Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Mahsulot sifati deb
. mana shu mahsulotga nisbatan qo‘yilgan 
xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa 
xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko‘rsatkichlari deyiladi 
va turlicha usullar yordamida aniqlanadi.
18


Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar 
yaroqliligining asosiy elementlari konstruksiya sifati deyiladi. 
Konstruksiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham 
ortadi.
2
.
1
-rasmda konstruksiya sifatining uning bahosi va tannarxiga 
bog‘liqligi 
ko‘rsatilgan. 
Grafikning tannarx va baho 
egri 
chiziqlarining kesishuv nuqtalari 
Qi
va 
Q
2
bilan ajratilgan qismi 
rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri chiziqlari orasidagi 
eng katta masofani belgilovchi 
Q0
nuqtasi eng yuqori foydani 
ta’minlovchi konstruksiya sifatini ifodalaydi.
Raqobatlashuvchi mahsulotlar mavjud bo‘lgan sharoitda 
korxona mahsulotini realizatsiya qilishda iqtisodiy strategiya va 
taktikaning turli variantlaridan eng muqobilini tanlash kerak. Bunda 
sarf-xarajatlar ortiqroq bo‘lsada yuqori sifatni ta’minlovchi 
Q3
konstruksiya sifatida yoki tannarxning pasaytirilishiga asoslangan 
Q
4
konstruksiya sifatida to‘xtash mumkin.
Amaliyotda mahsulotning texnik tavsifida va konstruktorlik 
hujjatlarida ko‘rsatilgan sifat ko‘rsatkichlari shakllantirilar ekan, 
ularning har doim ham sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniq mos 
kelmasliklarini ko‘rish mumkin.
Ishlab chiqarilgan mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining konstruk­
torlik hujjatlarida keltirilgan sifat normalariga mos kelishi darajasi 
texnik jihatdan sifatga mos kelishi darajasi deyiladi.
Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-xarajatlarning umumiy 
miqdori asosiy ishlab chiqarish sarf-xarajatlari hamda nazoratga va
19


yaroqsiz, 
defekt 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarishga 
ketgan 
xarajatlardan iborat bo‘ladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli 
o‘tkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo‘qotishlar 
shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-xarajatlari ortadi. Nazorat sarf- 
xarajatlarini oshirmagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
texnik shartlarga mos kelishi darajasini oshirish maqsadga 
muvofiqdir.
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki
texnikaviy nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda sifatni 
boshqarishning boshqa uslublarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. 
Boshqaruv o‘zi nima? Boshqaruv-korxona sharoitida aylanma 
siklda amalga oshuvchi “rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat- 
boshqaruv” jarayonlarining yig‘indisidir. 
2
.
2
-rasmda boshqaruv 
sikli keltirilgan.
Boshqacha aytganda, boshqaruvning bu sikli korxonada sifatni 
boshqarishning asosi hisoblanadi.
Rejalashtirish funksivasi loyihalashtirish bosqichida korxona 
rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə