Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Mahsulotning xavfsizligi 
- bu uning murakkab xossasi bo‘lib, 
inson uchun zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydigan ko‘rsatkichidir.
Mahsulotning ekologikligi ham uning murakkab xossalaridan 
biri hisoblanib, atrof-muhitga zararli ta’sir etish miqdorini 
belgilaydi.
Tayyor mahsulot o‘zining iste’moldagi bahosi va boshqalariga 
hamda uning iste’mol yoki ishlatilishdagi xarajatlarning yig‘indisiga 
mahsulotning iste’mol bahosi deb ataladi.
Mahsulot, ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi 
bo‘yicha, ham shu ehtiyojni qanoatlantirishdagi xarajatlar bo‘yicha 
raqobatlanuvchi mahsulotlardan uning ajralib turishini ifodalovchi 
mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi deb ataladi.
Mahsulot bozori 
deganda, uning sotilishida ehtiyoj va taklif 
orasidagi o‘zaro muvofiqlashtirish sharoitlaridagi tizim tushuniladi.
0
‘zaro muvofiqlashtirish darajasi esa bozor munosabatlarini 
boshqarishda va turg‘unligida mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Marketing 
deganda, mahsulotning har bir hayotiy davri 
bosqichlarida amalga oshiriladigan uning raqobatbardosh qilib 
yaratilishini 
va bozorda 
sotilishini 
ta’minlaydigan 
faoliyat 
tushuniladi.
6


Sifat halqasi deb ataluvchi tushuncha mahsulotning butun 
hayotiy davrini o‘z ichiga oluvchi (to‘liq) mujassamlashgan 
faoliyatdir (
1.1
-rasm).
1.1-rasm. Mahsulot sifatini shakllantiruvchi va ta’minlovchi
bosqichlar («Sifat halqasi»)
7


Sifat halqasi 
ehtiyojlarni aniqlashdan tortib, to ularni 
qanoatlantirishning baholashgacha bo‘lgan turli bosqichlarda sifatga 
ta’sir etadigan, o‘zaro bog‘langan faoliyat turlarining nazariy 
tushunchalar modelidir.
Sifat ham boshqa tushunchalar singari o‘zining tizimiga egadir.
Sifat tizimi deganda, tashkiliy tuzilish, mas’uliyati, ish tartibi, 
jarayonlar, 
resurslar 
yigindisi 
bo‘lib, 
sifatning 
umumiy 
boshqaruvining amalga oshirilishi tushuniladi.
Belgilangan 
mahsulotning 
sifat 
ko‘rsatkichlarining 
nomenklaturasini tanlash, bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini 
aniqlash va ularni asos bo‘luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o‘z 
ichiga oluvchi ishlarning yigindisi mahsulot sifatining darajasini 
baholash deb ataladi [4].
Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar 
ikkita turkumga bo‘linadi:
1. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot;
2

0
‘z resursini sarflaydigan mahsulot.
1
- turkum mahsulotlari vazifasi bo‘yicha foydalanish jarayo- 
nida sarflanadi. Odatda, qayta ishlash qaytmas jarayon hisoblanadi: 
(xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar), yoqilg‘ining yonishi, oziq
- ovqat mahsulotlarining o‘zlashtirilishi, ayrim vaqtda qaytariluvchi 
jarayon ham bo‘lishi mumkin (masalan, erituvchilarni rekuperatsiya 
va regeneratsiyasi).
Vazifasi bo‘yicha 2 - turkum mahsulotlaridan foydalanishda, 
uning resursi sarflanadi. Bu holda mahsulot texnikaviy va ma’naviy 
eskirishi hisobiga foydalaniladi.
Mahsulotning 
ko‘rsatilgan 
tavsiflanishining 
qo‘llanishi 
quyidagi amallarni bajarishda bir qator yengilliklarni yaratadi:
• Muayyan guruh mahsulotining birgina ko‘rsatkichining 
nomlarini tanlashda;
• Mahsulotdan foydalanish sohasini aniqlashda;
• Bir yoki bir nechta asos bo‘luvchi namunalar sifatida tanlab 
olishda;
• Mahsulotning 
sifat 
ko‘rsatkichlari 
nomlariga 
davlat 
standartlarining tizimlarini yaratishda.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə