va rivojlanadi. Agrosanoat
majmuasining tarkibini o’zgarishiga qishloq xo’jaligi faol ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat
qishloq xo’jaligi tarkibida yuz beradigan o’zgarishlar agrosanoat majmuasi
tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Mamlakat agrosanoat majmuasi tarkibiga jahon
АGROSANOAT MAJMUASI
Agrosanoat
majmuasi
tarmoqlari
uchun ishlab
chiqarish
vositalari uchun
ishlab
chiqaruvchi
soha
Qishloq
ho’jaligi
sohasi
Qishloq ho’jaligi
mahsulotlarni
tayyorlovchi, qayta
ishlovchi, saqlovchi
va tayyor
mahsulotlarni
istemolchilarga
yetkazib beruvchi
soha
Infratuzilma
Ishlab chiqarish
infratuzilma
Ijtimoiy
infratuzilma
Qishloq ho’jaligi
mashinasozligi,
kimyoviy
mahsulotlar
ishlab chiqarish
sanoati, omuxta
yem ishlab
chiqarish sanoati,
mikrobiologiya
sanoati va
boshqalar
Qishloq
ho’jaligi,
o’rmon
ho’jaligi,
baliqchilik,
pillachilik,
asalchilik
Don mahsulotlari
sanoati, paxta sanoati,
yog’-moy sanoati,
go’sht, sut sanoati,
meva sabzavot sanoati,
tamakichilik sanoati,
yengil sanoat, oziq-
ovqat sanoati, qishloq
ho’jaligidan olingan
mahsulotlarni
istemolchilarga
yetkazib beruvchi
(ulgurchi va chakana
savdo) tarmoqlar.
Tehnika ta’minoti
va tamirlash
hizmati, irigatsiya
va melioratsiya
hizmati,
zooveterinariya
hizmati,
kimyoviy
hizmatlar,
biologik
hizmatlar, aloqa
va transport
hizmatlari, va
boshqalar.
Agrosanoat
majmuasi uchun
mutahasisilar
tayyorlash tizimi,
qishloq aholisi
uchun maktabgacha
ta’lim
musassasalari,
maktablar, sport
tizimi, maishiy va
madaniy hizmatlar,
aholini ichimlik
suvi, elektr
energiyasi, tabiy gaz
bilan ta’minlash,
saoliqni saqlash
tizimi, dam olish
maskanlari va
boshqalar
32
bozorida qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan kon’yukturaning o’zgarishi ham
ta’sir ko’rsatadi. An’anaviy qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan
hududlarda turli sabablarga ko’ra tarkibiy o’zgarishlar yuz berib turadi. Chunki bozor
qonuniyatlariga ko’ra har bir davlat ishlab chiqarish tarkibini shakllantirayotganda
o’zining absolyut va nisbiy ustunligini aniqlab olishi lozim.
Aks holda raqobatda
yengiladi va bu ko’plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqaradi. SHu
sababli qishloq xo’jaligida doimiy ravishda ixtisoslashish jarayoni takomillashib
boradi. Bu esa o’z navbatida mamlakat yoki hudud agrosanoat majmuasi tarkibini
takomillashishiga olib keladi. Agrosanoat majmuasining tarkibining o’zgarishiga olib
keladigan sabablardan yana biri tabiiy-iqlim sharoitlarida yuz beradigan
o’zgarishlardir. Tabiiy-iqlim sharoitlarning o’zgarishi qishloq xo’jaligining ishlab
chiqarish tarkibida o’zgarishlar yuz berishini talab qiladi. CHunki mintaqadagi
tabiiy-iqlim sharoiti ayrim qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni umuman yoki
qisman cheklab qo’yadi. Tabiiy-iqlim sharoit qishloq xo’jaligining ayrim
mahsulotlarini yetishtirish uchun noqulay bo’lsa
bu muammoni issiqxonalar
yordamida hal etish mumkin. Lekin bu mahsulotlarning tannarxi nisbatan yuqori
bo’ladi va buning iqtisodiy natijalarga ta’siri odatda salbiy bo’ladi. Agrosanoat
majmuasining tarkibiga fan, texnika va texnologiyaning ta’siri ham katta. Fan,
texnika va texnologiyaning rivojlanishi odatda mamlakat agrosanoat majmuasi
tarkibiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlari ta’sirida
agrosanoat majmuasining tarkibi takomillashib boradi. O’zbekiston
Respublikasida
asosiy e’tibor agrosanoat majmuasining birinchi sohasining imkon darajasida
rivojlantirishga qaratish maqsadga muvofiq. Chunki O’zbekiston Respublikasida
qishloq xo’jaligi texnikalari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan,
saqlaydigan sohalarga texnikalariga talab katta. Hozirgi kunda respublika agrosanoat
majmuasi ushbu texnikalarning salmoqli bir qismini xorijdan keltirishga majbur
bo’lmoqda. Ushbu texnikalarga bo’lgan talabning importga qaramligi mamlakat
agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi.
33
Respublika agrosanoat majmuasida alohida e’tibor uning infratuzilmasiga
qaratilishi majmuaning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: