Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Nazorat savollari:
1. Mahsulotning sifatiga izoh bering.
2. Sifat ko‘rsatkichlari deganda nimani tushunasiz?
3. Sanoat mahsuloti qanday tasniflanadi?
4. Mahsulot sifatini baholashda qanday usullardan foydalanila-
di?
5. Mahsulot sifatini boshqarish deganda nimani tushunasiz?
17


2-amaliy mashg‘ulot
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi
Reja
1. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
2. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining turlari
Tayanch iboralari: 
mahsulot sifatini boshqarish, sifat, tannarx, 
grafik, yaroqlilik, tovar, xizmatlar sifati, funksiya
1. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari oldida 
turgan 
eng 
asosiy 
vazifa-raqobatbardosh 
mahsulot 
ishlab 
chiqarishdir. Shuning uchun ham mahsulot va xizmatlar sifatini 
yaxshilash bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi. 
Mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash strategik muammo bo‘lib, 
mamlakatimiz iqtisodiyotining stabillashuvi bu muammolarning hal 
etilishiga bog‘liqdir. Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish 
yoki xizmatlar ko‘rsatishda faqatgina ko‘proq foyda olish uchungina 
emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir.
M a’lum foydalilikka ega bo‘lib, sotilish bahosi bilan tannarx 
o‘rtasidagi farqqa ega bo‘lgan tovarlar albatta sotilishi kerak. 
Tovarlarni sotib olar ekanmiz, biz ularni faqatgina zarur bo‘lgani 
uchungina emas, balki bizga yoqqani uchun ham haqini to‘laymiz. 
Bunda tovarlarning tashqi ko‘rinishi, foydalanishning qulayligi, 
xizmat ko‘rsatish muddati, texnikaviy tavsifi, kafolatli xizmat 
ko‘rsatish shartlari kabilar ularning bahosini belgilashda muhim 
omil hisoblanib, xaridor tovarni “ma’lum ehtiyojlami qondiradi”, 
degan umid bilan sotib oladi. Shunday qilib, tovarni sotilishining 
muhim shartlari-xaridorning uning kafolatlangan sifatiga ishonch va 
bahosidir.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə