Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

1- 
amaliy mashg‘ulot
MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH
Reja:
1. Mahsulot va uning sifati haqida umumiy tushunchalar
2. Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi
3. Sanoat mahsulotining tasniflanishi
4. Mahsulotning sifatini baholash
5. Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi
Tayanch iboralari: 
mahsulot, mahsulot ta’rifi, xalqaro, 
standart 
ISO 
8402, 
turg‘unligi, 
mahsulotning 
xavfsizligi, 
mahsulotning ekologikligi, sifat halqasi, raqobatdosh.
1. Mahsulot va uning sifati haqida umumiy tushunchalar
Mahsulot 
deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylash- 
tirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq 
ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy 
xarakterli ehtiyojlarni qanoatlashtirishi uchun mo‘ljallanadi.
Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli 
yoki tayyorlash jarayonida, ishlashda, yetishtirishda, ta’mirlashda va 
shunga o‘xshashlarda bo‘lishi mumkin.
Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat - xalqaro standart ISO 
8402 (1991y) da qisqa holda keltirlgan bo‘lib, «mahsulot - faoliyat 
yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan.
Mahsulot 
moddiylashtirilgan 
(masalan, 
qismlar, 
qayta 
ishlanadigan materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, 
axborot yoki tushuncha) yoki ulaming o‘zaro uygunlashgan 
birikmasi bo‘lishi mumkin. Mahsulot o‘z ichiga xizmatni ham oladi.
Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlati- 
lishida namoyon bo‘ladigan xolisona uning xossasi hisoblanadi.
Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishida
sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi 
mumkin. «Ishlatilishi» atamasi shunday mahsulotga nisbatan
3


qo‘llanishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u 
o‘z resursi hisobiga sarflanadi.
«Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, 
uning vazifasiga ko‘ra ishlatilishida o‘zi sarflanadi.
Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab 
turlarga bo‘lish mumkin.
Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig‘im, tezlik va boshqa 
ko‘rsatkichlar kiradi.
Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum 
ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida bir 
qator oddiy xossalarni o‘z ichiga oladi (buzilmasligi, chidamliligi, 
ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar).
Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan 
ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar 
majmuasi tushuniladi.
Mahsulot sifati uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning 
sifatiga bog‘liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil 
topgan bo‘lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim 
buyumlarining hamda bir xillik, o‘zaro almashuvchanlik va boshqa 
shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta 
terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, 
shpindellarning, bolt va gaykalarning, g‘ildirak va undagi rezina 
kabilarning sifatiga bog‘liq.
Mahsulot belgisi deganda mahsulotning har qanday xossalari va 
holatlarining miqdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga 
materialning rangi, buyumning shakli, detaining sathida himoya va 
bezak uchun ma’lum qoplamalaming bo‘lishi, prokatning yon 
tomoni (burchak, tavr, shvellar va shunga o‘xshashlar), mahsulot 
detallarining 
biriktirish 
usullari 
(payvandlash, 
yopishtirish, 
parchinlash va shunga o‘xshashlar), sozlash usullari (qo‘lda, yarim 
avtomatik, avtomatik va shunga o‘xshashlar) kiradi.
Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini boshqarishda katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan statistik nazoratda qo‘llanuvchi muqobil 
belgisi bo‘lib, faqatgina ikkita bir-birini inkor qiluvchi imkoniyatlari 
bo‘lishi mumkin. Masalan, buyumlarda yaroqsizlikning borligi yoki 
yo‘qligi, detallarda himoya qatlami borligi yoki yo‘qligi va shunga 
o‘xshashlar.
4


Mahsulotning miqdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot 
sifati o‘zining ko‘rsatkich alomati bilan ifodalanadi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə