Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Aralashgan usul 
- bu bir vaqtning ichida ham birgina 
ko‘rsatkichidan, ham kompleks ko‘rsatkichlardan foydalanib 
mahsulotning sifati baholanadi.
Statistik usul 
bilan 
mahsulotning 
sifatini 
baholashda 
matematik statistika usullaridan foydalaniladi.
5. Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi
Mahsulot sifatini oshirishda uni oldindan aytish, rejalashtirish 
va me’yorlash muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda berilgan vaqtda 
yoki berilgan vaqt oraligida erishilishi mumkin bo‘lgan mahsulot 
sifati 
ko‘rsatkichlarining 
imkoniy 
qiymatlarini 
aniqlanishi 
tushuniladi. Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda mahsulotni 
ishlab chiqarish bo‘yicha berilgan vaqt ichida yoki berilgan vaqt 
oralig‘ida kerakli 
sifat ko‘rsatkichlarining 
qiymatlari bilan 
asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi.
Mahsulot sifatini bir me’yorda bo‘lishini ta’minlashda 
mahsulot sifatini boshqarish alohida o‘rin egallaydi.
Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini 
ishlab chiqish va uni boshqaruvchi obyektda o‘z ta’sirini amalga 
oshirish ko‘zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda 
mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta’minlash va me’yorida 
bo‘lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmuasi 
tushuniladi.
Mahsulot sifati jarayonlarning qay darajada tashkil etilganligiga 
ularni qanday me’yorda ishlashiga, nazorat - o‘lchash asboblarining 
naqadar tekis 
ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan 
xodimlarning malakasiga so‘zsiz bog‘liqdir.
Boshqarish ta’siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini 
saqlash yoki unga o‘zgartmalar kiritishdan iborat.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish 
idoralari va boshqariluvchi obyektlarning mahsulot sifatini
14


boshqarishda moddiy-texnika va axborot vositalari yordamida 
o‘zaro bog‘lanishning majmuasi tushuniladi.
Shuning uchun bu tizim o‘zaro bog‘langan mahsulot sifatini 
boshqarishni ta’minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va 
ijtimoiy tadbirlarning yig‘indisi sifatida ko‘zda tutilgan bo‘lmoqligi 
lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli 
darajaga erishilishini ta’minlash hisoblanadi.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi o‘z tarkibiga inson 
jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni, moddiy vositalami va kuchli 
axborot oqimini oladi. Mahsulot sifatini boshqarish o‘zida quyidagi 
boshqarish davrining umumlashgan elementlarini mujassamlash- 
tiradi:
• Oldindan aytib berish va rejalashtirish;
• Ishlarni tashkil qilish;
• 
0
‘zaro muvofiqlashtirish va tartibga solish;
• Faol harakatga keltirish va rag‘batlantirish;
• Nazorat, hisob - kitob va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari 2 
guruhga bo‘linadi:
1. Ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajada o‘tkazuvchi 
(mahsulotning deyarli yuqori texnikaviy va sifatni yaratish va 
o‘zlashtirishni ta’minlovchi);
2. Ishlab chiqarish tizimidagi turg‘unlikni ushlab turish va 
o‘zlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat 
darajasida ta’minlash.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayonni boshqarishning umumiy 
nazariyasiga binoan quyidagi ishlardan tashkil topadi:
• boshqarish rejasini ishlab chiqish;
• mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish;
• mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi har qanday obyekt (buyum, 
jarayon) ning holati haqida axborotlar olish va tahlil qilish
• sifatni boshqarish bo‘yicha qaror qabul qilish va obyektga 
ta’sir etish usulini tayyorlash;
• ta’sir etmaydigan, boshqaruvchi ko‘rsatmalar berish;
• ta’sir etadigan boshqaruvchi ko‘rsatmalar berish natijasida 
obyektdagi sifatning o‘zgarishi haqida ma’lumot olish va tahlil 
qilish.
15


Yuqorida zikr etilganlarni tushungan bo‘lsangiz, ushbu savol 
tug‘ilishi tabiiy: Xo‘sh, mahsulot sifatini boshqarish haqidagi 
axborot qayerdan olinadi?
Dastawal, yuqorida aytilganidek, marketing, sotuv bozorini 
aniqlash va uni o‘rganish bo‘limining xodimlari tomonidan olinadi. 
Bunda shu mahsulotga nisbatan bozordagi ehtiyoj va xalqning shu 
mahsulotga munosabati inobatga olinadi. Bunday ma’lumotlar esa 
shu sohadagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash konstruktorlik ishlarini 
oldindan aytib berish hamda ishlab chiqarish hajmini va 
mahsulotning sifat darajasini rejalashtirish uchun asos bo‘ladi.
Mahsulotni 
ishlab 
chiqarish 
uchun 
shunga 
o‘xshash 
buyumlarning sifatini hamda ularning ishlash usullari ishlatilishi va 
ta’mirlanishini tavsiflovchi axborot kerak.
Bu ma’lumotlar qaror qabul qilish uchun asos hisoblanib, qaror 
qabul qilish natijasida boshqaruvchi idoraga o‘zining muayyan 
boshqaruvchilik ta’sirini o‘tkazadi. Bu ta’sir mahsulotning har 
qanday bosqichiga - ishlab chiqishga ishlatilishiga taalluqlidir.
Katta korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish sohasida 
avtomatlashtirilgan tizimlar yaratilgan. EHM yordamida mehnat va 
mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarga hamda me’yoriy hujjatlarga 
nisbatan 
hisob-kitobiga, 
mahsulot 
ishlab 
chiqarishdagi 
yaroqsizlikning 
hisob-kitobiga 
va 
tahliliga, 
mahsulotni 
ishlatilishidagi va boshqa bosqichlardagi uni sifatining tahliliga 
ishlov beradi.
Hamma boshqaruvchi tizimlarga umumiylik belgilari bo‘lib - 
sifat darajasiga topshiriq; bu topshiriqni yaratish va uni amalga 
oshirish; vaqti-vaqti bilan sifat holatini rejalashtirilganiga nisbatan 
bajarilishini qiyoslash; har qanday og‘ishlar bo‘lgan taqdirda 
o‘zgartirishlar kirgizish hisoblanadi [
8
].
Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan 
bog‘liq bo‘lsa, turli xil muammolar paydo bo‘ladi. Shu va shunga 
o‘xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda mahsulot sifatini 
boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi 
vazifani bajaradi.
Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli 
kattadir, chunki har qanday texnologik jarayonlarning bir me’yorda 
ishlashi, 
ularni har bir bosqichida me’yoriy hujjatlarning
16


bajarilishiga qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat va 
texnologik intizomi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Vazifa sifatli mahsulot ishlab chiqarish, uning sifatini 
turg‘unlashtirish, yangiliklami tinmay joriy qilish, yangi bozorlarni 
izlab topish va uni o‘rganish - bularning hammasi mahsulotni dunyo 
bozoriga olib chiqishga, uning raqobatbardoshlik qobiliyatini 
oshirishga va korxonaning iqtisodiy faoliyatini yaxshilashga imkon 
beradi, demak korxona o‘z navbatida sifatli mahsulot ishlab 
chiqarishga kafolat beradi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə