Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Tahlil qilish uchun kirish ma’lumotlari



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Tahlil qilish uchun kirish ma’lumotlari
Rahbariyat tomonidan tahlil qilish uchun kirish ma’lumotlari 
quyidagi axborotni o‘z ichiga olishi kerak:
a) auditlar natijalari;
b) iste’molchilar bilan aks aloqani;
v) jarayonlarning samaradorligi va mahsulotning muvofiqligi;
g) oldini oluvchi va to‘g ‘rilovchi harakatlarning maqomini;
d) menejment tizimining aw algi tahlillar natijalari bo‘yicha 
qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tekshirish;
e) sifat menejmenti tizimiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 
o‘zgartirishlar;
j) yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar.
Yuqori rahbariyatga taqdim qilinadigan tahlil materiallarida 
bo‘lishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
S
aw algi tahlillar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning 
bajarilishi;
S
tekshirishlar, shu jumladan sifat tizimi va mahsulotning 
tashqi 
auditorlik 
tekshirishlari, 
nazorat 
qiluvchi 
idoralar 
tekshirishlari, shuningdek ichki auditlar natijalari;
S
mahsulotning 
iste’molchilar 
tomonidan 
baholanishi 
natijalari, ularning istak va ehtiyojlarining qondirilishi, mahsulot 
sifatini yaxshilash bo‘yicha iste’molchilarning takliflari, e’tiroz va 
reklamatsiyalar mavjudligi;
S
nomuvofiqliklarning pay do bo‘lish hollari dinamikasi
ularning paydo bo‘lish hollarining tahlili, kelib chiqishi mumkin
100


bo‘lgan nomuvofiqliklarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan 
choralar, 
qonunchilik, bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlar, 
qurilmalaming eskirishi va boshqa faktorlar natij asida kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarning tahlili;
S
to‘g‘rilovchi va oldini oluvchi amallarning bajarilishi 
samaradorligi;
S
shartnomalarda 
qonunchilikka 
muvofiq 
o‘rnatilgan 
talablarga 
va 
me’yoriy 
hujjatlarning 
majburiy 
talablariga, 
shuningdek 
korxona 
hujjatlariga 
mahsulotning 
muvofiqligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
S
texnologik jarayonlarning faoliyatini baholashni qo‘shgan 
holda, sifat tizimida ko‘zda tutilgan jarayonlar faoliyatining 
natijaliligi va samaradorligi to‘g ‘risidagi ma’lumotlar;
S
sifatni boshqarish tizimlarini o‘zgartirish va yaxshilash 
zaruriyati to‘g ‘risidagi ma’lumotlar.
Rahbariyat tomonidan sifatni boshqarish tizimining tahlili 
uchun zarur bo‘lgan, ISO 9001:2008 standartida sanab o‘tilgan 
(5.6.2) kirish ma’lumotlaridan tashqari, tashkilot boshqa qo‘shimcha 
ma’lumotlarni 
(raqobatchilarni, 
ta’minotchilarni 
baholash, 
moliyaviy natij alar va boshqalar) belgilashi mumkin [18].

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə