Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Ortiqcha so'zlash haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/234
tarix02.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#108007
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

634-bob. Ortiqcha so'zlash haqida
1344. Abu Hurayra dedilar: "Ortiqcha gapda yaxshilik yo'q". 
1345. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ummatimning yomonlari 
bekorchi, nojo'ya gaplarni tinmay javraganidir, ummatimning yaxshila-ri esa eng go'zal 
xulklilaridir", dedilar". 
635-bob. Ikkiyuzlamachilik haqida
1346. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarning yomonlaridan biri 
ikkiyuzala-machidir, bularga bir yuzi bilan borsa, ularga boshqa yuzi bilan keladi", 
dedilar". 
636-bob. Ikki yuzlamachilikning gunohi haqida
1347. Ammor ibn Yosir (r.a.) aytdilar: "Men Rasu-lulloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini 
eshitdim:"Kim dunyoda ikkiyuzlamachi bo'lsa, qiyomat kuni uning tili olovdan bo'ladi". 
Bir gavdali odam o'tib qolgan edi, ul zot: "Bu o'shalardandir", dedilar". 
637-bob. Yomon odamlardan qo'rqish haqida
1348. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasulul-loh (s.a.v.)ning oldilariga kirish uchun izn 
so'radi. Ul zot: "Ayting, kirsin, u qabilasining yomon biro-dari", dedilar. Haligi kirgach, u 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
200
bilan muloyim gap-lashdilar. U odam ketgach: "Ey, Allohning rasuli, bu odam haqida 
boyagiday gapirib, u bilan muloyim gap-lashdingiz?" - dedim. Ul zot: "Ey, Oyisha, 
oda^mlar-ning eng yomoni odamlar yomonligidan qo'rqib, uni tark etgan kishidir", - 
dedilar. 
638-bob. Hayo haqida
1349. Imron ibn Xusayn (r.a.)aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hayo faqat yaxshilik 
keltiradi", dedilar. Ba-shir ibn Ka'b: "Hikmatlarda viqor hayodavdir, saki-nat 
hayodandir", deb yozilgan", dedilar. Shunda Imron unga: "Men senga Rasululloh 
(s.a.v.)dan gapirsam, sen menga sahifangdan gapirasan-a", dedi. 
Ya'ni o'zingning maza-bemaza yozgan narsalaringdan gapirasan, deyilmoqchi, vallohu 
a'lam .
1350. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Hayo va imon teng va bir butundir
biri ko'tarilsa, ikkinchisi (o'z-o'zidan) ko'tariladi". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə